Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

AN‟ANAVIY YETAKCHILIK 

 
M.Veberning ―Siyosat - ham-mayil, ham kasb 
sifatida‖ maqolasida bergan legitim hukumronlikning uch ko‗rinishidan biri.
Yetakchilikning bu turi an‘analar, marosimlar, odat kuchi kabi mexanizmlarga tayanadi. 
Itoat qilish odati an‘analarining muqaddasligiga va hokimiyatning meros tariqasida 
o‗tishiga asoslangan yetakchilikning bu turi dohiylar, oqsoqollar, shohlar boshqaruvi 
uchun xosdir. 
AN‟ANAVIY DAVLAT 
— to‗laligicha an‘analar asosida boshqariluvchi davlat, 
an‘anaviy jamiyatlar bag‗rida faoliyat ko‗rsatadi. An‘anaviy jamiyatda davlat jamiyatga 
mutlaqo ta‘sir ko‗rsata olmaydi, uning o‗zi to‗laligicha jamiyat ta‘sirida bo‗ladi. Gumilev 
nazariyasiga ko‗ra an‘anaviy jamiyatlar (Janubiy Afrika bushmenlari qabilasi, Avstraliya 
aborigenlari, Kongodagi pigmeylar qabilasi) insoniyat taraqqiyotining ―go‗daklari‖ emas 
―qariyalari‖ sifatida qaralishi kerak: ular o‗tmishda buyuk ko‗chishlar, bosqinlar va ulkan 
madaniyatlarni boshidan kechirganlar. Amaliy jihatdan bugun an‘anaviy davlatlar yo‗q. 
Lekin nazariy jihatdan an‘analar asosida boshqariladigan va davlat jamiyatga tobe‘ 
bo‗lgan holatlarni ifodalash uchun an‘anaviy davlat tushunchasi qo‗llanadi. Faqat shu 
ma‘nodagina mas., Saudiya Arabistonini, Birlashgan Arab amirliklarini an‘anaviy davlat 
deb atay olamiz. An‘analari kuchliligi nuqtai nazaridan, shu ma‘noda, hatto Buyuk 
Britaniya ham an‘anaviy davlatdir. Buddaviylik, na.oniylik, islom tarqalgan davrda 
yuzaga kelgan siyosiy tashkilot shakllarini ham an‘anaviy siyosiy hokimiyat tashkilotlari 
jumlasiga kiritish mumkin. Ko‗pgina olimlarning fikricha, an‘anaviy jamiyatlarda 
ijtimoiy o‗zgarishlar sur‘ati nisbatan past bo‗ladi. Sivilizatsiya shakllari ba‘zan a.lar 
mobaynida jiddiy o‗zgarmaydi. Madaniyatda hatto siyosiy qadriyatlar va ideallar 
rasmiylashgan hollarda (mas., qadimgi Gretsiyada) ham me‘yoriylik yetakchilik qilishda 
davom etadi, munosabatlarda an‘analar, udumdagi xulq-atvor me‘yorlari ustuvorlik 
qiladi, siyosatda an‘anaviy va xarizmatik legitimlashtirish shakllari hukm suradi. 
An‘anaviy jamiyatdagi hokimiyat munosabatlarini ―sof‖ siyosiy deb bo‗lmaydi, ular diniy 
munosabatlar va xo‗jalik munosabatlaridan ajratilmagan. An‘anaviy davlatdan zamonaviy 
davlatga o‗tish sanoatlashish davriga to‗g‗ri keladi. Erkin fuqarolarning gorizontal 
munosabatlari tizimining vujudga kelishi (shakllanayotgan fuqarolik jamiyati doirasida) 
o‗sha davrdagi markazlashgan davlatning fuqarolar bilan munosabatlarini me‘yoriy-
huquqiy tartibga solish, jamiyatda hokimiyatni amalga oshirishning samarali siyosiy-
tashkiliy shakllarini izlashga majbur qilgan.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə