Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

AKTIV 
(faol, faollar)
 
biror jamoa, muassasa, organ, jamoat birlashmasining 
ichki hayotida va ishlarida ishtirok etuvchi eng ishchan shaxslar guruhini, mahalliy o‗zini 
o‗zi boshqarish organlariga, davlat hokimiyati organlariga, deputatlar va mansabdor 
shaxslarga ularning vazifalarini amalga oshirishda ixtiyoriylik asosida (shaxsan yoki har 
xil jamoatchilik kengashlari, komissiyalar, qo‗mitalar, tashabbuskor guruhlar va h.k. 
tarkibida) ko‗maklashuvchi fuqarolarni ifodalash uchun konstitutsiyaviy-siyosiy 
amaliyotda qo‗llaniladigan tushuncha. 
AKTIV SAYLOV HUQUQI
— fuqarolarning davlat hokimiyati vakolatli 
organlariga bo‗lib o‗tadigan saylovlarda ishtirok etish huquqi. Fuqaroning deputatlar va 
mansabdor shaxslar saylovida, referendumda ovoz berishda ishtirok etishga bo‗lgan ikki 
imkoniyatdan iborat huquqi. Saylash huquqi aktiv saylov huquqi deb, saylanish huquqi 
esa passiv saylov huquqi deb ataladi. Aktiv saylov huquqi 18 yoshga to‗lganda yuzaga 
keladi. Tushunchaning ma‘nosi shundaki, har bir fuqaro saylash huquqini faqat o‗zi faol 
harakatlar: byulleten olish, uni to‗ldirish va saylov qutisiga tashlash orqali amalga 
oshirishi kerak. 
AKTIV-FAOL SIYOSIY MADANIYAT
— yoki siyosatda ishtirok etish 
madaniyati individlarni jamiyat siyosiy hayotiga faol kirib borishlari, unda maqsadga 
muvofiq ongli faoliyat ko‗rsatishlari, jamiyat kelajagi-istiqbolini oldindan ko‗ra bilish va 
nazariy-amaliy tahlil qilish bilan ajralib turadi. Bunday kishilar o‗z manfaatlarini 
saylovlar, manfaatlar guruhlari, siyosiy partiyalar orqali siyosiy qarorlarga kiritish va 
bajarilishiga erishadilar. Shuning bilan bir vaqtda ular harakatdagi qonunlarni hurmat 
qiladilar, ularga so‗zsiz bo‗ysunadilar. 
AKTOR
(lot. 
actor
– arbob) — siyosiy hayotda to‗g‗ridan-to‗g‗ri yoki bevosita 
ishtirok etuvchi siyosat subyekti. Muayyan xatti-harakatlarni amalga oshiruvchi individ, 
ijtimoiy guruh, institut yoki boshqa subyekt, ziddiyatlarda ishtirok etuvchi tomonlar. 
Shaxslar, guruhlar, partiyalar, sinflar, davlatlar va h.k. ham aktor bo‗la oladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə