Namangan davlat universiteti


ANOMALIYA (yun. notekis) —



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

ANOMALIYA
(yun. notekis) —
 
me‘yor, umumiy qonuniyatdan chekinish. 


18 
ANOMIK GURUHLAR 

 
manfaatli guruhlarning xarakteri va uyushkoklik 
darajasiga ko‗ra bo‗lingan turlaridan biri. A.g. stixiyali tarzda paydo bo‗ladigan va 
emiriladigan guruhlardir. Ular uzoq yashamaydilar, tashkiliy jihatdan tarqoq va davlat 
organlari bilan muntazam aloqada bo‗lmaydilar. Anomik guruhlarga stixiyali paydo 
bo‗ladigan mitinglar, namoyishlar, boshqa norozilik aksiyalari ishtirokchilarining 
guruhlari misol bo‗la oladi. Ko‗pincha ularning harakati kuch ishlatish, majbur qilish 
shaklini oladi. 
ANSHLYUS
(nem. 
anschlus
– qo‗shib olish) — birinchi jahon urushidan keyin 
Germaniyaning Avstriyani o‗ziga qo‗shib olishdan iborat zo‗ravonlik siyosati. A. 1938-
yilning 11-12 martida fashistlar Germaniyasining Avstriyani bosib olishi bilan 
yakunlandi. Avstriya mustaqilligi 1945-yil aprelda ikkinchi jahon urushi davomida ozod 
etilganidan so‗ng tiklandi va A.ni taqiqlovchi davlat shartnomasi bilan qonunlashtirildi. 
ANTAGONIZM 
(lot. 
antagonisma
– bahs, kurash) — bir-biriga qarama-qarshi 
kuchlar, g‗oyalarning keskin kurashini ifodalaydigan ziddiyat. A. tabiat va jamiyat 
hodisalarida o‗ziga xos shakl va mazmunga ega. Ekspluatatsiya qilinuvchi qatlam bilan 
ekspluatatorlar o‗rtasidagi ziddiyatlar va kurashlar A. hisoblanadi. 
ANTANTA
(fr. 
entente
– bitim) — 1) Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiyaning 
(1907-yilda qo‘shilgan) Germaniya, Avstriya-Vengriya hamda Italiyaning «Uchlar 
ittifoqi»ga qarshi tuzgan. A.ni «Uchlik bitimi» deb ham yuritiladi. A. 1904-1907 yillarda 
shakllandi. Har ikkala ittifoqning maqsadi XIX a. oxirida bo‗lingan dunyoni qayta 
taqsimlashdan iborat edi. Birinchi jahon urushi davrida A.ga Serbiya, Italiya, Yaponiya, 
Belgiya, Gretsiya va Ruminiya, keyinchalik urushga kirgan AQSH qo‗shildi. 2) Yevropa 
tarixida boshqa bir kichik bloklar ham shunday nom bilan atalgan. Mas., Buyuk 
Britaniya, Avstriya-Vengriya va Italiyadan iborat O‗rta dengiz A.si (1887-yil- XIX a. 
oxiri); Gretsiya, Ruminiya, Turkiya va Yugoslaviya o‗rtasidagi Bolqon A.si (1934-yil – 
30-yillar oxiri); Chexoslovakiya, Ruminiya va Yugoslaviyaning Kichik A.si (1920-38). 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə