Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

ARALASH SAYLOV TIZIMI
— o‗zida ham majoritar, ham proporsional saylov 
tizimlari elementlarini mujassam etadi. Mas., Germaniyada Bundestagga saylovlarda 
aralash tizim qo‗llaniladi. Uning deputatlarining yarmi butun mamlakat hududini qamrab 
olgan bir mandatli saylov okruglarida nisbatan ko‗pchilik ovoziga asoslangan majoritar 
tizim bo‗yicha, ikkinchi yarmi esa, ko‗p mandatli saylov okruglari hisoblangan german 
yerlari (federatsiya subyektlari)da siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlar 
ro‗yxati asosida proporsional tizim bo‗yicha saylanadi. Aralash saylov tizimi Bolgariya, 
Gruziya, Litva, Italiya va b. mamlakatlarda ham qo‗llaniladi.
ARALASH JAMIYAT 
— 1) xususiy va davlat kapitallari ishtirokidagi korxona; 2) 
kapitali ikki yoki undan ortiq mamlakatning tadbirkorlariga (jismoniy yoki yuridik 
shaxslarga) yoki davlat muassasalariga tegishli bo‗lgan korxona. 
ARALASH RESPUBLIKA 
— (yarim prezidentlik)
 
respublika boshqaruv 
shakllaridan biri. Unda prezidentlik va parlament respublikasi elementlari birgalikda 
mavjud: prezident umumxalq saylovida saylanadi; vakolatlari katta bo‗ladi; Hukumat 
parlament tomonidan tashkil etiladi va u ham prezident, ham parlament oldida hisobot 
beradi; oliy hokimiyatda uchinchi shaxs – premyer-ministr, ya‘ni hukumat boshlig‗i ham 
mavjud bo‗ladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni bosh 
vazir boshqaradi. Prezident ma‘lum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib yuborish 
huquqiga ega. Mas., Fransiyada prezidentni xalq saylaydi, u juda katta vakolatlarga ega, 
ammo u hukumatni boshqarmaydi. Bunday respublikalar qatoriga yana Avstriya, 
Irlandiya, Portugaliya, Polsha, Finlyandiya, Bolgariya kiradi. Aralash turdagi 
respublikalar barqaror belgilarga ega emas va saylov natijalariga ko‗ra u prezidentlik 
yoki parlament respublikasi shakliga oson o‗ta oladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə