Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

ARAB DAVLATLARI LIGASI 
— 1945-yilda arab davlatlari siyosiy 
yo‗nalishlarini muvofiqlashtirish, ular mustaqilligi va suverenitetini himoya qilish
iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy aloqa sohalarida hamkorligini rivojlantirish maqsadida 
tuzilgan mintaqaviy tashkilot. A.d.l.ga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning mustaqil 
arab mamlakatlari uyushgan. A.d.l. tashkilotchilari – Misr, Suriya, Iroq, Iordaniya, Livan, 


23 
Saudiya Arabistoni va Yaman Respublikasidir. Keyinroq A.d.l.ga Jazoir, Bahrayn, Jibuti, 
Quvayt, Ummon, Liviya, Mavritaniya, Marokash, Qatar, Somali, Sudan, Tunis, 
Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman Xalq Demokratik Respublikasi, shun. Falastin 
Ozodlik Tashkiloti a‘zo bo‗ldi. A.d.l.ning rahbar organi – Kengash (Majlis) hisoblanadi, 
uning tarkibiga har a‘zo mamlakatdan bitta vakil kiritiladi. Kengash o‗z majlislarini bir-
yilda ikki marta o‗tkazadi. Hamma a‘zolar uchun majburiy qarorlar faqat yakdil ovoz 
bilan qabul qilinadi. Ko‗pchilik ovoz bilan qabul qilingan qarorlar bularni qo‗llab-
quvvatlab ovoz bergan mamlakatlar uchungina majburiydir. Kengash huzurida bir necha 
doimiy ishchi qo‗mita va qator ixtisoslashgan tashkilotlar tuzilgan, ular iqtisodiy va 
ijtimoiy hamkorlik masalalari bilan shug‗ullanadi, umumiy loyiha va dasturlar ustida 
ishlaydi. A.d.u. kotibiyatini Bosh kotib boshqaradi. A.d.l. – boshqaruv idorasi Qohira 
(Misr)da joylashgan. A.d.l. BMT huzuridagi kuzatuvchi tashkilot mavqeiga ega. 1960-
70-yillarda A.d.l. a‘zolarining soni ko‗paydi, ular iqtisodiy qudrati mustahkamlanib
umumiqtisodiy va siyosiy manfaatlari kuchaydi. Shu tufayli A.d.l. doirasida arab 
davlatlari hamkorligi kengaydi. Liganing umumarab bozori, Arab Taraqqiyot banki
arablararo o‗quv yurtlari, Narkotiklarga qarshi kurash olib boruvchi arab byurosi va 
«Arab press» axborot byurosini tuzish bo‗yicha dasturlar ishlab chiqildi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə