Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

ARBITRAJ
(fr. 
arbitrage
) – 1) hakamlar sudi, bunda tomonlar o‗zlari saylab 
qo‗yadigan yoki o‗zaro kelishuvga binoan, qonunda belgilangan tartibda tayinlanadigan 
arbitrlarga (hakamlarga) murojaat qiladi; 2) nizo vositachi sudya (arbitr) tomonidan hal 
etiladigan hakamlar sudi; xo‗jalik munosabati ishtirokchilari o‗rtasidagi mulkiy va mulk 
bilan bog‗liq nomulkiy nizolarni hal qilib beradigan organ; 3) davlatlar orasidagi 
nizolarni tinch yo‗l bilan hal etuvchi xalqaro organ (mas., Hakamlar sudining doimiy 
palatasi; 4) valyuta A.i — bir valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olib, uni ayni 
vaqtda valyuta kurslari o‗rtasidagi farqdan foyda olish maqsadida boshqa valyuta 
bozorida sotish. 
ARGUMENT
(lot. 
argumentum
– asos, dalil) — 1) biror bir aqida yoki aqidalar 
tizimi, nazariya, qarash va nuqtai nazarning qanchalik to‗g‗ri yoki noto‗g‗riligini isbotlab 
berish uchun qo‗llaniladigan mantiqiy asos; 2) isbot uchun zarur bo‗lgan nazariy manba 
yoki dalil. 


25 
ARGUMENTATSIYA
(lot. 
argumentation
– dalil-isbotlar 
keltirish) 
– 
ishontirishning ratsional usuli, muayyan tezisni himoya qilib, batafsil asoslash va dalillar 
keltirishga tayangan usuli. U ishontirishning eng kuchli usuli bo‗lib, haqiqiy dalillar 
sifatida deduktiv xulosa xizmat qiladi. Aksariyat hollarda haqiqatga yaqin mulohazalar 
argument (dalil) bo‗lib xizmat qiladilar. 
ARISTOKRAT
— aristokratiyaga mansub shaxs; aslzodalarning qarashlariga amal 
qiluvchi va o‗shalardek yashovchi kishi. 
ARISTOKRATIYA 
(yun. 
aristokratia
– yaxshilar hokimiyati) — 1) iqtisodiy 
hukmron sinf, zodagonlarning siyosiy hokimiyati, hukmronligi. A. birinchi marta antik 
davrning mashhur mutafakkirlari - Aristotel, Platon tomonidan quldorlik davlat tuzumini 
idora etish vositasi sifatida ishlab chiqilgan; 2) quldorlik va undan keyingi ilk davlatlarda 
eng imtiyozli tabaqa. U alohida huquq va imtiyozlardan foydalanadi, siyosiy ta‘sirga ega 
bo‗ladi. 
ARIZA
— huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda 
yordam ko‗rsatish to‗g‗risidagi iltimos bayon etilgan murojaat. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə