Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

ARKONI DAVLAT
(arab) — davlat ustunlari; amirlar, vazirlar, ruhoniylar va h.k. 
ARTIKULYATSIYA
(lot. 
articulation
– bo‗g‗in-bo‗g‗in, alohida-alohidaga 
bo‗linish) — (manfaatlar) siyosiy tizim funksiyasi. Nodavlat va jamoat tashkilotlari 
individlar va ijtimoiy guruhlarning tarqoq qarashlari, ijtimoiy ruhiy kechinmalari va 
umidlarini aniq va ma‘lum siyosiy maqsadlar va talablarga aylantirish jarayonidir. U 
qaror qabul qiluvchi tashkilotlarga talablarni bayon etish vazifasini bajaradi. Demokratik 
siyosiy tizimlarda bu vazifani – manfaat guruhlari, siyosiy partiyalar, parlament; avtoritar 
siyosiy tizimlarda – korporativ institutlar bajaradi. G.Almond va A.Pauell fikricha faqat 
ochiq ko‗rinib turgan manfaatlargina emas., latent (yashirin) manfaatlar ham 
artikulyatsiya qilinishi mumkin. Artikulyatsiya qarorlar qabul qiluvchi subyektlarga 
aholining talablari, ehtiyojlari, kutishlarini yetkazish vazifasini bajaradi. Shu orqali aholi 
siyosiy jarayonga jalb etiladi, siyosat subyektiga aylanadi. Artikulyatsiya vositasida 
guruhiy munosabatlar quyidan yuqoriga qarab quriluvchi siyosiy munosabatlar tizimini 
tashkil etadi. Deyarli barcha ijtimoiy guruhlar manfaatlarini Artikulyatsiya qila oladilar. 
Odatda artikulyatsiya subyektlari sifatida quyidagilar ko‗rsatiladi: aholi (makroijtimoiy 
guruh); fuqarolar uyushmasi (aholining alohida qismi); malakali guruh (vositachi 
tuzilma); yetakchi. Guruhlar ilgari surayotgan talablar ichidan muammoning asl sababini 
aniqlash juda muhim. Artikulyatsiya hokimiyatga qo‗yilayotgan talablarni saralashni va 
ularni muhimligi va ahamiyati jihatidan pog‗onalashtirishni talab etadi. Siyosiy 
manfaatlar turli shakllarda: iltimos, savol, talab, shiorlar, partiyalarning dasturiy 
maqsadlari tarzida, shun., mavhum, noaniq bayonotlar tarzida ham ifodalanishi mumkin.
ARXETIP 
(yun. ibtido) — jamoa botiniy ongida yashirin madaniy streotiplar. U 
bevosita tarzda hulq-atvorimizga, tanlovimizga ta‘sir ko‗rsatadi.
ASEAN
(Janubiy – sharqiy Osiyo millatlari Assotsiatsiyasi) — 1967-yilda tashkil 
topgan. Uning tarkibiga Bruney, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand va Filippin 
davlatlari kiradi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə