Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

ATLANTIZM
— Suv, Dengiz, talassokratiya, Sea Power singari atamalarga yaqin 
ma‘noga ega bo‗lgan murakkab geosiyosiy tushuncha. Tarixiy nuqtai-nazardan 
insoniyatning g‗arbiy qismi; strategik nuqtai-nazardan liberal-demokratik mafkura 
ustuvor bo‗lgan g‗arbiy davlatlarning ittifoqi; harbiy-siyosiy nuqtai-nazardan NATO 
mamlakatlari; ijtimoiy nuqtai-nazardan «savdo tuzumi» va «bozor qadriyatlari»ga (AQSh 
modeli) yo‗nalgan. Yevroosiyochilikka qarama-qarshi tushuncha. 
ATOM ENERGIYASI BO„YICHA XALQARO AGENTLIK
(
AEXA
) – 
(MAGATE) — atom energiyasidan foydalanish bo‗yicha hukumatlararo tashkilot, 
BMTning Nyu-York konferensiyasi qaroriga binoan tashkil etilgan. Nizomi 1956-yilning 
sentabrida qabul qilinib, 1957-yilning 29-iyulida kuchga kirgan. Bosh qarorgohi — Vena 
shahri (Avstriya)da. AEXAga 114 ta mamlakat (2007-yil) a‘zo. AEXA maxsus 
tashkilotlar qatoriga kirishiga qaramay, alohida maqomga ega emas. BMT bilan uning 
aloqalari 1957-yil 14-noyabrda BMT Bosh Assambleyasi bilan imzolangan bitimga 
muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu bitim va AEXA Nizomiga asosan agentlik har yilda 
kamida bir marta faoliyati to‗g‗risida BMT Bosh Assambleyasi yoki zarurat paydo 
bo‗lganda uning Xavfsizlik Kengashi oldida hisobot beradi. Agentlikning asosiy maqsadi 
atom energiyasidan tinchlik yo‗lida foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni 
rivojlantirishdan iborat. Turli mamlakatlarda o‗z ilmiy tekshirish laboratoriyalari bor. 
AEXA rivojlanayotgan davlatlarga yadro xavfsizligi va radiatsion himoya uchun zarur 
bo‗lgan asbob-uskunalar bilan yordamlashadi. AEXAning asosiy faoliyatiga kiradigan 
sohalar: qurol-yarog‗ ishlab chiqaradgan yadro texnologiyasini qattiq nazoratgaolish
yadro energetikasi sohasida yordam ko‗rsatish; radioaktiv chiqindilarni to‗g‗ri va xavfsiz 
ko‗mish; shu sohaga oid Norma va Qoidalarni ekspert-yuristlar yordamida tayyorlash; 
ilmiy-texnik dasturlarini qo‗llab-quvvatlash; avariyalarga oid dasturlar ishlab chiqish; 
qishloq xo‗jaligida yadroviy usullar va radioaktiv moddalar yordamida hosildorlik va 


28 
tuproq unumdorligini oshirish; qishloq xo‗jaligi va chorvachilikda hasharotlar va 
kasalliklarga qarshi kurashda yordam berish va b. O‗zbekiston Respublikasi 1994-yil 21-
yanvarda AEXAga a‘zo bo‗lib, xalqaro standartlarni tan olish, atom energiyasidan xalq 
xo‗jaligida foydalanish, radioaktiv moddalar bilan xavf-xatarsiz ishlashda xalqaro 
standartlar, qonunqoidalarga rioya qilishni o‗z zimmasiga olgan. Agentlik oliy organi – 
Bosh konferensiya a‘zo davlatlarning vakillaridan tashkil topgan va har navbatdagi 
sessiyaga yig‗iladi. Nizom bo‗yicha navbatdan tashqari sessiyalar o‗tkazish ham ko‗zda 
tutilgan. AEXA Boshqaruvchilar kengashi agentlik ishlab chiqqan dastur, atom 
energiyasi sohasida umumiy siyosat va b.ruv ishlarini amalga oshiradi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə