Namangan davlat universiteti


AXBOROT JAMIYATI KONSEPSIYASI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

AXBOROT JAMIYATI KONSEPSIYASI
— industrial va postindustrial jamiyat 
nazariyalarining davomi. Unga ko‗ra ijtimoiy tizimlarni o‗zgartirishning yangi omili 
sifatida informatika, kompyuterlar va elektronika chiqadi va ular negizida yangi sinflar 
va millatlardan yuqori ijtimoiy guruhlar (uyushmalar) vujudga keladi, ijtimoiy rivojlanish 
mexanizmlari o‗zgaradi. Nazariyotchilari O.Tofler, J.Neysbit, E.Masuda va b.lar. 
«Axborot jamiyati»da insonning barcha muammolari axborotdan global foydalanish 
hisobiga hal qilinadi. 
AXBOROT RESURSLARI
— shaxs, jamiyat va davlatning hayoti va faoliyati 
jarayonida olingan biror bir shaklda hujjatlangan ma‘lumot. Davlatga va davlatga oid 
bo‗lmagan A.r. bo‗lishi mumkin. Mulk shakliga qarab fuqarolar, davlat hokimligi, 
mahalliy o‗zini-o‗zi boshqarish organlari, tashkilotlar va ko‗shma korxonalar tasarrufida 
bo‗lishi mumkin. 
AXBOROTNING ISHONCHLILIGI
— olingan axborotning obyektiv voqelikga 
mos kelishi va undagi holisonalik. 
AXLOQ
kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‗lgan munosabatlarida 
namoyon bo‗ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli 
ravishda A. talablarini bajarish-bajarmaslik ma‘naviy ta‘sir ko‗rsatish shakllari 
(jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni ma‘qullash yoki qoralash) bilan 
belgilanadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni A.iy kamol toptirish, uni har 
tomonlama rivojlantirish, ma‘naviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining 
muhim omillaridan biri, deb qarashgan. A. har bir vaziyatni baholash va to‗g‗ri qadamlar 
qo‗yish imkonini beradi. Axloq moddiy foyda keltirmaydi, shuning uchun individual 
darajada u utilitar emas. Ammo axloq insoniyat darajasida - utilitar, chunki u insoniyatni 
saqlab qolish shartidir. Axloq bilan siyosatning bosh ijtimoiy funksiyalari mos tushadi: 
har ikkalasi umumiy farovonlik va ijtimoiy adolat himoyachisi bo‗lishga da‘vogarlik 
qiladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə