Namangan davlat universiteti


BLOKLARGA QO„SHILMASLIK HARAKATI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

BLOKLARGA QO„SHILMASLIK HARAKATI 

 
davlatlarning tinchlik va 
taraqqiyot uchun imperializm va reaksiyaga qarshi harakati. Bunday davlatlarga tashqi 
siyosat doktarinasiga ko‗ra bloklarga qo‗shilmaslik siyosatini qo‗llab-quvvatlovchi 
davlatlar kiradi. Bunday doktarinaning asosiy qoidalari – harbiy-siyosiy bloklarda 
ishtirok etmaslik, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‗llab-quvvatlash va mustahkamlash 
uchun faol kurash olib borishdir. (q. Qo‗shilmaslik harakati). 
BO„LIB TASHLA VA HUKUMRONLIK QIL
— qadimgi Rim imperiyasi 
davridan boshlab olib borilayotgan siyosat. Bu atamaning mazmuni imperiya sarkardalari 
tomonidan egallab olingan hududlarni tobelikda saqlash boshqarishni anglatadi. 
Keyinchalik imperialistik davlatlar (Angliya, Fransiya, Ispaniya, Rossiya, Portugaliya, 
Niderlandiya) o‗z hukmronligini saqlab turish uchun ―B.t. va h.k.q.‖ siyosatini qo‗llagan 
va asosiy quroli bo‗lgan. B.T. va H.Q - g‗arazli geosiyosiy va geostrategik maqsadlarga 
erishishda qo‗llanadigan usul va tamoyillardan biri. Bu tamoyilni amalga oshirishning 
asosiy yo‗li biron-bir mintaqa yoki mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib 
chiqarishdir. Bunda birinchidan, muayyan shaklda mavjud bo‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy 
qiyinchiliklarni bo‗rttirib ko‗rsatish orqali aholining mavjud holatdan noroziligini 
uyg‗otish, ikkinchidan, o‗z nog‗orasiga o‗ynaydigan muxolifatchi kuchlarni yuzaga 
keltirish yo‗li bilan siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarish, uchinchidan, ―mamlakatda 
so‗z, matbuot, siyosiy erkinliklar yo‗q‖ qabilidagi tuhmatdan iborat mafkuraviy tazyiq 
o‗tkazish usullari qo‗llanadi.
BOG„LIQLIK
— «uchinchi dunyo» mamlakatlarining qiyosiy tahlillaridan keng 
qo‗llanuvchi konsepsiya. U Lotin Amerikasida 60-yillarda vujudga keldi va keyinroq 
Afrika va Osiyo bo‗yicha tadqiqotlarda ham qo‗llana boshlandi. 
BOJXONA ITTIFOQI
— ikki yoki undan ortiq davlatlar o‗rtasida o‗zaro bojxona 
chegaralarini bekor qilish, boshqa mamlakatlar uchun yagona boj tariflarini joriy etish 


41 
to‗g‗risidagi bitim; davlatlarning bojxona siyosati sohasida hamkorlikda faoliyat olib 
borish maqsadlarida birlashuvi. B. i. asosan ittifoqqa a‘zo davlatlarda ishlab chiqarilgan 
tovarlarning raqobatbardoshligini ko‗tarish maqsadlarida boj undirish, a‘zo bo‗lmagan 
davlatlarga nisbatan yuqori boj stavkalari masalalarini tartibga soladigan ikki yoki ko‗p 
tomonlama bojxona konvensiyalari asosida tashkil etiladi. Dastlabki B. i.laridan biri 
Fransiya va Monako o‗rtasida tuzilgan (1865). 1924-yilda Shveytsariya bilan 
Lixtenshteyn knyazligi o‗rtasida B. i. vujudga keldi. Rivojlangan mamlakatlar o‗rtasidagi 
B. i.ga Ta'riflar va savdo to‗g‗risida Bosh kelishuv (1947; 1997-yildan Jahon savdo 
tashkiloti), Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (1957; 1995-yil dan Yevropa Ittifoqi), 
Yevropa erkin savdo uyushmasi (1960) misol bo‗ladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə