Namangan davlat universiteti


BOSHQARILADIGAN KAPITALIZM NAZARIYASI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

BOSHQARILADIGAN KAPITALIZM NAZARIYASI
— iqtisodiyotni, jum.
kapitalistik xo‗jalik yuritish tizimini davlat yo‗li bilan boshqarishni asoslaydigan 
nazariya. 1929-33 – yillarda AQSHda ro‗y bergan Buyuk tanglik - iqtisodiy inqiroz va 
kapitalizmning aralash iqtisodiyotga o‗sib o‗tishi jarayoni B.k.n.ni vujudga keltirdi. Bu 
nazariyaning 
asoschisi 
ingliz 
iqtisodchisi 
J.M.Keyns 
hisoblanadi. 
BOSHQARISHDAGI MA'MURIY BUYRUQBOZLIK USULI
— buyruqbozlik 
iqtisodiyoti - iqtisodiyotni tashkil etish usullaridan biri. Bu usulda hukumat resurslarni 
markazlashtirgan holda taqsimlaydi, ayrim shaxslar hamda korxonalarga o‗z qarorlariga 
muvofiq faoliyat ko‗rsatish majburiyatini yuklaydi. 
BOSHQARMA
— davlat boshqaruvi tizimida biror yirik tarmoq yoki xo‗jalik 
sohasida markaziy yoki o‗rta bo‗g‗indagi boshqaruv idorasi (mas., Markaziy bankning 
viloyat boshqarmasi, Bojxona qo‗mitasining shahar boshqarmasi). B. vertikal (vazirlik, 
qo‗mita, korporatsiya darajasida sektor - bo‗lim - boshqarma - bosh boshqarma) va 
gorizontal (ayrim vazifalarni bajaruvchi bo‗limlar) tizimda rahbarlikni amalga oshirishi 
mumkin. B. umuman boshqaruv vazifalarini, maqsadlarini amalga oshirish va b.rish 
jarayonining uzluksiz hamda samarali ishlashini hududiy yoki tarmoq tamoyillari asosida 
tashkil etadi. Hozirgi paytda O‗zbekistondagi boshqaruv amaliyotida B. o‗rniga 
departament atamasi kirib kelmoqda. 


43 
BOSHQARUV SHAKLI
— bu huquqiy institut bo‗lib, davlat hokimiyatini tashkil 
etish tartibi. Oliy va mahalliy davlat organlarini tuzish usulini hamda ularning bir-biri va 
aholi bilan o‗zaro munosabatlari tartibini o‗z ichiga oladi. Boshqaruv shakllari hokimiyat 
bir shaxs tomonidan yoki saylab qo‗yiladigan jamoaviy organ tomonidan amalga 
oshirilishiga qarab jiddiy farq qiladi. Birinchi holda boshqaruvning monarxik shakli
ikkinchi holda esa respublika shakli namoyon bo‗ladi. Monarxik boshqaruv shaklida, 
amaldagi qonunlarga muvofiq, monarx, respublika boshqaruv shaklida esa saylab 
qo‗yiladigan davlat organi davlat hokimiyatini boshqaradi. Monarxiyalar va 
respublikalarning har xil turlari mavjud. Ular davlatlarning tiplariga, shun., ularning 
yuzaga kelishi va faoliyat ko‗rsatishi shart-sharoitiga ko‗p jihatdan bog‗liq. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə