Namangan davlat universiteti


BOLA HUQUQLARI TO„G„RISIDA KONVENSIYA



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

BOLA HUQUQLARI TO„G„RISIDA KONVENSIYA
— bolalar huquqi 
to‗g‗risidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo‗lgan hamda kelajakka qaratilgan 
eng to‗la va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda 
bir ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959-yilda qabul qilingan Bola huquqlari 
deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya «Insoniyat o‗zida mavjud bo‗lgan 
eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur» deb e‘lon qilgan edi. 
Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va b. xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari 
to‗g‗risidagi qonunlarni o‗zida mujassamlashtirgan. B.h.t.k. dunyoning barcha 
mintaqalaridagi xalklar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini 
mumkin qadar himoya qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat. 
Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balog‗at yoshi birmuncha erta belgilangan 
bo‗lmasa, 18 yoshga to‗lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi. Unga O‗zbekiston 
Respublikasi 1992-yil 9-dekabrda qo‗shilgan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki 
unga qo‗shilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar bo‗yicha Bola huquqlari 
qo‗mitasiga muntazam ravishda milliy ma'ruzalar yuborib turadi. 
BOLALAR JAMG„ARMASI (YUNISEF)
— BMTning asosiy jamg‗armalaridan 
biri. Uzoq vaqt davom etgan urush natijasida katta qiyinchiliklarga duchor bo‗lgan 
Yevropa bolalariga g‗amxo‗rlik ko‗rsatish maqsadida 1946-yilda tuzilgan. 1953-yildan 
BMTning doimiy tuzilmasiga aylangan. Yer yuzida, ayniqsa rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi bolalarning soglom va barkamol voyaga etishiga kumaklashish uning 
bosh tamoyilidir. Mazkur sohadagi faoliyati uchun 1965-yilda Nobel mukofoti bilan 
takdirlangan. O‗zbekiston mustaqillikka erishgach, YUNISEFga a‘zo bo‗ldi va u bilan 
yaqin hamkorlik o‗rnatdi. Jamg‗arma tomonidan bolalarni immunizatsiya qilish, 
boshlang‗ich maktab o‗quvchilarini oziq – ovqat va ichimlik suv bilan ta‘minlash, 
vaksinalar etkazib berish bo‗yicha uzoq muddatli dasturlar, Orolbo‗yi aholisiga yordam 
ko‗rsatish yuzasidan maxsus dastur, «Orol dengizi: mintaqaviy va ekologik yordam 
loyihasi» ishlab chiqilgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə