Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

BOLSHEVIZM
— 1903 yili Rossiyada vujudga kelgan siyosiy avantyuristlar va 
hokimiyatparastlarning o‗ta reaksion partiyasi mafkurasi, insoniyat uchun zararli va 
xavfli bo‗lgan siyosiy hokimiyatni egallab olish va davlat boshqaruvining vayronkor 
shakli. Uning asoschisi, nazariyotchisi, g‘oyaviy rahbari va rahnamosi V.I.Ul‘yanov 
(Lenin) edi. B. o‗tgan asr boshlarida Rossiyada bolshevistik partiya rahbarligida siyosiy 
hokimiyatni egallab olish va davlat boshqaruning g‗oyaviy, trategik, taktik va tashkiliy 
prinsiplari va vositalari sifatida amal qildi. B. terror, zo‗ravonlik, ekstrimizm, 


42 
bosqinchilik va insonlarni talashning avj olishi, quturishi va haddan oshishi, bu qamoq, 
konslager, qatag‗on va surgunlardan iborat ekanini sobiq sovet tuzumi ko‗rsatdi. Bu 
vayronkor mafkuraning qullarcha mehnat, vahshiyona ekspluatatsiya, ochlik, qahatchilik, 
kasallik, insonlarning bevaqt o‗limi ekaniga postsovet hududidagi xalqlar tarixi guvoh.
BOSH ASSAMBLEYA
BMT asosiy organlaridan biri, barcha a‘zolarining 
umumiy yig‗ilishi. Butun BMTga tegishli vazifalar hamda vakolatlarning muhim qismini 
bajaradi. BMT barcha asosiy organlari orasida eng vakolatlisi. Shu organlarni 
shakllantirishda ishtirok etadi. BMTga a‘zo hamma davlatlar o‗z vakillariga ega bo‗lgan 
yagona organ. Mazkur vakillar ko‗pi bilan 5 delegat va yana shuncha delegat o‗rinbosari 
va zarur miqdordagi maslahatchilar va ekspertlardan tashkil topadi. BMTga a‘zo 
davlatlarning barchasi BMT Bosh Assambleyasida teng huquqli, ya'ni har biri bir ovozga 
ega. Delegasiya majlislar zalida davlatning ingliz tilidagi rasmiy nomiga muvofiq alifbo 
tartibida joylashadi. BMT Bosh Assambleyasi BMT Ustavi doirasidagi yoki uning har 
qanday organi vakolat hamda vazifalariga doyr har qanday masala yoxud ishni, bironbir 
davlat yoki Xavfsizlik Kengashi o‗rtaga qo‗ygan masalalarni muhokama qilish, shun., 
BMT a‘zolari va (yoki) Xavfsizlik Kengashiga oid tavsiyalarni berish vakolatiga ega. 
BMT Bosh Assambleyasi Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‗lmagan a‘zolarini (doimiy 
a‘zolari BMT Ustavi 23-moddasida ko‗rsatilgan), Iqtisodiy va Ijtimoiy kengash a‘zolarini 
saylaydi; Xavfsizlik Kengashi bilan birga Xalqaro sud sudyalarini saylashda qatnashadi; 
Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga binoan BMT Bosh kotibini tayinlaydi; Xavfsizlik 
Kengashining va BMT boshqa organlarining-yillik hamda maxsus dokladlarini qabul 
qilib, ko‗rib chiqadi; BMT budjetini muhokama etib, tasdiklaydi. BMT Bosh 
Assambleyasi navbatdagi-yillik sessiyaga (u odatda sentabr oyining 3-seshanba kuni 
ochiladi), shun. maxsus yoki (1950-yildan) favqulodda sessiyaga yig‗iladi. Maxsus 
sessiyalar Xavfsizlik Kengashi, BMT a‘zolarining ko‗pchiligi yoki bular ma'qullagan 
holda BMT a‘zolaridan birining talabi bilan chaqiriladi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə