Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

BUNDESRAT
(nem
.
Bundesrat
) — GFRning ikki palatali parlamentining yuqori 
palatasi. Yerli aholi, ya'ni federal hududlarning hukumatlaridan 3-5 gacha vakil saylanish 
hisobiga shakllantiriladi. 
BUNDESTAG
(
nem. 
Bundestag
) — GFR parlamentidagi quyi palata – deputatlar 
palatasi, respublikaning oliy vakillik organi. 1949-yilda tuzilgan. Saylov tizimi bo‗yicha 
4-yil muddatga saylanadi. Saylovchilarning 5% idan kam ovozini olgan partiya bironta 
ham mandatga ega bo‗lmaydi. Mazkur palataga saylovlarda eng ko‗p ovoz to‗plagan 
siyosiy partiya yoki blok hukumatni shakllantiradi. Hozirgi vaqtda Sotsial-demokratik 
partiya, Ozod demokratik partiya, Xristian sotsialistik ittifoqi kabi siyosiy partiyalar B.ga 
saylovlarda asosiy kurash olibboruvchi partiyalar hisoblanadi. 
BUNDESVER
(nem
.
Bundeswehr
) — Germaniya Federativ Respublikasining 
qurolli kuchlari. Quruqlikdagi qo‗shinlar, dengiz qo‗shinlari, harbiy havo kuchlaridan 
iborat. NATOning Yevropadagi asosiy tayanchlaridan biri. GFRning genaraliteti 
NATOning tarkibiy organlaridan biriga kiradi. 
BUNYODKOR G„OYA
— insonni ulug‗laydigan, uning kuch–qudrati va 
salohiyatini oshirib xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar 
etadigan, o‗zida taraqqiyot, ma'rifat, do‗stlik, tinchlik, adolat, halollik, poklik kabi ezgu 
his–tuyg‗ularini mujassam etadigan g‗oyadir. 
BURGOMISTR
(nem. 
Burgeimeister
) — ayrim mamlakatlar (Germaniya, Belgiya, 
Niderlandiya, Avstriya) mahalliy boshqaruv organlarida oliy mansabdor shaxs. B.lar 
mazkur organlarda yetakchi rol o‗ynaydi: markaziy hukumat vakili hisoblanadi
munisipal (mahalliy) xizmatchilarni ishga tayinlaydi va ishdan bo‗shatadi; budjet tuzish 
va uni bajarish ishlariga boshchilik qiladi. B. Germaniyaning ko‗pchilik erlarida 
munisipal kengashlar yoxud bevosita aholi tomonidan saylanadi (Germaniyaning 
Bavariya va BadenVyurtemberg erlarida) yoki bevosita hukumat tomonidan tayinlanadi. 
Quyi Saksoniya va Shimoliy Vestfaliya erlarida asosan vakillik vazifalarini bajaradi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə