Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

DAVLAT HOKIMIYATI
— ijtimoiy-siyosiy hokimiyat shakli va jamiyat siyosiy 
tizimining asosiy muassasasi bo‗lib, jamiyatni boshqarish, fuqarolarning totuvligi hamda 
davlatning bir butunligini ta‘minlaydi. U maxsus kuch ishlatish apparatiga tayanadi va 
butun aholini qamraydi. Siyosiy hokimiyatning oliy ko‗rinishi. Belgilari: 1) ham 
tashkilot, ham shu tashkilot maqsadlarini amalga oshirish bo‗yicha faoliyat; 2) maxsus 
boshqaruv va zo‗rlik apparatining mavjudligi. U butun aholi rioya qilishi shart bo‗lgan 
qonunlar chiqarishning mutlaq huquqiga ega va shu qonun va ko‗rsatmalar bajarilishini 
ta‘minlash vositasidan biri sifatida maxsus bo‗ysundirish apparatiga suyanadi. 
DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI 
— fuqarolarning davlat va 
jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokining vakillik shakli. D.h.v.o. vakillik xususiyati 
ularning saylov yo‗li bilan tashkil etilishi, masalalar jamoa tomonidan erkin muhokama 
asosida hal qilinishidan, oshkoralikdan, davlat hokimiyati va b.ruv organlari, ular 
saylaydigan, tasdiqlaydigan yoki tayinlaydigan mansabdor shaxslar vakillik organi oldida 
mas‘ul bo‗lishidan va hisob berib turishidan, qonuniylikdan, fuqarolarni davlat ishlarini 
boshqarish ishiga keng ko‗lamda jalb etishidan, jamoatchilik fikrini doimo hisobga 
olishidan iborat. O‗zbekiston Respublikasida D.h.v.o. tarkibiga oliy vakillik organi – 
Oliy Majlis va mahalliy vakillik organlariga – hokim boshchilik qiladigan viloyat, tuman 
va shahar xalq deputatlari Kengashlari kiradi. 
DAVLAT HUDUDINING YAXLITLIGI VA DAXLSIZLIGI 

 
hozirgi xalqaro 
huquq me‘yorlarining asosiy tamoyili bo‗lib, unga ko‗ra davlatlar boshqa davlatning 


52 
hududiga qurolli yoki boshqa tajovuzlardan, ularni zo‗ravonlik bilan bo‗lib yuborish, 
bosib olish yoki ko‗chirib yuborishdan saqlanishlari majburiydir.
DAVLAT HUQUQI 
— muayyan davlatning ijtimoiy tuzumi, davlat tuzilishi 
asoslari va davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishini, inson va fuqarolarning 
asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini hamda saylov tizimini belgilovchi va tartibga 
solib turuvchi huquqiy normalar yig‗indisi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə