Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

DAVLAT KENGASHI 
— 1) ayrim xorijiy mamlakatlar (Fransiya, Ispaniya, 
Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Ekvador, Gretsiya, Kolumbiya)da asosiy davlat 
muassasalaridan biri, u yo oliy ma‘muriy adliya organi, yo konstitutsiyaviy nazorat 
organi, yo bo‗lmasa ba‘zi mamlakatlarda bir vaqtning o‗zida davlat boshlig‗i huzuridagi 
maslahat organi hisoblanadi; 2) Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, XXR, Koreya 
Respublikasida hukumatning rasmiy nomi; 3) 1810-1906 yillarda Rossiya imperiyasida 
qonun chiqaruvchi oliy maslahat organi.
DAVLAT KOTIBI 
— Yevropa va Amerikaning bir necha davlatlarida oliy davlat 
amaldorlarining nomi. Mas., AQSHda – Davlat departamenti, ya‘ni tashqi siyosiy 
mahkamasining rahbari; Buyuk Britaniyada – ichki ishlar, mudofaa, Shotlandiya ishlari 
bo‗yicha va h.k. ayrim mahkamalarning boshlig‗i; Belgiyada D.k. amalda vazirlarning 
o‗rinbosari hisoblanadi. Meksika va Lotin Amerikasining boshqa ba‘zi mamlakatlarida 
vazirlar D.k. deb nomlanadi. 
DAVLAT MADHIYASI 
(yun. 
himios
– tantanali qo‗shiq) — davlat gerbi va davlat 
bayrog‗i bilan bir qatorda davlat rasmiy ramzi hisoblanadigan she‘riy-musiqiy tantanavor 


54 
asar, gimn. U asosan tantanali yig‗ilishlar vaqtida, jamiyat hamda muhim davlat 
ahamiyatiga molik voqealarni nishonlash yuzasidan o‗tkazilayotgan marosimlarda, 
xalqaro sport musobaqalarida g‗oliblarni mukofotlash chog‗ida va h.k.da ijro etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining D.m. to‘g‘risidagi qonun 1992-yil 10-dekabrda qabul 
qilingan. Uning so‘zlari Ozbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, 
musiqasi Mutal Burxonov tomonidan bastalangan. 
DAVLAT MEXANIZMI
— davlat hokimiyatini amalga oshiradigan, jamiyatga 
davlat rahbarligini ta‘minlovchi davlat tashkilotlari tizimidir. Davlat mexanizmi davlat 
apparatidan, ya‘ni davlat organlarining yig‗indisidan, davlat muassasalari va 
korxonalaridan iborat. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə