Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

BUYUK DAVLATLAR
— Vena kongresidan (1814-1815) buyon siyosiy lug‗atda, 
xalqaro munosabatlar va xalqaro huquqda yetakchi rol o‗ynaydigan davlatlarni ko‗rsatish 
uchun qabul qilingan. Termin. Ikkinchi jahon urushidan keyin BMT tashkil etilgach
uning ustaviga muvofiq Xavfsizlik kengashining doimiy a‘zolari (Rossiya, AQSH, 
Buyuk Britaniya, Xitoy Fransiya) B.d. yuridik maqomiga ega. B.d.lar hozirgi kunda 
jahon taqdiriga jiddiy ta'sir ko‗rsata oladigan, ammo xalqaro munosabatlarda 
xukumronlik qilish darajasiga ko‗tarila olmaydigan Ularning real imkoniyatlari ma'lum 
hudud, alohida olingan birorta soha yoki davlatlararo munosabatlardan chetga chiqib 
ketishga yo‗l qo‗ymaydi. Umumbashariy global miqyosdagi masalalarni hal etish ularga 
bog‗liq emas. Bunday davlatlar ma'lum hududlardagi ―kuchlar markazi‖ rolini o‗tashi 
mumkin (hozirgi Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Xitoy va h.k.); 
BYULLETEN 
(fr
.
bulletin
kichik yorliq, e‘lon) — 1) rasmiy hujjat, qaror, 
ko‗rsatmalar va shu kabilar to‗plami; 2) keng jamoatchilik uchun muhim bo‗lgan voqea, 
hodisa haqidagi e‘lon (mas., urush harakatlari, yirik davlat arbobining sihat-salomatligi 
to‗g‗risida va h.k.); 3) muayyan bir masalaga oid nashrlarning nomi (mas., O‗zbekiston R 
oliy va o‗rta maxsus ta'lim vazirligi «Byulleten»lari va b.); 4) ma'lum shakldagi saylov 
varaqasi, unda deputatlikka nomzodi qo‗yilgan shaxsning ism-familiyasi, tug‗ilgan-yili 
va b. ba'zi asosiy ma'lumotlar ko‗rsatiladi; 5) ishchi yoki xizmatchi mehnatga vaqtincha 
yaroqsiz bo‗lganda tibbiyot muassasalari tomonidan beriladigan kasallik haqidagi hujjat. 


47 
BYUROKRAT
— 1) byurokratiyaga mansub shaxs; 2) o‗z burchini rasmiyatchilik 
bilan, ishga ziyon etkazgan holda rasmiy bajaradigan, sansalorlik qiluvchi mansabdor 
shaxs. 
BYUROKRATIYA (
fr. 
bureau, byuro
– idora; yun. 
kratos
– kuch, hokimiyat, 
xukmronlik) — dastlab hukumat idoralarining rahbarlari va amaldorlari hokimiyati
keyinchalik jamiyatning turli sohalarida paydo bo‗lgan yirik tashkilotlardagi xizmatchilar 
qatlamini ifodalagan. Boshqaruv va ma'muriyatning zarur qismi sifatida B. alohida 
ijtimoiy qatlamga aylanib boradi. B.ga xos xususiyatlar: kuyi mansabdorlarning yuqori 
mansabdorlarga bosqichmabosqich bo‗ysunishi, qattiq ish tartiboti, maxsus ma'lumotni 
taqozo etuvchi rasmiylashgan vazifalarni amalga oshirishda mehnat va mas'uliyat 
taqsimoti. Tashkilot ko‗pchilik a‘zolarining mustaqil ravishda imtiyozli qatlamga 
aylanishga intilishi oqibatida rasmiyatchilik, o‗zboshimchalik, avtoritarizm va sharoitga 
moslashish kuchaya boradi, tashkilotning tartib-qoida hamda maqsad-vazifalariga 
bo‗ysundirilishi asosan B.ni mustahkamlash va saqlab qolish uchun xizmat qiladi. Bu hol 
ayniqsa avtoritar tizimlarda yaqqol namoyon bo‗ladi. Mansabdor shaxs tomonidan o‗z 
vazifasiga vijdonsizlik va sovuqqonlik bilan karab, fuqarolarning taklif, ariza va 
shikoyatlarini ko‗rib chiqish tartibini buzish, ularga to‗ralarcha munosabatda bo‗lish 
hollari davlat va jamiyat manfaatlariga, fuqarolarning qonun bilan qo‗riqlanadigan huquq 
va manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Demokratik jamiyat B.ning mazkur salbiy 
xususiyatlarini bartaraf etish va cheklashga qaratilgan nazorat hamda boshqaruv 
shakllarini ishlab chiqishga harakat qiladi.


48 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə