Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

AVTORITAR HOKIMIYAT
— kuchli hokimiyat, shuning uchun uning 
jamiyatda tartibi, barqarorlikni ta‘minlash qobiliyati bir muncha yuqoriroqdir. Bu 
hokimiyat turli kuchlar qarshiligini sindirib jamiyatda tarkibiy o‗zgarishlarni tez o‗tkaza 
oladi, va butun imkoniyatlarni eng dolzarb muammolarni hal qilishga yo‗naltira oladi. 
Tub islohotlar va o‗zgarishlar davrida ana shunday kuchli hokimiyatning mavjud 
bo‗lishi, albatta, afzalrroqdir. 
AVTORITARIZM 
(lot. 
auctoritas
– hokimiyat) — antidemokratik siyosiy rejim. 
Davlatni idora qilish usuli. A.da siyosiy hokimiyat hukmdor shaxsning yoki yetakchining 


32 
siyosiy irodasi va qarorlari asosida amalga oshiriladi. Davlat (siyosiy) hokimiyati asosiy 
vazifalarining bir guruh shaxslar yoki bir shaxs qo‗lida to‗planishi. A.da vakillik 
organlari ham mavjud bo‗ladi, referendumlar, xalq muhokamalari va x.k. o‗tkazilishi 
mumkin. A.ning mohiyati qo‗llaniladigan uslublari: jamiyatga muayyan mafkurani 
majburan qabul qildirishda, 
demokratik erkinliklarni cheklashda, bir qator 
konstitutsiyaviy institutlarning bekor qilinishi yoki nomigagina mavjud bo‗lishida, 
ma‘muriy organlarning jamoat tashkilotlari ustidan nazorat qilishida, muxolifatning 
yo‗qligi yoxud, agar unga yo‗l qo‗yilsa ham, uning faoliyat ko‗rsatish imkoniyatlari juda 
cheklanganligida, ommaviy axborot vositalariga nisbatan qattiq nazorat o‗rnatilishida, 
fuqarolar har tomonlama nazoratda bo‗lishi singarilarda namoyon bo‗ladi. 
AVTORITET
(lot. 
autoritas
– hokimiyat) – keng ma‘noda: bir shaxs yoki 
tashkilotning hayotda yoki jamiyatda qabul qilgan norasmiy ta‘siri (mas. tarbiya, fan); tor 
ma‘noda: hukumat qarorlarini amalga oshirishning bir turi. Ko‗p hollarda A. qonun, 
qoida yoki ijtimoiy me‘yorlar ta‘siri bo‗layotgan shaxslar tarafidan zarur, deb tan 
olinganligidir. A. shaxs yoki bir guruh shaxslarni kuch ishlatmay, zo‗ravonliksiz 
fikrlashga yoki ishlashga yo‗naltirishdir. A. ishlab chiqarishda, siyosatda va b. ijtimoiy 
jabhalarda alohida individlarning faoliyati, ko‗proq mutasaddi tashkilotlar va mansabdor 
shaxslar tomonidan belgilanadi, ular qaror qabul qilib uning ijrosini nazorat qiladi. 
A.ning qay turda va qaysi jabhada amalga oshishi jamiyatning tarixiy rivojlanishiga 
bog‗liq. T.Gobbs ―Suveren A.‖da jamiyatni anarxiyadan saqlash chorasini va ―hammani 
hammaga qarshi kurashishdan qutqarishning yagona chorasidir‖ degan edi. Anarxistlar 
esa, A.ni jamiyatda individning erkinligi, shaxs yagonaligini e‘tirof etishgan. Nemis 
sotsiologi M.Veber A.ning ―formal tipologiyasini‖ taqdim etdi. Unda A. falsafiy yo‗l-
yo‗riqqa asoslanib, yo hukumatga erishishda aniq bir qoidalarga rioya qilish va uni 
qo‗llash chegaralarini belgilaydi yoki tartib tushunchasi uning muqaddas va o‗zgarmas 
muqaddas alomatlari mujassamlangan daho shaxsiyati bilan bog‗liq. Veberning fikricha, 
A faqat avliyolar, targ‗ibotchilar va siyosiy dohiylarga xosdir.
AXBOROT 
— 1) biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma‘lumot. Davlatlar 
o‗rtasidagi muzoqaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma to‗g‗risida hukumatning 
rasmiy xabari. Tor ma‘noda axborot-jamiyat hayotiga oid ahamiyatli, dolzarb faktlar 
haqidagi qisqa, sharxlanmaydigan ma‘lumotlar. Keng ma‘noda axborot-to‗planadigan, 
saqlanadigan va qo‗llanadigan har qanday ma‘lumotlar. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə