Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

AUDIENSIYA 
(lot. 
audentia
– tinglash, quloq solish) — davlat va jamoat arboblari 
tomonidan chet el diplomatik vakillarining rasmiy qabul qilinishi. Xalqaro huquqda A. 
davlat boshlig‗ining diplomatik vakilni qabul qilishidir. Bir davlat vakilining o‗z ishonch 


29 
yorlig‗ini yoki chaqirib olish yorlig‗ini topshirishi ham A. dir. 1815-yil 19-martda 
Venada diplomatik vakillar to‗g‗risida qabul qilingan reglamentga muvofiq bevosita 
davlat boshlig‗idan A. surashga faqat muxtor elchi darajasidagi vakilninggina huquqi bor. 
Muvaqqat ishlar vakili va b. darajali diplomatik vakillar A. haqida shu davlat tashqi 
ishlar vaziri orqali iltimos qilishi mumkin. 
AUTENTIK
(grek. 
authentikos 
– asl, haqiqiy) — biron-bir hujjatning boshqa tilda 
yozilgan matniga aynan o‗xshash va u bilan bir xil kuchga ega bo‗lgan matni. Xalqaro 
munosabatlarda A. termini xalqaro shartnomalarda qo‗llaniladi. Agar shartnoma ikki 
yoki undan ko‗p tilda tuzilgan bo‗lsa, umumiy qoida bo‗yicha, uning har bir tildagi matni 
A., ya‘ni bir xilda asl nusxa va teng yuridik kuchga ega deb hisoblanadi. Biroq 
shartnomadagi qoidalarni sharhlashda turli xil fikr paydo bo‗lgan hollarda shartnomada 
ko‗rsatilgan tilda yozilgan matndagi fikr va qoidalar asosiy kuchga ega bo‗ladi, deb yozib 
qo‗yiladi.
AUTRICH
— bu jamiyatdan ajralib qolgan ijtimoiy guruhlar bilan aloqa o‗rnatish 
va ularga ma‘lumot, konsultatsiya va b. yordam turlarini yetkazish usuli.
AVANGARD PARTIYALAR 

 
partiyaning muayyan turi. U yetakchilikka da‘vo 
qiladi. A.p. mamlakatdagi muammolarni hal qila olishi va jamiyatga samarali rahbarlik 
qila olishidan kelib chiqadi. Odatda, A.p. o‗z mandatini inqiloblar, to‗ntarishlar natijasida 
oladi va so‗ngra, o‗z faoliyatini legitimlashtirishga urinadi; davlat tuzilmalari bilan 
birlashishiga harakat qiladi. 
AVANTYURA 
(fr. 
aventure 
sarguzasht, tavakkal) — tasodifiy muvaffaqiyatga 
erishish uchun tavakkal qilingan, shubhali faoliyat; haqiqiy imkoniyatni hisobga 
olmasdan ishga kirishish. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə