Namangan davlat universiteti


APPARAT  — muayyan ijtimoiy tashkilotlar, siyosiy partiyalar hamda davlat  boshqaruvi muassasalari va xodimlari majmui.  AQIDAPARASTLIK



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

APPARAT 
muayyan ijtimoiy tashkilotlar, siyosiy partiyalar hamda davlat 
boshqaruvi muassasalari va xodimlari majmui. 
AQIDAPARASTLIK
— kishilar ongi va qalbiga ma‘lum mafkuraviy tazyiqlar 
asosida singdirilib, e‘tiqod darajasiga ko‗tarilgan dunyoqarash shakllaridan biri. A. o‗z 
xususiyatini ikkita shaklda namoyon qiladi: Aqidaning dunyoviy shakli (ateizm, 
kommunizm); aqidaning diniy shakli, (vahho biylik, Hizb ut-tahrir, Hizbulloh, ―Al-
qoida‖ va b. aqidalarni zamon va makondan ajratgan holda anglab, ularni (o‗zgartirib 
bo‗lmas) tushunchalar deb biluvchilar aqidaparastlar deb yuritiladi. A.ning shakllanishi 
va qaror topishi barcha diniy tashkilotlar va ularning ruhoniylari faoliyati bilan tarixan 
chambarchas bog‗lanib ketgani sababli, u faqat diniy ta‘limotlarga xos hodisa sifatida 
talqin etib kelinadi. Islomning sunniylik oqimi ilohiyotchilari qur‘oni Karim va hadisi 
sharifga asoslanib ishlab chiqqan yettita imon talabini aqida deb hisoblaydilar. Shialik 
oqimida beshta aqida imon talabi hisoblanadi. Bular Allohning yagonaligiga, 
payg‗ambarlarga, imomat (oliy hokimiyat imom – payg‗ambar avlodi qo‗lida bo‗lishiga), 
adl (ilohiy taqdirning adolatliligi)ga, oxiratning ro‗y berishiga ishonchdan iborat. Biroq, 
barcha dinlarda, jum., islomda imon talablaridan boshqa qator tushunchalar ham aqida 
hisoblanadi. Har bir diniy tashkilot (diniy konfessiya) va muayyan diniy jamoa o‗zlari 
haqiqatning oxirgi nuqtasi sifatida qabul qilgan ilohiy tushunchalarga qat‘iy ravishda 
ishonch ruhini dindorlar ongi va qalbiga singdirish uchun juda ko‗p vositalar, uslublardan 
samarali foydalanadilar. Ana shu jarayonda qavmlarda muayyan andoza (model) ga 
tushgan yaxlit dunyoqarash, dunyoni his etish shakllanadi. Inson fe‘l-atvori, faoliyati 
muayyan izga tushiriladi. Shundan kelib chiqib, tabiiy va ijtimoiy hodisalarga 
munosabat belgilanadi. E‘tiqodlariga xilof bo‗lgan o‗zgacha qarashlar va munosabatlar 
qaror topishiga iloji boricha qarshilik ko‗rsatib keladilar. A.ni fundamentalizm, diniy 
ekstremizm tushunchalari bilan ham aynanlashtirish bu tushunchalarga noilmiy 
yondoshuvlarga sabab bo‗ladi. Bu tushunchalarda umumiy o‗xshash jihatlardan tashqari 
jiddiy tafovutlar ham borligini nazarda tutgan ma‘qul. Diniy bilimlarni tarixiy davrdan va 
real ijtimoiy voqelikdan ajratib o‗zlashtirib olgan, binobarin, dinlarning asl 
insonparvarlik mohiyatini tushunmagan va tushunishni istamagan shaxslarni A.lar deyish 


22 
to‗g‗ri. Ammo bu tushuncha sof diniy mazmundan ko‗ra kengroq mohiyatga ega 
ekanligini e‘tiborda tutish zarur. Zero, A. nafaqat dinda, balki ilm-fanda, jum., fal.da ham 
o‗zini namoyon etib, ijtimoiy taraqqiyot, milliy istiqlol va inson kamoloti yo‗liga 
g‗oyaviy to‗siq bo‗lishi mumkin. Har qanday sohada chuqurroq bilimga ega bo‗lmagan 
yoki dastlabki bilimlari bilan cheklanib, o‗z ustida ishlamay qo‗ygan kishilar odatda A.ni 
rag‗batlantiruvchi ijtimoiy kuch sifatida-maydonga chiqadilar. A. muayyan dunyoqarash 
bilan bog‗liq bo‗lgan va ma‘lum bir g‗oyaga e‘tiqod qilishga imkon yaratadigan 
tushunchalarni yodlab olib, ularni zamon va makondan uzgan holda haqiqatning oxirgi 
nuqtasi sifatida targ‗ib etadi. A. sayoz bilimga ega bo‗lgani sababli bahs-munozaraga 
tish-tirnog‗i bilan qarshi chiqadi. A. ijtimoiy va milliy ongni jilovlab qo‗yib, ijtimoiy 
taraqqiyotni turg‗unlikka, hatto orqaga ketishga sabab bo‗lishi bilan o‗ta xatarlidir. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə