Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

ANTIDEMOKRATIK REJIM
— (demokratiyaga zid rejim)da davlat idoralari 
hokimiyatni amalga oshirish chog‗ida demokratiya prinsiplari va qoidalariga rioya 
etmaydilar, ularni doimo yoki tez-tez buzadilar. 
ANTIKOMMUNIZM
(
anti
– qarshi, zid; 
kommuna
– jamoa, umumiy yashash 
usuli) — kommunizmga qarshi kurash g‗oyasiga asoslangan qarash, faoliyat majmui. 
Ijtimoiy taraqqiyotda jamoaviylik tamoyilining mutloqlashtirishi, kommunistik 
partiyalarning muayyan davlatlarda hokimiyatni zo‗rlik bilan egallab olishi, kommuna 
g‗oyasining markscha talqini asosida shakllangan mustabid mafkuralar xurujiga qarshi 
takomillashib borgan ta‘limot. A. g‗oyaviy sohada sobiq Ittifoq va b. sotsialistik 
yo‗nalishdagi mamlakatlarda yagona mafkuraning mutlaq hukmronligi, tafakkur qulligi, 
fikr qaramligining shakllanishi, vijdon, fikr, so‗z erkinliklari cheklanganini tanqid qiladi. 
Siyosiy sohada kommunistik yo‗ldan borayotgan mamlakatlarda siyosiy amoralizm, 
erkin saylovlar, demokratiya yo‗qligi, iqtisodiy sohada esa, bir markazdan 
boshqariladigan va xususiy mulkka, mulkiy plyuralizmga yo‗l qo‗yilmaydigan iqtisodiy 
tamoyillar ustuvorligi tanqid qilinadi. A. ―sovuq urush‖ davrida g‗arbda eng nufuzli 
g‗oyaviy kurash vositalaridan biri edi. XX a.ning keyingi o‗n-yilligida sobiq Ittifoq 
tarqalishi, marksistik ta‘limot va partiyalarning ilgarigi mavqeini yo‗qotishi bilan A. ham 
o‗z ahamiyatini bir oz yo‗qotdi. Ammo totalitarizm, antidemokratik tamoyillar hukmron 


19 
hudud va davlatlarda mavjud bo‗lgan ba‘zi neomarksistik va neokommunistik qarash
faoliyatlarga qarshi mafkura sifatida jahondagi g‗oyaviy jarayonlar tizimida o‗z o‗rni va 
ahamiyatini saqlab qolmoqda. 
ANTIKONSTITUTSIYAVIYLIK 
(konstitutsiyaga zidlik) — qonunning, boshqa 
normativ - huquqiy hujjatning yoxud xalqaro yoki davlat ichki shartnomasining 
konstitutsiyaga (davlatning asosiy qonuniga) zidligi. Aynan bir xil ma‘noda 
―konstitutsiyaga xiloflik‖, ―nokonstitutsiyaviylik‖, ―konstitutsiyaga nomuvofiqlik‖ 
atamalari qo‗llaniladi. 
ANTIMILITARIZM
(lot. 
militaris
) — ichki va xalqaro-maydondagi qarama-
qarshiliklarni hal qilish maqsadida qurolli zo‗ravonlikni qo‗llashga qarshi chiquvchi 
ijtimoiy-siyosiy qarashlar va harakatlar majmui. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə