Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

AGRESSIYA AKTI
— 1) ma‘lum bir davlat (davlatlarning koalitsiyalari) qurolli 
kuchlarining boshqa davlat hududiga bostirib kirishi yoki hujum uyushtirishi; 2) bostirib 
kirish yoki hujum qilishning natijasi hisoblangan har qanday harbiy okkupatsiya, uning 
qancha vaqt davom etishidan qat‘iy-nazar, yoki boshqa davlat hududini (hududining bir 
qismini) zo‗ravonlik bilan o‗z hududiga qo‗shib (biriktirib) olish; 3) har qanday boshqa 
davlat hududiga qarshi bir davlatning qurolli kuchlari tomonidan qurol-yarog‗ ishlatish; 
4) har qanday davlatning portlari yoki qirg‗oqlarini boshqa bir davlatning (koalitsion 
davlatlarning) qurolli kuchlari tomonidan blokada qilinishi; 5) davlat (koalitsion 
davlatlar) qurolli kuchlarining bir davlatning quruqlikdagi, dengiz, havo kuchlariga yoki 
dengiz va havo flotlariga uyushtirgan hujumi; 6) har qanday davlatning, uning boshqa 
bir davlat ixtiyoriga topshirgan hududidan ushbu davlat boshqa har qanday davlatga 
qarshi agressiya aktini amalga oshirishiga imkon yaratuvchi harakati; 7) davlat 
tomonidan yoki uning nomidan qurollangan guruhlar va safarbar qo‗shinlar yoki 
yollangan jangchilarni har qanday boshqa bir davlat hududiga jo‗natish. Shun., BMT 
Nizomiga ko‗ra, boshqa aktlar ham arressiya xarakteriga xos bo‗lishini BMT Xavfsizlik 
Kengashi belgilashi mumkin. Xavfsizlik Kengashi tomonidan A.a.ni qayd etish, Kengash 
tomonidan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta‘minlashga yoki tiklashga oid chora-
tadbirlar yuzasidan tavsiyalar yoki qarorlar qabul qilishnishi mumkin. Shun., Agressiya 
aktlari O‗zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatida ham qattiq qoralanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida, mamlakat tashqi siyosati 
davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik
chegaralar dahlsizligi va nizolarni tinch yo‗l bilan hal qilish kabilar mustahkamlab 
qo‗yilgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə