Namangan davlat universiteti


AFRIKA BIRLIGI TASHKILOTI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

AFRIKA BIRLIGI TASHKILOTI
(
ABT
) — Afrika qit‘asidagi 54 davlatni
birlashtiruvchi eng yirik mintaqaviy siyosiy tashkilot. 1963-yil 25-mayda Afrika 
mamlakatlari davlatlari va hukumatlari boshliqlarining Addis-Abeba konferensiyasida 
tashkil etilgan. ABT Afrika davlatlari hamkorligini mustahkamlash, qit‘adagi 
mamlakatlar mustaqilligini himoya qilish kabi maqsadlarni ko‗zlaydi. Afrikadagi har 
qaysi mustaqil va suveren davlat ABTga a‘zo bo‗lishi mumkin. Asosiy organi Davlatlar 
va hukumatlar boshliqlarining assambleyasi, Vazirlar kengashi, Bosh kotibiyat hamda 
Vositachilik, yarashtirish va hakamlar komissiyasidan iborat. Davlatlar va hukumatlar 
boshliqlarining assambleyasi – ABT oliy organi hisoblanadi. ABT ma‘muriy organi – 
Bosh kotibiyat, unga Bosh kotib rahbarlik qiladi. Vositachilik, yarashtirish va hakamlar 
komissiyasining vazifasi – ABT a‘zosi bo‗lgan davlatlar orasidagi hamma nizolarni tinch 
vositalar bilan bartaraf etish. ABT qarorgohi - Addis-Abeba (Efiopiya) shaharda. 
AFRIKA UCHUN IQTISODIY KOMISSIYASI
— BMTning mintaqviy organi. 
1958-yilda tashkil etilgan. Afrikadagi 49 ta davlat uning a‘zosi. Maqsadi mintaqadagi 
mamlakatlar o‗rtasida ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga ko‗maklashishdan 
iborat. 
AGENT
(lot. 
agens
, qaratqich kelishigi – 
agentis
– ish yurituvchi) — 1) biron-bir 
tashkilot yoki kishi topshirig‗iga binoan yoki uning manfaatini ko‗zlab ish yurituvchi 
shaxs, vakil; muassasa, tashkilot va h.k.ning topshirig‗ini bajaruvchi vakili; 2) biron-bir 
davlat razvedkasining maxfiy xodimi, josus. 
AGIOKRATIYA
(yun. 
hagios
– tabarruk, ilohiy) — muqaddas narsalar, ilohiy 
kuchlar hokimiyati deb talqin etadi P.I.Novgorodsev (1866-1924). Uning fikricha
demokratiya o‗zi yomon hamda qarama-qarshi bo‗lgan pornokratiya tomon borish kerak 
emas. Chunki bunday solishtirish noto‗g‗ri hisoblanadi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə