Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

AGRAR ISLOHOTLAR
, qishloq xo‗jaligidagi islohotlar — davlatning yerga 
mulkchilik munosabatlari va yerda xo‗jalik yuritish usullarini o‗zgartirishga karatilgan 
chora-tadbirlari majmui. Dastlab A.i. konsepsiyasi maqsad va vazifalari, yo‗nalishi, uni 
o‗tkazish bosqichlari aniqpab olinadi. Shunga asoslanib A.i.ni o‗tkazishning aniq chora-



tadbirlari belgilanadi va ularni davlat amalga oshiradi. Tarixda A.i.ning uch turini ko‗rish 
mumkin. 
Birinchisi
– an‘anaviy (natural, biqiq, qoloq) iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o‗tishni ko‗zlovchi A.i. Ular jumlasiga XIX-XX a.larda Yevropa, Osiyo, 
Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi A.i.ni kiritish mumkin. 
Ikkinchisi
– bozor 
xo‗jaligidan totalitar-rejali tuzumga o‗tishni ko‗zlagan va proletariat diktaturasi 
yordamida amalga oshirilgan A.i. 
Uchinchisi
– XX-asrning 90-yillar boshidan sobiq 
sotsialistik mamlakatlarda rejali iqtisodiyotdan qayta bozor munosabatlariga o‗tishga 
qaratilgan A.i. Birinchi toifadagi islohotlar qishloq xo‗jaligida tovar ishlab chiqarishni 
o‗stirib, uni bozor iziga solishni mo‗ljallaydi. Zamindorlar mulki bo‗lgan yer uni 
ekadiganlarga – dehqonlarga haq to‗lash sharti bilan yoki bepul beriladi, yerga 
dehqonlarning xususiy mulki o‗rnatiladi. Dehqonlar tabaqalashib, ularning bir qismi 
boylarga aylansa, boshqa qismi yollanma ishchilarga aylanadi. A.i. qishloq xo‗jaligida 
mexanizatsiyani qo‗llab, bu sohadan ish kuchini siqib chiqarishga olib keladi. A.i. 
fermerlar sinfini shakllantirib, ularning mavqeini mustahkamlaydi. Ikkinchi toifadagi A.i. 
sobiq SSSR, Mongoliya, Sharqiy Yevropa davlatlarida va b. mamlakatlarda amalga 
oshirilgan. Bunday islohotlar natijasida yer to‗la-to‗kis yoki qisman xususiy mulkdorlar 
tasarrufidan chiqarilib, davlat mulkiga aylantiriladi, mustaqil dehqon xo‗jaligi o‗rniga 
davlat rejasiga binoan ishlovchi davlat xo‗jaligi va jamoa xo‗jaliklari barpo etiladi, ularni 
hukumat to‗la nazorat qiladi. Bu islohotlar qishloqdagi erkin bozor munosabatlarini 
yo‗qotadi, qishloq xo‗jaligida stimullar so‗na borganidan u inqirozga yuz o‗giradi, oziq-
ovqat taqchilligi doimiy tus oladi. Uchinchi turdagi A.i. davlatlashtirilgan qishloq 
xo‗jaligi egaligi qisman yoki to‗la-to‗kis bekor qilinadi, yerni ijaraga ishlatishga ruxsat 
beriladi, davlat va jamoa xo‗jaligining mulki dehqonlar o‗rtasida bepul, qismai bepul, 
yoxud haqini to‗lash sharti bilan taqsimlanadi. Dehqon (fermer) xo‗jaligi asosiy xo‗jalik 
turiga aylantiriladi, bu xo‗jalik bozor talabiga qarab va o‗z manfaatini ko‗zlab ish 
yuritadi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə