Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

AGREGATSIYA
(lot. 
aggregates
– qo‗shilgan, to‗plangan) —
 
siyosiy tizim 
funksiyasi. U xilma-xil talablar va manfaatlarni umumlashtirish, umumiy talablarni 
ishlab chiqish va ularni dolzarbligi, muhimligi nuqtai nazaridan pog‗onalashtirish bilan 
bog‗liq. Demokratik siyosiy tizimlarda bu vazifani manfaat guruhlar, jum., siyosiy 
partiyalar bajaradi. Nodavlat va jamoat tashkilotlari ayrim manfaatlarni agregatsiya 
qilish, ya‘ni turli munozaralar va muhokamalar vositasida asosiy va muhim manfaatlar 
uyg‗unlashtiriladi hamda ular o‗rtasida muayyan munosabatlar tizimini shakllantiradi. 
AGREMAN
(fr. 
agrement
– rozilik) — xalqaro huquqda bir davlat hukumatining 
boshqa davlat doimiy diplomatik vakilini o‗z mamlakatida qabul qilish to‗g‗risidagi 
roziligi. A. ikkala mamlakat tashqi ishlar idoralari tomonidan yozma ravishda talab qilib 
olinadi va beriladi. 
AGRESSIYA
(lot. 
agressio
– hujum qilish), tajovuz — 1) bir davlat (davlatlar 
guruhi) tomonidan boshqa davlatning yoki xalqning (millatning) suvereniteti, hududiy 
daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi BMT Ustavi nuqtai nazaridan 
g‗ayriqonuniy bo‗lgan har qanday kuch ishlatish. A. harbiy, iqtisodiy, psihologik, 
g‗oyaviy va h.k. bo‗lishi mumkin. A.ni aniqlash BMT Bosh Assambleyasining 1974-yil 
14 dekabrdagi rezolyusiyasida qabul qilingan. A.ga uchragan davlat individual yoki 
jamoa tarzda o‗z-o‗zini himoya qilish huquqiga ega (BMT Nizomining 51-moddasi). 


10 
Bunday holda davlatning harakatlari, agar u A.ni boshlovchi bo‗lsa ham, oqlanadi. 
Hududni bosib olish yoki A. tufayli erishilgan boshqa ijobiy harakatlar ham qonunga zid 
hisoblanadi. A. ishlatilgan hollarda BMTning Xavfsizlik Kengashi ba‘zi harbiy 
operatsiyalarni o‗tkazish orqali harbiy choralarni ham qo‗llashi mumkin (BMT qurolli 
kuchlari shun.,, BMTga a‘zo davlatlarning qurolli kuchlarini ishlatish). A.ning eng xavfli 
ko‗rinishi qurolli kuch ishlatishdir; bir davlatning boshqa davlatga qurolli hujumi tinchlik 
va xalqlar xavfsizligiga qarshi og‗ir xalqaro jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh 
Assambleyasining 
29-sessiyasida 
(1974) 
«Agressiyani belgilash to‗g‗risida»gi 
rezolyusiya yakdillik bilan ma‘qullagan. Unga ko‗ra «Biror davlatning boshqa davlatning 
suvereniteti. Hududining daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi qurolli kuch 
ishlatishi agressiyadir» deyilgan. BMT Nizomining 5-moddasiga muvofiq, agressiv urush 
eng og‗ir xalqaro jinoyat hisoblanib, reparatsiyalar va restitutsiyalar shaklidagi xalqaro 
huquqiy va moddiy javobgarlikka olib keladi. Amalga oshirilish uslubiga ko‗ra A. 
bevosita va bilvosita bo‗lishi mumkin. 2) kishilarning jamiyatda bahamjihat yashash 
me‘yorlari va qoidalariga zid bo‗lgan maqsadli destruktiv hatti-harakat, hujum qiluvchi 
(jonli va jonsiz) obyektlarga zarar yetkazuvchi, odamlarga jismoniy zarar keltiruvchi 
yoki ularda salbiy holatlarni uyg‗otuvchi taranglik, qo‗rquv, ezilganlik yoki xo‗rlanganlik 
holati va b.lar.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə