Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə455/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

SHOVINIZM
(fr. 
saiu1shte
) — Napoleon I bosqinchilik siyosatining muxlisi 
fransuz askari N.Shoven 
(Chauvion)
nomidan olingan. Millatchilikning o‗ta agressiv 
shakli. O‗zga millatlarni kamsitish, tahqirlash, o‗z millatini boshqa millatdan ustun 
qo‗yish, milliy kalondimog‗lik, milliy xudbinlik illatlarini o‗zida mujassam etadi. 
Shovinistlar g‗oyaviy-nazariy jihatdan milliy manfaat va ustuvorlikka xizmat qilib, o‗z 
g‗oyalarini tazyiq va zo‗ravonlik orqali amalga oshiradi. ―Sh.‖ termini XIX asrning 30-
yillari Fransiyada paydo bo‗ldi. Keyinchalik bu so‗z milliy ekstremizmning turli 
ko‗rinishlarini ifodalashda qo‗llanila boshladi. Sh. biror boshqa millatning tarixiy 
taraqqiyot yutuqlari, insoniyat sivilizasiyasiga qo‗shgan hissasi, jahon tarixidagi o‗rni, 
milliy, ma‘naviy va madaniy qadriyatlarini poymol qilishga harakat qilib, ayrim jihatlari 
bilan nasizm va fashizmga ham o‗xshab ketadi. Sh. ko‗p millatli davlatda ko‗pincha bir 
millatning ustuvorligiga, cheksiz imtiyozlarga ega bo‗lishiga olib keladi. Ba‘zan esa 
muayyan davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini milliy manfaatlar niqobi 
ostida namoyon etib, o‗zga davlatga tazyiq o‗tkazishi ham mumkin. Bu hol buyuk 
davlatchilik Sh.i sifatida ta‘riflanadi. Sh. XX asrda dunyoning turli davlatlari va 
mintaqalarida o‗zining mudhish maqsadlarini amalga oshirdi. Ushbu mafkuraning 
belgilovchi tamoyili - barcha buyuk davlatlar uchun umumiy bo‗lgan quyidagi 
jihatlardir: o‗z millatining mutlaqligi va ustunligini e‘tirof etish; ―kichik‖ xalqlarning 
yutuqlari va manfaatlarini mensimaslik; o‗zining mustamlakachilik intilishlarini yanada 
yuksak madaniyatga oshno qilish borasidagi ―oliyjanob‖ maqsadlar bilan oqlash; ishg‗ol 
qilingan xalqlarga nisbatan ―qamchi‖ va ―shirin kulcha‖ siyosatidan foydalanish, ongni 
sezdirmay boshqarish va h.k.lardan foydalanilmoqda. Sh. Muayyan millatning mislsizligi 
va beqiyosligini targ‗ib qilishda namoyon bo‗ladi. Sh.ning mohiyati bir etnos 
manfaatlarini boshqa xalqlar manfaatlaridan ustun qo‗yishda , boshqa millatlarga 
nisbatan past nazar bilan qarash va nafratni targ‗ib qilishda ko‗rinadi. Sh. Atamasi asosan 
millatchi ekstremistlarga nisbatan qo‗llanadi. Mustamlakachilik yurishlari paytida sh. 
ko‗pgina G‗arb davlatlarining rasmiy mafkurasiga aylangan.
SHTAT
(nem. 
staat
-davlat, ing. 
state
-hudud, davlat) — AQSH, Kanada, Hindiston, 
Lotin Amerikasining ayrim davlatlarida ma'lum hududiy birlik. Sh.da o‗zini o‗zi idora 
qilish huquqi qisman taqdim etilgan bo‗ladi. 


353 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə