Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə453/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

“SHIMOL-JANUB” TALQINI
— industrial jihatdan rivojlangan mamlakatlar 
bilan sanoati asta-sekinlik bilan rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan qo‗llanuvchi 
termindir. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik bo‗yicha Parijda bo‗lib o‗tgan konferensiyada 
norasmiy ravishda ―Shimol-Janub dialogi‖ termini ishlatilgan. Ushbu konferensiyada 
Yevropaning industrial rivojlangan mamlakatlari bilan Osiyo va Afrikaning hamda Lotin 
Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlari ishtirok etgan. Hozirgi kunga kelib bunday 
termin o‗z ahamiyatini yo‗qotib bormoqda. 
SHIOR
— g‗oya, maqsad, talabni, vazifani, prinsipni qisqa ko‗rinishda ifodalovchi 
chaqiriq. Sh. siyosiy agitatsiya va propagandaning ko‗rinishlaridan biridir. 
SHO„RO
(arab. maslahat, kengash) — 1) Qur‘onning 42-surasi nomi. 53 oyatdan 
iborat. Makkada nozil bo‗lgan. Bu surada musulmonlar dunyoviy va diniy ishlarni o‗zaro 
maslahat va kengash asosida amalga oshirishlari maqsadga sazovor ekanligi aytilgan. 
1917-yilda Turkiston taraqqiyparvarlari (jadidlari) va ulamolari tuzgan tashkilotlar 
nomida ham Sh. so‗zi uchraydi: ―Sho‗roi islomiya‖, ―Sho‗roi ulamo‖. 2) Sovet 
hokimiyati (sovetlar) ning XX asr 20–40-yillargacha o‗zbek va boshqalar turkiy tillarda 
ishlatilgan nomi. Keyinchalik Afg‗oniston va boshqalar Sharq mamlakatlari xalqlari ham 
sovet hokimiyatiga nisbatan bu so‗zni qo‗llagan. 1990-yillar oxirida o‗zbek tilida yana 
qo‗llanila boshladi.
“SHO„ROI ISLOMIYA”
(―Islom kengashi‖) — Turkiston taraqqiyparvar 
ziyolilarining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti (jamiyati). 1917-yil 14-martda Toshkentda 
tuzilgan va 1918-yil bahorigacha faoliyat olib borgan. Tashkilot faoliyatida 
Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‗ja Behbudiy, Mustafo Cho‗qay, Ahmad 
Zakiy Validiy, Islom Sulton Shoahmedov, Toshpo‗lat Norbo‗tabekov kabi 
ma'rifatparvarlar faol qatnashgan. Tashkilot tashabbusi bilan Butun Turkiston 
musulmonlarining 1qurultoyi o‗tkazildi (1917-yil aprel). Qurultoyda qabul qilingan 
tashkilot dasturida o‗lka musulmonlari orasida islohotlar o‗tkazish g‗oyalarini tarqatish
mintaqadagi barcha musulmonlarni yagona fikr va maslak asosida birlashtirib, 
Turkistonga muxtoriyat maqomini berish uchun kurash vazifasi qo‗yilgan. Tashkilot 
―Sho‗roi islom‖ nomli gazazeta ham chiqargan. Oktabr to‗ntarishidan tashkilot faoliyati 
taqib ostiga olinadi va uning a‘zolari birin-ketin yo‗q qilinadi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə