347
G„
G„ALAYON
— norozilik bildirib ko‗tarilgan isyon.
G„AZOVOT
— din uchun kurash. Islom dinida
diniy ekstremistik oqimlar
tomonidan asosiy maqsad qilib olingan g‗ayridinlarga qarshi muqaddaslashtirilgan urush.
G„OYA
— inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va olamlarni maqsad sari
yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy o‗zgartirish maksadlari, ularga erishish
yo‗llari va vositalari mujassam bo‗ladi. Forobiy ―fozil jamiyat‖, Navoiy ―adolatli
jamiyat‖ G‗.larini ilgari surganlar. XVII-XVIII asrlarda G‗. tushunchasi bilish nazariyasi
bilan bog‗lab izohlangan. Shu asosda G‗.larning kelib chiqishi, bilishning turli darajalari.
shakllari bilan aloqasi, umuman bilish jarayonida tutgan o‗rni masalalari tahlil qilingan.
Yangi davrda Kant G‗.larni aql tushunchalari sifatida asoslashga harakat qilgan. Fixte
fikricha, G‗. ―men‖ning maqsadidan iborat. Gegel falsafasida G‗.
taraqqiyot jarayonini
o‗zida to‗la gavdalantiradigan mohiyat sifatida talqin etilgan.