Namangan davlat universiteti



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə452/462
tarix13.04.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#105358
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   462
LUG\'AT ATAMALAR

SHAXSGA SIG„INISH
— bir kishi rolini oshirib ko‗rsatish orqali, unga g‗ayri 
tabiiy fazilatlarning berilishi va tarixiy jarayon rivojlanishiga o‗sha shaxs ta‘sirini 
belgilovchi deb hisoblash.Mas., Stalin shaxsini ulug‗lash va unga sig‗inish. 
SHIALIK
(arab. guruh, tarafdorlar) — islomdagi ikki asosiy yo‗nalishdan biri. 
O‗zining tarqalishi va tarafdorlarining miqdori jihatidan sunniylikdan keyingi o‗rinda 
turadi. Jahondagi barcha musulmonlarning taxm. 7% Sh.ka mansub (2004). Sh. VII asr 


350 
o‗rtalarida islom jamoasi ichida oliy hokimiyat masalasida paydo bo‗lgan ixtilof 
natijasida vujudga kelgan. Shia so‗zining to‗liq shakli ―shi‘at Ali‖ (―Ali partiyasi‖) 
bo‗lib, bu nom Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. 
VII asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil yo‗nalishga 
aylangan. Sh. avval faqat siyosiy harakat sifatida shakllangan bo‗lsada, keyinchalik 
aqidaviy va fiqhiy masalalarda turli o‗ziga xos jihatlar paydo bo‗ldi. Buning natijasida 
Sh. ham mustaqil oqim sifatida faoliyat ko‗rsata boshladi. Sh.da musulmonlar jamoasi 
yoki davlatida faqat Muhammad (s.a.v.) avlodi (Ali va Fotimadan tarqalgan avlodlari) 
hukmron bo‗lish huquqiga ega deb hisoblanadi. Ularning ta‘limotiga ko‗ra, rahbar jamoa 
tomonidan saylanmay, rahbarlik meros sifatida o‗tadi. Imomlik payg‗ambarlik kabi 
ilohiy mansab hisoblanadi. 
SHIKOYAT
— buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni 
himoya qilish to‗g‗risidagi talab bayon etilgan murojaat. 
SHIMOLIY ATLANTIKA SHARTNOMASI TASHKILOTI, NATO
(
North 
Atlantic Treaty Organisation - NATO
) — xalqaro davlatlararo harbiy-siyosiy tashkilot. 
1949-yil 4-aprelda Vashingtonda 12 davlat: AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, 
Niderlandiya, Lyuksemburg, Kanada, Italiya, Portugaliya, Norvegiya, Daniya, Islandiya 
vakillari tomonidan Shimoliy Atlantika shartnomasi imzolangan. Tashkilotga 1952-yil 
Gretsiya va Turkiya; 1955-yil GFR, 1982-yil Ispaniya, 1999-yil Vengriya, Polsha va 
Chexiya, 2004-yil Latviya, Litva, Estoniya, Slovakiya, Sloveniya, Bolgariya va 
Ruminiya qabul qilindi; 1966-yil Fransiya NATOning harbiy tuzilmalaridan chiqqan. 
Shartnoma dastlab Sovet Ittifoqi tomonidan agressiya xavfiga qarshi birgalikda 
himoyalanish va jamoaviy xavfsizlikni nazarda tutgan. Bu ikkinchi jahon urushidan 
keyin AQSh tomonidan tuzilgan birinchi uyushma bo‗lib, u G‗arb mamlakatlarining 
ittifoqini anglatardi. Bunday shartnoma tuzilishiga ―sovuq urush‖ning tobora keng tus 
olgani sabab bo‗lgan. Shartnoma BMT Ustavining 51-moddasiga muvofiq ishlab 
chiqilgan bo‗lib, bu moddada mustaqil davlatlar yakka tartibda yoki jamoa bo‗lib o‗z 
mudofaasini tashkil etish huquqiga egaligi ko‗rsatilgan. Shartnoma NATOga kiruvchi 
mamlakatlarga G‗arbiy Yevropa va Shimoliy Atlantikani himoya qilish vazifasini 
yuklagan. Shimoliy Atlantika Kengashi NATO ning oliy siyosiy organi hisoblanadi. U 
ittifoqqa a'zo mamlakatlar hukumatlari o‗rtasida maslahatlashib olinadigan va ishlarni 
muvofiqlashtiruvchi asosiy forumdir. Harbiy masalalar Mudofaani rejalashtirish komiteti 
(MRK) majlislarida muhokama qilinadi. ―Sovuq urush‖ tugagandan so‗ng NATOni 
dunyoda yuzaga kelgan yangi vaziyatga moslashtirish boshlandi. 1991-yil Shimoliy 
Atlantika hamkorlik kengashi tuzildi. U Yevroatlantika hamkorlik kengashi (YEAHK)ga 
aylantirildi (1997). 1994-yildan NATOning ―Tinchlik yo‗lida hamkorlik‖ (TYH) dasturi 
amalga oshirila boshlandi. Bu dastur Yevroatlantika hududi xavfsizligining asosiy 
tarkibiy qismiga aylandi va NATOda markaziy o‗rinni egallab kelmoqda. YEAHKga 46 
mamlakat a‘zo (2004). O‗zbekiston 1992-yil 10-martda Shimoliy Atlantika hamkorligi 
kengashiga a'zo bo‗lib kirdi. ―Tinchlik yo‗lida hamkorlik‖ dasturiga qo‗shilish 
to‗grisidagi hujjatning O‗zbekiston tomonidan imzolanishi (1994) respublikaning xalqaro 
tuzilmalarga integrasiyalashuvi jarayonida yangi bosqichni boshlab berdi. 1995-yil 16-
avgustda O‗zbekiston NATO bilan xavfsizlik to‗g‗risidagi bitimni imzoladi. 


351 
O‗zbekistonning NATO bilan o‗zaro aloqalari har yili ikkala tomondan tasdiqlanadigan 
individual hamkorlik dasturi orqali amalga oshiriladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə