Ta’lim jarayonini boshqarish



Yüklə 21,04 Kb.
tarix05.10.2023
ölçüsü21,04 Kb.
#125411
TA’LIM JARAYONINI BOSHQARISH.

TA’LIM JARAYONINI BOSHQARISH.




Reja:



  1. Bola psixik taraqqayotida muhit ta’lim va tarbiyaning yetakchilik roli.

  2. Bola psixik taraqqayotiningyuzaga keltiruvchi omillari.

  3. Yoshlar shaxsining rivojlanishida jamiyatning roli.

  4. Bola psixik taraqqiyotining notekisligi va uning sabablari.

Tayanch iboralar: psixik taraqqiyot va ta’limning o’zaro bog’liqligi, inson shaxsining tarkib topishida biogenetik va sosiogenetik konsepsiyalar, rivojlanish, o’sish, taraqqiyot.


Bolalarning psixik jihatdan o’sishi masalasi bolalar psixologiyasining markaziy muammolaridir. Bu muammoni to’g’ri hal etish bolalr psixologiyasining fan sifatida yanada taraqqiy etishi uchun ham o’sayotgan avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Bolalarning psixik jihatdan o’sishi muammosi falsafa uchun ham ahamiyatlidir.
Bola tug’mlgan kunidan boshlaboq ijtimoiy muhitda, ya’ni odamlar
qurshovida yashay boshlaydi. Ijtimoiy muhit deganda oila muhitini tushunamiz. Lekin muhit tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi.
Keng ma’nodagi va tor ma’nodagi muhitlarga ajratiladi.
Keng ma’nodagi «muhit» deganda biz, odamning yurti, mamlakati, vatani, mahallasi bilan bog’liq bo’lgan hayot sharoitini tushunamiz.
Tor ma’nodagi «muhit»da esa asosan odamning oilaviy turmush ashroiti va oila tevarak atrofdagi ijtimoiy hayot tushuniladi.
Bola o’z tabiatiga ko’ra juda ham taqlidchan bo’ladi. M: katta odamlarning ishlariga taqlid qilib har xil qiliqlar qilishi va h.k. Taqlidchanlik bola psixik taraqqiyotini belgilovchi omillardan biridir. Bola kattalarga taqlid qilish orqali har xil insoniy munosabatlar va fazilatlarni o’ziga sekin – sata singdirib boradi. Tashqi muhitning, ya’ni bola oila muhitining bola psixikasiga ta’siri nutq (til) taraqqiyotida juda yaqqol ko’rnadi. Nutq bolada tug’ma ravishta ya’ni tayyor holda nasliy yo’l bilan berilmaydi. Bola tug’ilishidan boshlab, qaysi nutq muhitida yashasa, ana shu nutqda gapiradigan bo’ladi.
Masalan, fransuz bolasi o’zbek oilasida o’ssa, o’zbek tilida, o’zbek bolasi fransuz oilasida o’ssa, fransuz tilida gapiradgan bo’ladi.
G’arb olimlari bolalarga nasliy hususiyatlar qatorida ijtimoiy muhitning ham ta’siri haqida gapirar ekanlar, ular ijtimoiy muhitning «mukammalligini» va «o’zgarmasligini» yoqlashga intiladi.
Chunki G’arb olimlari ijtimoiy muhit deganda burjua tuzumini «mukammalligi» va o’zgarmasligini tushunadilar.
Bu juda katta xatoga yo’l qoyishdir. Chunki, absalyut mukammal va o’zgarmaydigan iuhit bo’lmaydi.
Bola psixikasining rivojlanishida asosan o’sish va taraqqiyetish so’zlaridan foydalaniladi.
O’sish deganda miqdoriy jihatdan ortish, ulg’ayish tushuniladi.
Taraqqiyot deganda esa, faqat miqdoriy jihatdan emas, balki sifat jihatdan ham o’zgarish tushuniladi.
Shuning uchun oddiy o’sish prosessiga qaraganda taraqqiyot prosessi ancha murakkab prosessdir.
Odamning shu jumladan, bolaning barcha psixik prosesslari va shaxsiy prosesslari va shaxsiy sifatlari krnkret ijtimoiy sharoitning ta’siri tufayli individual hayot davomida yuzaga keladi. Bunda eng muhim faktor oiladir. Oila hayotining umumiy tarzi bola psixikasining taraqqiy etishiga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Bola o’z tabiatiga ko’ra juda ham taqlidchan bo’ladi. Taqlidchanlik bolalarga xos hususiyat bo’ladi.
Bolaning psixik taraqqiyoti ham qarama-qarshiliklar asosida yuz beradi. Bu o’rnda qanday qarama-qarshiliklar bolaning psixiq jihatdan taraqqiy etishga sabab bo’ladi degan savol tug’iladi. Bolaning psixik taraqqiyotini yuzaga keltiruvchi qarama-qarshiliklar asosan quyidagilardan iborat. Bolaning shu choqqacha erishgan darajasi imkoniyatlari bilan yangi ehtiyojlar o’rtasida tug’iladigan qarama – qarshilik, soddaroq qilib aytganda, bolaning ehtiyojlari tez ortib boradi. Lekin bu ehtiyojlarni qrndirish imkoniyatlari juda keskin yuzaga keladi. Natijada bolaning xilma – xil ehtiyojlari tez ortib boradi, lekin bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari juda sekin yuzaga keladi. Natijada bolaning xilma-xil ehtiyojlari bilan imkoniyatlari o’rtasida jiddiy ziddiyat yuzaga keladi. Bola ana shu ziddiyatni, ana shu qarama-qarshilikni hal etish jarayonida psixik jihatdan taraqqiy etadi. M: bog’cha yoshidagi bolalarning tili endi chiqayotgani bo’ladi. Ular so’zlarni to’g’ri talaffuz eta olmaydi. Shu sababli bu yoshdagi bolalarning tilini hamma ham bemalol tushuna olmaydi. Lekin bolaning mustaqil yura olishi, o’zgalarning nutqiga tushunishi, unda brshqalar bilan faolroq munosabatda bo’lishi ehtiyojini sezadi. Biroq bolaning hozirgi taraqqiyot darajasi imkoniyatlari ya’ni o’z zonisining nihoyatda ozligi, talaffuzda qiynalishi, atrofdaglar bilan faolroq munosabatda bo’lish ehtiyojini qonira olmaydi.
Bolaning eski xulq-atvor formalari bilan yangi hatti-harakatlari, yangi tashabbuslari o’rtasidagi qarama-qarshilik, M: bolaning kichiklik davridagi asosiy faoliyati kattalarga taqlid qilishdan iborat bo’ladi. Taqlidiy harakatlarda mustaqillik, tashabbuskorlik diyarli bo’lmaydi. Bola o’sib ulg’aygan sari o’z shaxsiy tajribasi, mustaqilligi tashabbusi ortib boradi. Bola mustaqil harakat ya’ni har narsani o’zi bilishicha qilishga intila boshlaydi. Bunda bolaning ko’pdan beri o’rganib qolgan taqlidiy harakatlari bilan mustaqil va tashabbuskorona harakatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Bu qarama-qarshilikni hal qilish prosessida, ya’ni odadalanib qolgan taqlidiy harakatlarini yengib mustaqil harakat formalariga o’tish prosessida bola psixik jihatdan taraqqiy etadi.
Bolaning psixik taraqqiyotida ta’lim va tarbiya juda katta ahamiyatga ega bo’lgan faktorlardan dir. O’zi-o’zidan ravshanki bolalarning psixik taraqqiyotiga birinchi novbatda tashqi muhit ta’sir etsa, ikkinchi novbatda bolaga uzoq muddat tavomida sistemali ravishda beriladigan ta’lim va tarbiya kuchli ta’sir etadi. Hozirgi vaqtda oiladagi tarbiya ishlari bilan birga qo’shib olib borilmoqda, boshqacha qilib aytganda, bolaga juda yoshlik chog’idan boshlab qatiy programma asosida ijtimoiy ta’lim-tarbiya berila boshlanadi.
Bola go’dagligidan yaslida undan so’ng bog’chada va nihoyat maktabda sistemali suratda ta’lim va tarbiya oladi. Bundan uzoq muddatdagi maxsus ijtimoiy ta’lim va tarbiya bolaning psixik taraqqiyotiga ta’sir etmay qolmaydi. Shuning uchun bolaning psihik taraqqiyoti ko’p jihatda ta’lim-tarbiyaning ta’siriga bog’liqdir. Bolaning psixikasi ko’pincha rivojlanishida ota-onasining ham roli katta. Har bir bola yashab o’sgan muhitiga moslashadi. Oiladagilar qanday bo’lsa, shunday bo’lishga intiladi.
Bolaning psixik taraqqiyoti bilan ijtimoiy ta’lim-tarbiya o’rtasidagi munosabat masalasi bolalar psixologiyasi uchun juda muhim masala bo’lib hisoblanadi. Bu masalani hal qilishda turlicha qarashlar mavjud. Psixik taraqqiyotning zonasiga muayyan davrda bolaning katta yoshdagi kishilarning yordamisiz mustaqil harakat qila olishi bilan ifodalanadi. Psixik taraqqiyotning real zonasi – o’zlashtirilgan bilimlar, ko’nikma va malakalar mustaqil foydalanish bosqichidir. Psixik taraqqiyotning real zonasiga bolaning o’smirlik va o’spirinlik davrlari to’g’ri keladi.
Bu davrda bolalarning ta’lim prosessiga bo’lgan munosabatlari tubdan o’zgarib, ular turli narsalarga nisbatan tanlab munosabatda bo’la boshlaydi. O’smir bolalarda qiziqish va duunyoqarash kabi shaxsning murakkab sifatlari tarkib topa boshlashi tufayli turli sohalarga doir bilimlarni mustaqil o’zlashtirishga urinish yuzaga keladi. Ta’lim – tarbiya psixik taraqqiyotdan bir qadam oldinda borib, psixik taraqqiyotga zamin tayyorlar ekan, to’g’ri yo’lga qoyilgan ta’lim – tarbiya prosessi hamma vaqt o’quvchilarni mustaqil tafakkur qilishga tabiat hamda jamiyatdagi narsa va hodisalarga doir mulhaza yuritishga chorlaydi.
Bola psixik taraqqiyotidagi notekisliklar deganda biz asosan yoshligida to’g’ri tarbiyalanmagan bolalarni tushunamiz. M: oilada ota-ona ko’p urushsa, bir biriga haqorat so’zlarni ko’p ishlatsa, bu narsalarning barchasi bola psixikasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va bola psixik taraqqiyotining buzilishiga sabab bo’ladi. Undan tashqari yana maktab muhitidagi salbiy jarayonlar ham yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun o’qituvchilar ham har bir o’quvchining psixik hususiyatiga qarab munosabatda bo’lishi kerak. Shundagina biz davlatimizga har tomonlama rivojlangan, psixik taraqqiyoti yuksak darajadagi yoshlarni tarbiyalab, yetkazib berishimiz mumkin.
Bo’lajak o’qituvchilar mana shu narsalarga e’tibor berishi muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, o’qituvchi ijtimoiy hayotda o’ziga yuklangan turli vazifa va reallarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yosh psixologiyasi ma’lumotlarini qo’llash shart. Psixik rivojlanish va ta’limning qoida va qonuniyatlari, vazifalari mana shulardan iborat hisoblanadi deb oylayman.
Hozirgi maktab va ta’lim tizimi qayta qurilayotgan bir vaqtda tarbiya psixologiyasi muhim amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Tarbiya psixologiyasi o’quvchini o’zgaruvchi, kamol topuvchi shaxs sifatida o’rganadi. O’quvchi shaxsini bu tarzda o’rganish o’qituvchining unga individual munosabati orqali amalga oshiriladi.
O’quvchiga individual munosabat sinf jamoasidagi har bir o’quvchining qiziqishini, qobiliyatini, xarakter sifatlarini, bilimga irtilishi va tushuncha doirasini hisobga olish demakdir. Indvidual munosabat har bir o’quvchidagi ijobiy va salbiy hususiyatlarni o’z vaqtida bilishga imkon beradi. Busiz tarbiya jarayonida ko’zdatutilgan natijaga erishib bo’lmaydi. Chunki bir sinf o’quvchilari individual sifatlari jihatidan bir qancha toifadan iborat bo’ladilar – bilimlilar, o’rta bilimlilar, bilimsizlar, intizomlilar, o’rtalar, intizomsizlar va h.k. Psixologiya fani sinf jamoasidagi o’quvchilarga bir tomonlama – yaxshi o’quvchiga alohida, bo’sh o’quvchiga past nazar bilan qarash metodini qat’iyan rad etadi.
Tajribali o’qituvchi g’oyat darajada hayajonli, serharakat o’quvchilarni tinchlantiradi, uyatchan, tortinchoqlarni ma’qullaydi, faol iste’dodli o’quvchilarga ortiqcha ish beradi, dangasalar, qobiliyatsizlarga maxsus yordam ko’rsatadi. Natijada sinfda normal umumiy psixologik iqlimni ta’minlaydi.
O’quvchi shaxsiga individual munosabatning muvaffaqiyati quyidagi shartlarni taqozo etadi.
A o’qituvchining odilligi va haqqoniyligi;
B har bir o’quvchining yaxshi hislatlarini to’g’ri shakllantirishga alohida e’tibor berish;
c) o’quvchilarga nisbatan ta’lim va tarbiya iyetodlarini meyorida qo’llash;
D har bir o’quvchining kelajagiga ishonch bilan qarash;
e) ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchi shaxsida rivojlanib boruvi g’oyaviy maslak, aqliy o’sish, axloqiy rivoj, emosional – irodaviy sifatlarni hisobga olish.
Boshqarishning uzluksizligiga ham jiddiy e’tibor berish kerak. Ta’lim tizimi
uzluksiz bajaradigan vazifasi jihatidan bir-biriga bog’liq umumiy maqsad-komil insonni shakllantirishni amalga oshiradi. Bunda har bir bo’g’in o’z vazifasiga ega.
Demak boshqarishning maqsadi, funksiyasi va tuzilishi uning shakli va mazmunini belgilab berar ekan. Mazmun esa shaklni belgilaydi. O’z navbatida shakl ham mazmunga ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish funksiyasi faoliyatda amalga oshadi. Tizimning mavjudligi uni boshqarish jarayonini amalga oshirilishi bilan xarakterlanadi. Boshqaruvchi kishining faoliyati aniq va maqsadga qaratilgan ma’lum talablardan iboratdir.

Boshqarish vazifasi mohiyatli zaruriy, takrorlanuvchi xarakatlar majmui bo’lib, yagona mazmun va maqsadga qaratilgan. Bunda boshqarish faoliyati birbiriga bog’liq va alohida vazifalarni o’z ichiga oladi bunda boshqarish vazifalari rejalashtirish, tartibga solish, tashkil etish, sozlash, muvofiqlashtirish, nazorat, rag’batlantirish, izlash, faollashtirish, hisob-kitob kabi harakatlar orqali amalga oshiriladi. Boshqarish vazifalarini amalga oshirish uchun ta’lim muassasasida boshqarish tizimini tashkil etiladi. Bu asosan boshqarish sub’ekti direktor oliy o’quv yurtlarida esa rektor o’z navbatida boshqarish bo’g’inlarini tashkil etadi. Shu bo’g’inlar orqali u boshqarish ob’ektiga ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir mavjud ob’ekt rivojlanishini tezlashtirishga xizmat qiladi. Yuqorida aytilganidek, boshqarish sub’ektlar faoliyatining harakatlari majmui bo’lib, har xil vazifalarni ado etish hisoblanadi.


Ta’limda boshqaruvga doir mummolarning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri , jamiyat hamda iqtisodiyotning keskin o’zgarib borishida. Qisqa qilib aytganda zamonaviy sharoitda eskicha boshqaruv tizimi bilan qolib ketish bu eng asosiy va katta muammolardan biri. Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun dastlab boshqarish sohasida malaka oshirish yoki kadrlarni qayta tayyorlashdan o’tkazish kerak.
Xususan bugungi zamon talablariga ko’ra ta’lim muassasasini boshqarish aslida murakkab jarayon hisoblanadi. Muammolarni yechimini quyidaga fikrlar bilan yechish mumkin:
- Boshqaruvning tarkibiy qisimlari, maqsad va vazifalarini tog’ri tanlash;
- Bugungi kunga qadar erishilgan yutuqlarni o’rganib chiqish va tahlil qilish;
- Kelgusida qilinadigan ishlarni rejalashtirish;
- Ta’lim va tarbiya darajasini oshirishning zamonaviy usullarini tashkil qilish;
- Jamiyatimizda tubdan isloh qilingan ta’lim tizimini yaratish;
Avvalo boshqaruv ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak. Insonning har qanday faoliyatining yo’nalishini, xarakterini uning ko’zlagan maqsadi belgilaydi. Maqsad esa huddi qonundek ong ostiga ta’sir qilib, harakatning sifatini va usulini belgilaydi. Demak ko’rinib turibdiki boshqarish ham inson faoliyatining o’ziga xos sohasidir.
Ta’lim muassasalari faoliyatini maqsadli boshqarish yosh avlod tarbiyasida, o’quv-uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda innovatsion texnologiyalarni joriy qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yangi o’sib kelayotgan avlodning ta’lim sohasida tashkil etilgan zamonaviy moddiytexnik bazasidan unumli foydalanishni ta’minlash, oliy va o’rta maxsus ta’limi tizimidagi yo’nalishlar va mutaxassislar bo’yicha davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, o’quv-metodik adabiyotlarni qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish borasida ko’plab ishlar amalga oshirildi.
ADABIYOTLAR:

  1. M. Vohidov «Bolalar psixologiyasi». T. 1972y

  2. E.G’oziyev «Psixologiya» T. 1996y

  3. F.Karimova, Akramova «Psixologiya» T. 2000y

  4. M.Vohidov «Maktabgacha tarbiya psixologiyasi» T. 1974y

  5. M.G.Davlatshin «Yosh psixologiyasi va pedagogika-psixologiyasi».

Yüklə 21,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə