Namangan muhandislik-texnologiya instituti


O`quv fani o`qitilishi bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar



Yüklə 36,97 Kb.
səhifə2/5
tarix23.03.2023
ölçüsü36,97 Kb.
#102955
1   2   3   4   5
Yo\'nalishga kirish-E-ishchi

1. O`quv fani o`qitilishi bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar.
Ushbu fan energetikada yoqilg’i energetika resurslari, yoqilg’i zaxiralari, energiya ishlab chiqarish uchun xizmat qiladigan asosiy va yordamchi uskunalarining tuzulishi, vazifalari va ishlash prinsiplari, muqobil energiya manbalarining turlari va ularni qo’llash qurilmalarini tuzulishi va ishlash prinsiplari, energetikaning xalq xo’jaligida qo’llanilishi va atrof-muhitga ta’siriniga oid masalalarni qamrab oladi.
Jamiyatda mavjud energiya manbalarining turlari va zaxiralari, ulardan foydalanish, issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, issiqlik elektr stansiyalari, gidro va atom elektr stansiyalari, muqobil energiya manbalari va ulardan foydalanish qurilmalarining tuzulishi va ishlash prinsiplarini mohiyatini tushuntirishda talabalarni zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
“Yo’nalishga kirish” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs xisoblanib, 1-kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq. “Yo’nalishga kirish” fani, yo’nalishning asosiy yo’naltiruvchi fani xisoblanib, dasturni amalga oshirish uchun o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy mnatematika, fizika) fanlardan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlikni talab etadi.
Issiqlik energetikasi asosida energiya ishlab chiqarish, uzatish taqsimlash va iste’mol qilish elementlari to’g’risida tushuncha xosil qilish, shu bilan birga ularning tuzilishini tahlil qilish zarurdir. Ushbu fan talabaga yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zaruriy bilimlarni beradi. Mazkur fan issiqlik energetika soxasida asosiy yo’naltiruvchi fan xisoblanib boshqa mutaxassislik fanlari uchun zamin bo’lib xizmat qiladi.
O’quv fanining maqsadi va vazifasi.
Fanni o’qitishdan maqsad- talabalarda energiya manbalarining turlari va zahiralari, ulardan foydalanish, issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan foydalanish, IES, gidro va atom elektr stansiyalari, muqobil energiya manbalari va ulardan foydalanish qurilmalarining tuzulishi va ishlash prinsiplarini to’liq o’rgatish xamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko’nikmasini xosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amalaiy ko’nikmalar, issiqlik energetikasi qurilma va jarayonlariga uslubiy yondashuv xamda ilmiy duno qarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo’yicha talabalarni bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
- jamiyat taraqqiyotida energetikaning ro’li va axamiyati;
- energetikaning rivojlanish bosqichlari;
- elektr stansiyalari;
- energetika-O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
-issiqlik energetikasining asosiy qurilmalari, ularning tuzulishi va ularning ishlash prinsiplari asoslarini;
- turli muqobil energiya manbalari, ulardan foydalanish yo’nalishlari, qurilmalari, ularning ishlash sxemasi, issiqlik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirish asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- IES qurilmalarini tanlash va ishlatish;
- muqobil energiya manbalaridan foydalanishni to’g’ri baxolash;
- issiqlik eenrgetikasi qurilmalari va jixozlarini tanlash xamda ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

Yüklə 36,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə