Namunalash turlari va usullari


rasm. Noantiklinal tutqichlarda izlov quduqlarni joylashtirish sxemasi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə23/25
tarix28.11.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#135310
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.

rasm. Noantiklinal tutqichlarda izlov quduqlarni joylashtirish sxemasi
a – monoklinalda kollektor tugallanganda; b – ko’tarilmalarning yon bag’rida kollektor tugallanganda; v – tiqin usuli bo’yicha; g – “egri-bugri profil” usuli bo’yicha.
Stratigrafik va litologik ekranlangan zonalarda neft va gaz uyumlarini maqsadli izlashni bu zonalarning yo’nalishiga ko’ndalang quduqlarning qisqa profillarini (ikki-uchtadan) burg’ilash yo’li bilan amalga oshirish lozim (rasm). Birinchi izlov qudug’i muayyan regionda shu bosqichda ishga tushirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan, neft va gazning minimal bo’lishi mumkin bo’lgan zaxiralari bilan aniqlanadigan taxmin qilingan ekrandan biroz masofada joylashtiriladi. Ekranga maksimal yaqin zonalarda izlov quduqlarining birida uyum aniqlangandan so’ng maydonda bir vaqtni o’zida ikkita quduqni burg’ilash tavsiya qilinadi: bittasi – mahsuldor gorizont qatlamlarining yotishi bo’yicha, ikkinchisi – mahsuldor gorizontning maksimal rivojlanish zonasini aniqlash uchun uyumni ochgan quduqdan u yoki bu tomonga yo’nalishi bo’yicha. Quduqlarni burg’ilash natijalariga bog’liq holda keyingi quduqlar bilan mahsuldor gorizontni yo’nalishi bo’ylab uyumning kengligi va o’qi aniqlanadi.
Rif tutqichlarida quduqlarni joylashtirish. Rif tutqichlarida izlov quduqlarini joylashtirish sistemasini tanlash rif tananing morfologiyasi, uning yondosh fatsiyalar bilan munosabati hamda kollektor jinslar va haqiqiy qoplamalarning tarqalishi bilan aniqlanadi. Rif tutqichlari burg’ilashga ishonchli tayyorlanganda ularning geologik tuzilishi xususiyatlariga bog’liq holda quyidagicha qidiriladi.
Rejada konussimon, aylana kichik o’lchamli, maydon birligida zaxiralarning juda yuqori zichligi bilan xarakterlanadigan uyumlarda aniqlangan neft va gaz to’plamlarini izlash va birlamchi baholash gumbaz qismida bitta ko’p stvolli quduqni burg’ilash bilan amalga oshiriladi.
Uyumlar o’tkir qirrali cho’ziq-bukilgan (taqasimon) riflarda joylashgan hollarda ularni izlash va birlamchi baholash rif tutqichining o’rkachi bo’ylab joylashtiriladigan ikki-uchta ko’p stvolli quduqlarni burg’ilash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Aylana yoki biroz cho’zilgan shakldagi tik qiyali va yassi cho’qqili (yassi cho’qqili yoki supasimon riflar) hamda xalqasimon atolli rif qurilmalarida izlash va baholash quduqlarini ochilgan konning uglevodorodlar zaxiralarini birlamchi baholashni ta’minlaydigan uchnur sistemasi bo’yicha joylashtirish tavsiya qilinadi.


Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə