Naryad va farmoyish berish tartibini tushintirib bering


Ishboshchi quyidagilarga javob beradi



Yüklə 14,68 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü14,68 Kb.
#164686
1   2   3   4
Naryad va farmoyish berish

Ishboshchi quyidagilarga javob beradi:
— tayyorlangan ish joyi naryad ko‘rsatmasiga mos ekanligiga; — brigada a’zolariga berilgan yo‘riqnomaning aniq va to‘laligiga; — kerakli himoya vositalari, asbob-uskunalar, inventarlar va moslamalarning borligiga, soz va etarliligiga hamda ulardan to‘g‘ri foydalana bilishligiga; — ish joyidagi to‘siqlarni, xavfsizlik texnikasi shiorlari va belgilarni, berkitish uskunalarining butkulligini saqlashga;
— ishni boshidan oxirigacha xavfsiz va ushbu qoidaga asosan bajarilishiga javob beradi.
Ishboshchi brigada a’zolari ustidan doimiy nazorat olib borishi va mast holdagi brigada a’zosini ishdan chetlatishi zarur. Naryad bilan 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunada ishboshchi elektr xavfsizligi bo‘yicha IV gruppaga, 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunada esa III gruppaga ega bo‘lishi shart. Zararli gazlar paydo bo‘lish xavfi bor erosti inshootlarida va kuchlanish ostida bajariladigan ishlarda esa ishboshchi IV ruppaga ega bo‘lishi kerak.
Ushbu Qoidani bandlarda ko‘satilgan hollardan tashqari barcha elektr uskunada farmoyish bilan ish olib borishda ishboshi elektr xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lishi mumkin.
Elektr uskunada mustaqil ishlash huquqiga ega bo‘lmagan brigada ishchilari ustidan nazorat olib borish uchun nazorat qiluvchi shaxs tayinlanishi kerak. Nazorat qiluvchi quyidagilarga javob beradi:
— tayyorlangan ish joyi naryad ko‘rsatmasiga mos ekanligiga; — ish joyiga qo‘yilgan yerga ulagichning, to‘siqlarning, xavfsizlik shiorlari va belgilarining, o‘chirish uzatkichlari qulflarining butkul saqlanishiga; — ish olib borayottan brigada a’zolarining tok o‘rish xavfidan saqlashga;
Ish jarayoni bilan bog‘liq xavfsizlikka javobgar shaxs, shu brigada boshqaruvchisi bo‘lib, bu shaxs brigada tarkibiga kirib, doimo ish joyida bo‘lishi shart. Uning familiyasi naryadning «alohida ko‘rsatmalar» deb qayd etilgan satriga yozib qo‘yilishi kerak.
Nazorat qiluvchi shaxs elektr xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan ishchidan tayinlanishi mumkin.
Har bir brigada a’zosi ushbu Qoida talablarini, ishlashga ijozat berish paytidagi va ish jarayonida olgan yo‘riqnoma hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnoma talablarini bajarishi shart.
Korxona rahbarining yozma ko‘rsatmasi bilan o‘z ishchilariga qo‘yidagi huquqlarni berish rasmiylashtiriladi: naryad, farmoyish beruvchi, ish rahbari, ishboshchi, ishlashga ijozat beruvchi (tezkor-ta’mirlash xodimidan), shuningdek elektr uskunani yakka o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar. Javobgar shaxslar o‘rindoshlik yo‘li bilan 1.-jadvaldagi qo‘shimcha vazifalarning birini bajarishlari mumkin.


Yüklə 14,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə