Naryad va farmoyish berish tartibini tushintirib bering



Yüklə 14,68 Kb.
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü14,68 Kb.
#164686
1   2   3   4
Naryad va farmoyish berish

Javobgarshaxs

O‘rindoshlik yo‘li bilan bajarilishi mumkin bo‘lgan vazifalar

Naryadberuvchi

Ishrahbari Navbatchisiz elektr uskunada ishlashga ijozat beruvchi shaxs

Ishrahbari

Ishboshchi

Tezkor-ta’mirlash xodimdan tayinlangan ish rahbari

Navbatchisiz elektr uskunada ishlashga ijozat beruvchi shaxs

Tezkor ta’mirlash xodimdan tayinlangan ishboshchi

Sodda va oddiy sxemali elektr uskunada ishlashga ijozat beruvchi

Elekr xavfsizligi bo‘yicha IV gruppaga ega bo‘lgan ishboshchi

4.11.18.—bandda ko‘rsatilgan hollarda ishlashga ijozat beruvchi

Tezkor ta’mirlash xodimdan tayinlangan ishlashga ijozat beruvchi

brigadaa’zosi

Javobgar shaxslarning o‘rindoshlik yo‘li bilan bajarishlari mumkin bo‘lgan vazifalari.
Naryad ikki nusxada, telefon yoki radio orqali berilganda esa uch nusxada yoziladi. Telefon yoki radio orqali berilganda naryad beruvchi bir nusxada yozadi. Naryad tekstini qabul qiluvchi shaxs esa, naryadni ikki nusxada telefon yoki radiogramma holida qabul qiladi va qaytarib tekshirgandan so‘ng naryad beruvchi imzosi o‘rniga uning ismi-sharifi, familiyasini yozib naryad matnini to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ishboshchiga, ishlashga ijozat beruvchi vazifasini ham bajarishi tayinlangan hollarda naryad ishboshiga qanday usulda berilishidan qat’iy nazar, ikki nusxada to‘ldiriladi va naryadning bir nusxasi naryad beruvchida qoladi. Mahalliy sharoitga qarab (ya’ni dispetcherlik punkti joylashgan erni hisobga olib) naryadning bir nusxasi ish joyi tayyorlashga ruxsat beruvchi va ishlashga ijozat beruvchi xodimda (dispetcherda) qolishi mumkin.
Bir ish rahbariga beriladigan naryadlar sonini naryad beruvchi belgilaydi. Ishlarni ketma-ket bajarilishi va ishlashga ketma-ket ijozat berish uchun, ishlashga ijozat beruvchiga va ishboshiga (nazorat qiluvchiga) bir yo‘la bir nechta naryad va farmoyishlar berilishi mumkin.
Naryadni ish boshlangan kundan boshlab 15 kalendar kungacha bo‘lgan muddatga berish ruxsat etiladi.
Naryadni 1 marta, uzaytirishga ruxsat berilgan kundan boshlab, 15 kalendar kun muddatgacha uzaytirish mumkin.
Ish jarayonidagi tanaffuslarda naryad o‘z kuchini saqlab qoladi. Naryad muddatini naryad beruvchi yoki ushbu elektr uskunada naryad berish huquqiga ega bo‘lgan xodimgina uzaytirishi mumkin. Naryad muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ruxsatnoma telefon, radio yoki chopar orqali ishlashga ijozat beruvchiga, ish rahbariga yoki ishboshchiga berilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu xodim o‘z imzosi bilan naryad muddatini cho‘zgan xodimning ismi va familiyasini naryadga yozib qo‘yadi. Naryadlar ish butunlay tamom bo‘lgandan so‘ng 30 kun davomida saqlanishi kerak, keyin esa yo‘q qilib yuborilishi mumkin. Farmoyish bir martagina qilinadigan ishga xos bo‘lib, uning ta’sir muddati bajaruvchilar ish kunining uzunligi bilan belgilanadi. Farmoyish ishboshiga va ishlashga ijozat beruvchiga yoki ish joyini tayyorlashga ruxsat etuvchi va ishlashga ijozat beruvchi xodimga beriladi. Mahalliy navbatchisi bo‘lmagan elektr uskunada ishlashga ijozat berishni hojati bo‘lmagan hollarda formoyish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishboshiga berilishi mumkin. Farmoyish bilan olib borishga mo‘ljallangan ish, naryad beruvchi xodim ixtiyoriga qarab, naryad bilan bajarilishi mumkin.
Naryad va farmoyish bilan olib borilgan ishni hisobga olib borish tartibi 6- ilovada keltirilgan.
Brigadadagi ishchilar soni va uning tarkibi, ularning elektr xavfsizligi bo‘yicha gruppasini hisobga olgan holda ish bajarish sharoitiga hamda brigade a’zolari ustidan ish boshining (nazorat qiluvchining) nazorat qila olish imkoniyatiga qarab belgilanadi.
Ish boshi rahbarlik qilayotgan brigada a’zosi II gruppaga ega bo‘lishi kerak. Ish kuchlanish ostida bajariladigan bo‘lsa III gruppa bo‘lishi kerak. Bunda ushbu Qoidaning 4. bandiga asosan havo elektr uzatish tarmog‘ida bajariladigan ishlar mustasnodir. Bunday ishlarni elektr xavfsizligi bo‘yicha IV gruppaga ega bo‘lgan ishchi bajarishi zarur.
Elektr xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan harbir brigida a’zosiga I gruppaga ega bo‘lgan bir ishchi qo‘shilishi mumkin, lekin I gruppali brigade a’zolarining umumiy soni 3 kishidan oshmasligi kerak.
Ushbu Qoidada ko‘zda tutilgan ayrim ishlarni farmoyish bilan bir ishchi (yakka o‘zi) bajarishi mumkin.
Navbatchi o‘zidan yuqoridagi navbatchining ruxsati bilan naryadga kiritilmasdan, tezkor dispetcherlik jurnalida qayd qilib ta’mirlash brigadasida ishlashga jalb qilinishi mumkin.
Brigada tarkibini o‘zgartirish naryad beruvchi yoki ushbu elektr uskunada ishni bajarish uchun naryad berish huquqiga ega bo‘lgan boshqa xodimga ruxsat etiladi. Brigada tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ko‘rsatma telefon, radio yoki chopar orqali ishlashga ijozat beruvchiga, ish rahbariga yoki ish boshiga berilishi mumkin. Ular o‘z imzosi bilan ushbu o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatma byergan xodimning ismi-sharifi va familiyasini naryadda yozib qo‘yadi. Brigada tarkibini o‘zgartirish jarayonida 1.-banddagi talablarni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Ish boshi brigada tarkibiga qo‘shilgan yangi ishchilarga yo‘riqnoma berishi kerak. Ish rahbarini yoki ish boshini almashtirilganda hamda brigada tarkibini yarmidan ko‘proq qismi o‘zgartiriladigan bo‘lsa, naryad yangidan berilishi lozim.

Yüklə 14,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə