Naryad va farmoyish berish tartibini tushintirib bering


Ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish



Yüklə 14,68 Kb.
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü14,68 Kb.
#164686
1   2   3   4
Naryad va farmoyish berish

Ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish.
Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish faqat navbatchi yoki bunga vakolati bor shaxs tomonidan ruxsat olinganidan so‘ng amalga oshirilishi mumkin. Issikliq avtomatikasi va o‘lchovchi uskunalarida ishlashga ijozat berish tartibi bundan mustasno. Ruxsat ish joyini tayyorlashni va ishlashga ijozat berishni bajaradigan shaxsga telefon, radio, chopar orqali yoki yaqin o‘rtadagi podstansiya navbatchisi orqali beriladi. Bunday ruxsatni oldindan berish qat’iyan man etiladi. Brigadani faqat bitta naryad bilan ishlashiga ijozat beriladi.
Naryadda ish joyini tayyorlashga taalluqli ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni
o‘zgartirish man qilinadi.
Ish joyini tayyorlashga taalluqli chora-tadbir to‘g‘ri va etarligiga hamda ishni
xavfsiz bajarilishiga shubxa paydo bo‘lganda ish joyini tayyorlash to‘xtatiladi.
Ishboshi ishlashga ijozat beruvchi vazifasini o‘rindoshlik yo‘li bilan bajargan
taqdirda, u ish joyini brigada a’zolaridan elektr xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga
ega bo‘lgan birortasi bilan tayyorlashi shart.
Ishlashga ijozat beruvchi, ishlashga ijozat berishdan oldin, ish joyini tayyorlashga
taalluqli texnik tadbirlarni bajarilganligi to‘g‘risida ishonch hosil qilishi kerak.
Ishonch, o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, tezkorlik jurnalida yozilgan yozuvga qarab, ishlab
turgan elektr tarmoq chizmasidagi belgilariga qarash yoki navbatchi, tezkorta’mirlovchi xodim va elektr energiya iste’mol qiluvchi korxona xodimining ma’lumotlari orqali, hosil qilinishi mumkin.
Yüklə 14,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə