Navoiy buyukdir Navoiy daho



Yüklə 22,6 Kb.
səhifə7/8
tarix05.05.2023
ölçüsü22,6 Kb.
#108695
1   2   3   4   5   6   7   8
Alisher Navoiyning 580 yilligiga bag

1-boshlovchi:Navoiy g’azallarida chin insoniy fazilatlar,Ollohga bo’lgan ishq-muhabbat g’oyalari doimo ilgari surilgan.
2-boshlovchi:Alisher Navoiy o’zbek adabiyotida she’riy devonlar yozish an’anasini yuksaklarga ko’tarib,”Xazoyin ul- maoniy” ya’ni “Ma’nolar xazinasi”devonini yozdi. Shoir bu devonini tuzar ekan ,unda inson umrini 4 faslga bo’ladi va har bir devoniga 650 tadan g’azallar kiritadi.Navbat inson qalbining nozik torlarini chertuvchi g’azallardan namunalarga:
1-O’quvchi: Kecha kelgumdir debon, ul sarvi gulroi’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u,chekdim yo’lida intizor.
Keldi jon og’zimg’avu, ul sho’xi badxo’ kelmadi.
Ey Navoiy,boda birla xurram et ko’ngil uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.
4-O’quvchi:Mehr ko’p ko’rgizdim, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromijone topmadim.
G’am bila jonimga yetdim,g’amg’usore ko’rmadim,
Hajr ila dilxasta o’ldum,dilistone topmadim.
Ul amon ichimda bo’lsin ey Navoiy ,garchi men,
Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim.
5-O’quvchi:Ko’rgali husningni zor-u mubtalo bo’ldim sango,
Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldim sango.
Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko’ngil,
Vahiki, kun-kundin batarrak ,mubtalo bo’ldim sango.
Ziyoli ziyokorlar ziyosi telegram kanalidan
G’ussa changdin Navoiy topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asir-u benavo bo’ldim sango.
1-boshlovchi: Biz yoshlar mana shunday buyuk mutafakkir shoirimiz borligidan faxrlanamiz. Biz bugungi
adabiy kechamizda ma’naviyatimiz sarchashmasi,milliy iftixorimiz,o’zligimizni anglashga o’z hissalarini
qo’shgan ,Bobur bobomiz ta’rificha turk tilida “ko’p va xo’b yozgan ”,so’z qudratini butun dunyoga tarannum
etgan Mir Alisher Navoiy bobomiz haqida qisman bo’lsa ham ma’lumotga ega bo’ldik.
2-boshlovchi Keling, aziz o’quvchilar, biz yosh avlod ham Navoiy singari buyuk bobolarimizning ma’naviy
me’rosini chin dildan o’rganib, ajdodlarimizga munusib avlod bo’laylik.Bugungi adabiy kechamizni ushbu
satrlar bilan yakunlaymiz:
1-boshlovchi:Toki tinmas hayot qo’shig’i,
Ochiladi hayot eshigi,
Tebranadi xalqim beshigi,
Navoiydan so’z ochsam agar.
2-boshlovchi; Ne-ne zotlar kelar boshi xam,
Xayolini kishanlagan g’am,
Tarqab ketar tumanlari ham,
Navoiydan so’z ochsam agar.
O’quvchi: Razolatni qilganda barbot,
Majnun cho’ldi ayladi obod,
Tog’-toshlardan keladi Farhod,
Navoiydan so’z ochsam agar.

Yüklə 22,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə