Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Madaniyatning asosiy xususiyatlaridan biri shuki



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/137
tarix19.06.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#89734
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   137
“TARIX O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI

Madaniyatning asosiy xususiyatlaridan biri shuki,
unda hech bir ortiqcha, shunchaki narsayo`q, 
barcha madaniy hodisalar kim va nima uchundir zarur. U paydo bo`lib, saqlanib qolib,avloddan–
avlodga o`tib kelar ekan, bunda insoniyatning moddiy va ma`naviy ehtiyojlariniqondirish muhim 
ahamiyat kasb etadi.Madaniyatning asosiy vazifalari quyidagilardir: 
1) Olamni o`zlashtirish va qayta o`zgartirish vazifasi
.

inson dunyoni o`z maqsadmanfaatiga 
mos holda o`rganish ehtiyoji hayotiy talablarni qondirish zarurati bilan bog`liq bo`ladi. 
2) Himoya-moslashuv vazifasi: 
jamiyat va tabiat o`rtasidagi muvofiqlikni saqlashdaniborat. Inson 
uzoq vaqt qiyin tabiiy sharoitlarda barcha yangi himoya vositalarini ishlab chiqishga majburiyat 
sezadi, o`zini shunga ko`niktiradi (olov, turar joy, kiyim, dexqonchilikni va h. kashfetadi). Shu tariqa 
odam omon qolgan. Madaniyatning bu vazifasi zamonlar o`tishi bilan insoniyat 
ehtiyojiga moslashib boradi. Masalan, keyingi vaqtlarda insoniyat oldida turgan muammolardan 
biriekologiya bo`lib, inson o`zini himoya qiluvchi vositalarni yaratishga ehiyoj sezadi. 


29 
3) Signifikativ 
(belgilash, ko`rsatish) 
vazifa
: ma`no, nom, belgilar ko`lamini paydo qilishvositasida 
dunyoning qiyofasi, voqelikning belgilari tizimini (raqam, yozuv) yaratadi. Sezgilar ham,idrok ham, 
ong ham yo`nalishni aniqlash tizimini insonga ta`minlab bermaydi. Bu vazifani 
ma`lumotlarni o`zida saqlamasdan, nazariy modellar va axborotlar bilimini to`plashni 
vujudgakeltirish uchun faqat material bo`lib xizmat qiluvchi mazmun bajaradi. 
4) Axborotlarni yaratish va yig`ish vazifasi 
– xabarlarni yig`ish va saqlash, xotira yokixabarlarni 
biror buyumlarga yozish (qo`lyozmalar, suratlar, plastinkalar, kitoblar, kinotasmalar,magnit tasmalari 
yoki raqamli yozuvlar)dan iborat. Har qanday holatda ham axborot yaratish, uningahamiyati va 
mazmunini tartibga solish bo`yicha ma`lum usul va belgilar tizimi zarur. Hozirgidavrda keng ko`lamli 
va o`ta ahamiyatli belgilar tizimi til bo`lib qolmoqda. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə