Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Foydalanilgan Adabiyotlar



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/137
tarix19.06.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#89734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
“TARIX O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI

 
Foydalanilgan Adabiyotlar: 
1.Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelejagimizni mard va oliyujanob xalqimiz bilan birga quramiz” 
T.:”O’zbekiston”.2017. 488 b. 
2.Karimov I . A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.:-O’zbekiston. 2011. 727b. 
3.Asqarov A. A. O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi . T.:- Universitet. 2007. 333 b. 
4.Jabborov I. O’zbek xalqi etnografiyasi. T., O’qituvchi, 1994. 
5.Jabborov I. Antik madaniyat va ma‘naviyat xazinasi. T., O’zbekiston, 1999 y. 
6.O’zbekiston tarixi va madaniyati. Tuzuvchilar: B. A. Axmedov., A. Ahmedov. T.:-
O’qituvchi. 1992. 290 b. 
Kirish.
”O’zbekiston madaniyati tarixi” fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, tamoyil va usullari, 
asoslari, manbalari va aramiyatiga bag’ishlangan dastlabki dars mashg’ulotida o’qituvchi Vatan
tarixi va madaniyatini o’rganshida moddiy va yozma manbalarning o’rni va ahamiyati behad
katta ekakanligiga talabalarning e‘tiborini qaratadi. Xalqimizning ma‘naviy-madainiy merosi
bebaho boylik sifatida maxsus arxivlarda, kutubxona va muzeylarda hamda arxivlarda avaylab 
saqlanayotganligi ta‘kidlanadi.Manbalar o’z xolatiga ko’ra, yozma va moddiy ko’rinishlarga ega
bo’lishi,tariximizning eng qadimgi, ya‘ni yozuvsiz zamonlarga oid davrini o’rganishda 
arxeologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga kelishi aytiladi. 
Modiy ashyoviy manbalarga mehnat va jang qurollari, sopol idishlar, turmush va xo’jalikda
ishlatiladigan buyumlar, shahar va qo’rg’on xarobalari, xullas, qadimda inson qo’li bilan 
yaratilgan hamma narsalar shular jumlasiga kirishi uqtiriladi. 
Yozma manbalarga esa qoyatoshlarga, sopolga bitilgan qadimgi yozuvlar yoki kitoblar kiradi.
Shu o’rinda O’zbekiston tarixi bo’yicha eng qadimgi manba zardushtiylarning muqaddas kitobi
‘Avesto’ ekanligi ta‘kidlanadi. Shuningdek, qadimgi davr tarixiga doir yozma manba Erondagi
Behistun qoyasi yozuvlari haqida ma‘lumot berib o’tish bilan birga, qadimgi dunyo, ya‘ni
Yunon, Rim, Xitoy tarixchilarining asarlarida yurtimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati,
iqtisodiyva siyosiy tuzumi to’g’risida ma‘lumotlar berilganligi xususida to’xtaliniladi.Tarixiy
manbalar davr nuqtai nazaridan qadimiy va kundalik ahamiyatga ega ekanligiga urg’u berilib,
ular o’z mohiyati va mazmuniga ko’ra, birlamchi va ikkilamchi ahamiyat maqomiga egaligi,
ya‘ni tarixiy hujjatlarning asl nusxasi birlamchi manbaga kirsa, bu manbalarning e‘lon qilingan
nusxalari, kitob holiga keltirilganlari ikkinchi manba deb hisoblanishi qayd etiladi. 
Umuman, moddiy va yozma manba ma‘lumotlarini solishtirib, qiyoslab, tarixni talqin etish 
muhim ahamiyat kasb etishi uqtiriladi. ‘O’zbekistan xalqlari tarixi va madaniyati fani o’rganish
yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, el-yurt va millat manfaatining otashin
himoyachilari qilib kamol toptirishda cheksiz imkoniyatlarga egadir.Birinchi prezidrntimiz 
I.A.Karimov -Vatan hissi, vatan tuyg’usi barcha narsadan qadrliroqdir. Bizfarzandlarimiz ongiga
va qalbiga ana shu tuyg’uni singdirishimiz kerak– debbejiz aytmaganlar.
Vatan deganda nimani anglash kerak?



O’zbek tilining izohli lug’atiga binoan, ―Vatan – kishi tug’ilib o’sgan va o’zini uning
fuqarosi hisoblagan mamlakat, ona yurt. Biz ―Vatan so’zini ne-ne so’zlarga qo’shib, ne-ne
qadriyatlarga nom 
topamiz: Vatan adabiyoti, Vatan tuyg’usi, Vatan tarixi umrimizning har bir lahzasi Vatanga
bo’lgan munosabat bilan belgilanadi. Vatan – umrimizning mazmuni, maqsadimiz g’oyasi.Vatan
chegarasini uning tarixi, uning madaniy merosi belgilaydi. O’tmishni bugun yaratib bo’lmaydi,
o’tmish bugunni yaratadi. Tarixdagi har bir ijtimoiy yuksalish jamiyatning o’z merosiga, o’z
o’tmishiga bo’lgan munosabatini isloh qilishdan boshlanadi. O’tmishga bo’lgan har qanday ijodiy
murojaat esa hamisha inqilobiy o’zgarishlarga zamin tayyorlaydi, o’tmish aqidalari bugun uchun
xizmat qiladi. Biroq o’tmishga murojaat qilishdan avval unga bo’lgan munosabatni halol, to’g’ri
yo’lga solish kerak. 
Vatan nima demak. O’tkir Hoshimov - mangu haqiqat - Ona – bitta, Vatan -yagona desa, 
Muhammad Yusuf:

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə