Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/137
tarix19.06.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#89734
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137
“TARIX O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI

Birinchi yo`l q
uyidagicha: 
Ibtidoiy inson o`z kuch - qudratini ojiz deb bildi. Tabiatni va undagi buyumlarni o`zi singari 
tasavvur qilgani uchun, hamma narsaga ta`sir ko`rsatish qudratiga ega emas, deb bildi. Shu bois uo`z 
manfaati uchun xudolarga iltijo qilib, goh nazrlar atab, va`da berdi. Insonga xudolar marhamatqilib, 
“yaxshi ob -havo, yaxshi hosil yuborgan“day bo`ldi. 
Ikkinchi yo`l q
uyidagicha: 
Ibtidoiy inson olamni ruhiy kuchlar bilan to`la holatda tasavvur qildi. Uning nazarida ana 
shu ruhiy kuchlar doimo insonning atrofida aylanib yurardi. Bu tasavvur natijasida odamning 
dunyoqarashi quyidagicha o`zgardi: tabiat o`zgarishiga inson ta`sir ko`rsata olmaydi, hodisalar birin- 
ketin yuz beraveradi.Insonning tabiat to`g`risidagi tasavvurlarining ilk kurtaklari shunday edi. Bu 
kurtak sehr -jodu (magiya) orqali ifodalanadigan bo`ldi. Ibtidoiy diniy tasavvurlar ana shu tariqa 
shakllandi.Sehr - jodu (magiya) ibtidoiy insonning hayotida muhim rol` o`ynadi. Ayni paytda sehr -
jodu asta - sekin ko`p dinlarga ta`sir etdi.Bu din ko`rinishini alohida ruhiy qudratga ega bo`lgan 
odamlar emas, qabila boshlig`i,keyinroq shohlar amalga oshirgan. Ular ayni paytda afsungar va 
ruhoniy ham edilar. Masalan, ‘Bibliya’ning ‘Qadimgi ahd’ yoki ‘Tavrot’ qismida “Ibtido” kitobida 
hikoya qilinishicha, Elamshohi Kado`rlamar Ibrohimning jiyani Lutni asir qilib olib ketganda, bu 
voqeadan xabar topganIbrohim o`z odamlari bilan Kado`rlamarning ortidan quvib, uni mag`lub qilib, 
Lutni qutqaradi, ko`po`ljalar bilan manziliga qaytib keladi. Shunda Salem (Quddus) shohi Malkisidq 
Ibrohimni kutibolgani peshvoz chiqadi. Malkisidq ayni paytda 
ruhoniy 
ham edi (Ibtido 14: 12–
17).Ruhoniylar o`zlarining iste`dodini ko`pincha sehrgarlik (chernaya magiya) va duoxonlik(belaya 
magiya) orqali namoyon qilgan. Bu borada katta muvaffaqiyatga erishgandan keyinginakuch - 
qudratini va hukmronligini mustahkamlashga o`tgan.Albatta, ibtidoiy fikrlash bosqichiga xos bu 
jarayon dinlarning keyingi taraqqiyotida katta 
qarshilikka uchradi. Jumladan, iudaizmda sehr - joduga, afsungarlik va folga ishonish qattiq 
qoralanadi. Masihiylik, islomda ham sehr -joduga aslo o`rin yo`q. (Islomda faqat umidli fol 
saqlanib qolgan.)Ibtidoiy inson har doim insonga yaxshilik qilish tarafdori. U hayvonlarda ham 
insongafoydali xususiyatlar bor, deb bildi. Sehr - jodu orqali hayvonlardagi bu xususiyatlarni 
insonlargao`tkazishga harakat qildi. Ibtidoiy tafakkur tarzi ba`zi xalqlarda necha ming yillar davom 
etdi yokihanuzgacha davom etib keladi. Masalan, XIX asrda yangi Gvineyada ilon ovlovchi oldin bir 
zaharliilonni kuydirgan, yonib bo`lgan ilonning kuli bilan oyoqlarini artgan. Shundan keyin, hech 
qandayilon menga tegmaydi, degan ishonch bilan o`rmonga ilon ovlagani ketgan.Bu singari ibtidoiy 
fikrlash davriga oid ishonch - e`tiqodlar diniy tasavvurlarning paydobo`lishida ilk bosqichdir. Biz 
ibtidoiy fikrlash to`g`risida faqat qadimdan etib kelgan ashyolarga,udumlarga, ishonch - e`tiqodlarga 
tayangan holda hukm yuritamiz. Ayniqsa, dafn odatlaridaibtidoiy fikrlash bosqichlari aniqroq 
ko`rinadi. Har bir buyum, daraxt, o`simlik, jonzotda insonqiyofasi, ruhi aks etadi degan tasavvur 
davom etib keladi.Ayniqsa, uchta qabila ibtidoiy jamiyatdan buyumlarning ruhiga ishonchni saqlab 
keladi.Bularning birinchisi - Shimoliy Amerikada keng hududga yoyilib ketgan algankin 
qabilalari,ikkinchisi - Fiji orollaridagi erli aholi, uchinchisi - Birmadagi karan qabilalaridir. 
Algankinqabilalariga mansub hindularning diniy-e`tiqodiy tasavvurlari o`ziga xos: ular jonni 
tananing soyasiyoki jonli timsoli deb hisoblaydilar, dunyodagi hamma narsa uning nazarida jonlidir. 
Algankinqabilalaridan yana biri ojibvalarning e`tiqodiga ko`ra, faqat odamlar va hayvonlargina emas, 
balkijonsiz buyumlarning, masalan, qozonning ham joni bor. Fiji qabilasining e`tiqodi bo`yicha, 
hayvonyoki o`simlik nobud bo`lganda, ularning ruhi o`sha zohoti botqoqlikka botib ketadi. Bolta 
yokipichoq ishlatilaverganidan yaroqsiz bo`lib qolganda yoki singanda, bu buyumlarning ruhi 
tezdaxudolarga xizmat qilish uchun ketadi. Karanlarning tushunishlaricha, har bir buyumning alohida 


18 
xususiyati bor. Pichoq va bolta, daraxt va o`simlik ruhlari ham o`ziga xos “vazifa“ni 
bajaradi.Karanlardan birontasi vafot etgandan keyin ham, xuddi hayotligidagi singari, boltasi va 
chopqisi 
bilan uy qurishda, sholi o`rishda, kundalik yumushlarni bajarishda davom etadi deb 
tasavvurqiladilar..Xuddi shu singari, ko`p qabilalar marhumni dafn qilishda hayvonlarni va odamlarni 
qurbonqiladilar. Ularning tasavvuricha, qurbon qilingan odam yoki hayvonlarning ruhi marhumga 
xizmatqiladi. Hayvon va odamlarni marhumlar ruhiga atab qurbon qilish diniy tizimlarning 
barchasiga xosbo`lgan xususiyatdir. Yakka xudolilik yoki ko`p xudolilik sharoitida ham bu odat 
bordir. Ibtidoiyfikrlash bosqichiga xos bunday tasavvurlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ko`p 
uchraydi.Qadimgi davrda yuqori lavozimdagi marhum dafn etilayotganda, marhum bilan birga 
uningquli, oti, uy - ro`zg`or buyumlari ham birga dafn qilingan.Ilk diniy madaniyat dunyo 
xalqlarining barchasida umumiy o`xshashlikka ega.Yuqoridagidek, marhum bilan birga turli 
buyumlarning qo`shib dafn etilishi qadimgi misrliklar vayunonlar e`tiqodida ham bor edi. Zotan, 
yunonlar qadimda shomonlikka e`tiqod qilganlar.Marhumlarning qabrlaridan hozirgacha qurbonlikka 
atalgan xazinalar topilmoqda. Buning sababi -ilk davrdagi tafakkurning o`xshashligidir. Insonni va 
hayvonni qurbon qilish dunyo xalqlarida turlishakllarda amalga oshirilgan. Ba`zilarida tiriklayin 
ko`milsa, ba`zilarida kuydirilgan. Har ikkiholatda ham qurbonlik xudolarga atalgan. Xudolar esa 
moddiy yoki ruhiy ko`rinishda tasavvurqilingan. Qadimgi yunon mualliflaridan Evripid ‘Ifigeniya 
Avlida mehrobida’, Geliodarning ‘Efiofika’ asarlarida begunoh, eng yaxshi insonlarni ‘xudolar’ga 
qurbon qilish tasvirlangan.Dafn marosimlarida qurbonlikning eng vahshiyona ko`rinishini XIII 
asrdan oldingimo`g`ullarda uchratamiz. Mo`g`ullarning ijtimoiy tuzumi ana shunday vahshiyona 
usullarning kelibchiqishiga sabab bo`ldi. Oltin O`rdaga va Mo`g`ul hoqoni Xubilayxon saroyiga 
(Eronga) sayohatqilgan Marko Poloning yozishicha, Munka xon vafot etganda, uni dafn qilish uchun 
uyidan qabrigaolib borayotib: “Sen ham u dunyoga ravona bo`lib, xoqonimizga xizmat qil!“ deb 
yo`lda duchkelgan yigirma ming odamning boshi olingan

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə