Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/137
tarix19.06.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#89734
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   137
“TARIX O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI

rasmli 
yozuvdir. Bu turdagi yozuv 
piktografik 
yozuv deb 
hamyuritiladi. Buyumli yozuv bilan rasmli yozuv o`rtasidagi chegara noaniq. Insoniyat qaysi 
davrdanboshlab buyumli yozuvdan rasmli yozuvga o`tgani aniq emas. Aslida ikkalasining vazifasi 
ibtidoiydavrdagi odam uchun bir xil vazifa bajargan. Ammo yozuv taraqqiyoti uchun rasmli yozuv 
katta qadambo`ldi. Rasmli yozuv paydo bo`lishi bilan yozuv uchun turli materiallar - tosh, taxta, loy 
taxtachalar yokiqog`oz parchalari paydo bo`ldi.Garchi rasmli yozuv bilan surat o`rtasida chegara yo`q 
bo`lsa ham, ularni aralashtirmaslikkerak. Suratda aniq, yuz bergan yoki biron kechinmani 
ifodalaydigan hodisa muhrlangan, ya`nisurat badiiy–estetik tasavvurlar ob`ekti bo`lib xizmat qiladi. 
Rasmli yozuv esa axborot tashiydi.Masalan, 
ko`z yoshi 
- bevani, 
bosh suyagi 
– o`limni 
bildiradi.Ideografik yozuv rasmli yozuvga uzviy bog`lanib ketgan. Ideografik yozuvning ilknamunasi 
Markaziy Amerikada istiqomat qilgan atstek xalqidan bolalar tarbiyasiga oid bir“hikoya”si bizgacha 
etib kelgan. Ispanlar Amerikani bosib olgunlariga qadar atsteklar qudratlidavlat qurgan edilar. (rasm) 
Rasmda o`n bir doira bo`lib, bolalarning o`n bir yoshini bildiradi, ya`niota–ona bolalarini o`n bir 
yoshgacha boqishi shart. Ikkita katta doira esa “non” degan tushunchanibildiradi. Suratda ota bolasini 
olov ustida tutib turibdi. Bu - bolani nojo`ya qiliqlari uchunjazolashni bildiradi. Yana pastroqda o`n 
beshta doiracha bor. Bu doirachalar bolalarning o`n beshyoshgacha ota–ona nazorati ostida qattiq 
turganini bildiradi. Bolaning o`tirgan odam tomongaketgan oyoq izlari - o`n besh yoshdan keyin 
ruhoniy huzuriga ta`lim olish uchun borganinianglatadi.Idegorafik yozuvning rasmli yozuvdan farqi 
shuki, ideografik yozuvda har bir belgi birtushunchani anglatadi.Ideografik yozuvning eng qadimiy 
namunasi Misrdan topilgan bo`lib, miloddan oldingiuchinchi ming yillikka mansubdir. Napoleon 
Misrga yurish qilgan paytda bu yozuv bitilganmashhur “Rozetta toshi” (tosh topilgan joyning nomi 
bilan ataldi) topildi. Bu yozuvdagi bir belgibir buyum nomini yoki harakatni ifodalagani aniqlandi. 
Masalan, qanotini yozib turgan qush“uchmoq” harakatini, o`rtasida qora nuqta bor gardish “quyosh” 
so`zini, qo`lida qurol ushlaganodam “jangchi”, oyoq surati “yurmoq” harakatini ifodalagan. 
Ideografik yozuvning ko`plabnamunalari papiruslarga, ehromlar devorlariga, haykallarga, tosh 
tobutlarga bitilgan. Yevropadagiko`p sharqshunoslarning Misr yozuv madaniyatini o`rganishiga 
Rozetta toshi sabab bo`ldi.Shumerlar yaratgan yozuv bo`g`inli yozuv turi bo`lib, ideografik yozuv 
bilan harfli–tovushliyozuv o`rtasida turadigan alohida yozuv turi edi. Shumerlar dostonlarni, tarixiy 
voqealarni,fanlarning turli sohalariga oid kashfiyotlarni yozib olish uchun hozirgi tovushlar singari 
belgilarnikiritdilar. Yozuv madaniyati taraqqiyotida shumer yozuvi anchagina oldinga siljish 
bo`ldi.Jamiyat taraqqiy eta borgan sari, axborotni uzoq masofaga etkazish ehtiyoji tug`ildi. Bugun yer 
yuzida qo`llanayotgan harfli–tovushli yozuv ana shu bosqichlarni bosib o`tdi.Ilk harfli–tovushli 
yozuvni finikiylar ijod qilganlar. Finikiy yozuvining paydo bo`lishi yozuvtarixida keskin burilish 
yasadi. Finikiy yozuvi ta`sirida oromiy yozuvi shakllandi. Oromiy yozuviesa sharqdagi bir qator 
yozuvlarga manba bo`ldi. Oromiy yozuvining bizgacha etib kelgan qadimginamunasi miloddan 
oldingi IX asrga oiddir. Oromiy yozuvi va tili Sharqdaga ko`p mamlakatlarda,xususan, Misrda, 
Kichik Osiyo va Hindistonda xalqaro yozuv va til darajasiga ko`tarildi. Qadimgiyozuvlardan biri 


22 
bo`lgan ibroniy yozuvi ham oromiy yozuvidan kelib chiqdi.Xullas, yozuvning har bir turi 
insoniyatning ehtiyoji tufayli paydo bo`ldi. Yozuvinsoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biridir. 
Yozuv madaniyati ilk bor Sharqda paydo bo`lib,shakllandi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə