Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/137
tarix19.06.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#89734
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   137
“TARIX O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI

.Yana bir dalil:
Eronda mo`g`ul 
hokimiyatiga asos solgan Xalokuxon (hukmronlik yillari1256–1265) vafot etganda, uni dafn qilish 
marosimi to`g`risida Eron tarixchisi Vassofning hikoyasibor. Uning hikoya qilishicha
Xalokuxonning qabriga turli buyum va qimmatbaho narsalar bilan birqatorda, chiroyli kiyintirilgan 
go`zal qizlarni ham birga qo`shib ko`mganlar. Odamlarni tiriklayindafn qilish, nazr sifatida daryoga 
odamlarni tiriklay uloqtirish holatlari mo`g`ullar hukmronligidavrida ko`p uchraydi2. Bu davrda 
majusiylik dini bilan jamiyat o`rtasida nomuvofiqlik yuzagakeldi. Avvalgi diniy oqimlar jamiyat 
talablariga javob bera olmay qoldi. Ibtidoiy fikrlash tarzi o`rtaasrlar uchun maqsadga muvofiq 
emasligi ayon bo`lib qoldi. Shu bois mo`g`ullar Oltin O`rdamadaniyatida islomni qabul qildilar va 
ma`naviy jihatdan ancha oldinga siljish yuz berdi.Ibtidoiy fikrlash tarzining o`rta asrlarda ham 
uchraganini ilk diniy shakllardan animizm vafetishizmga bog`lash o`rinlidir. Har ikkala din shakli o`z 
davrida axloqiy qarashlarning ma`lum birko`rinishlarini ifodalaydigan bo`ldi. 
Animizm 
(lot. anima - ruh, jon) - diniy e`tiqodlarga zamin bo`lib, ruhlarning mavjudligigaishontiradi, 
tabiat kuchlarida, hayvonlarda, o`simliklarda, jonsiz buyumlarda ruh bor, deb qaraydi.Animistik 
tasavvurlarning kurtaklari eng qadimgi davrlarda, hatto totemizmdan ham oldin – ibtidoiyjamiyatda 
paydo bo`ldi. Diniy tasavvur sifatida totemizm bilan baravar shakllandi. Umumanolganda, animizm 
insoniyat taraqqiyotining eng quyi bosqichida turgan qabilalarning o`ziga xosdiniy tasavvurlarini 
ifoda etadi.Animizmga e`tiqod qiluvchilarning qarashicha, odamlarning, avvalo, marhumlarning 
ruhiaynan tanasiz shaklda mavjud bo`lar ekan. Mana shu tasavvur ommaviy ravishda totemistik 
vaanimistik ishonch-e`tiqodlar, urf-odatlar o`rtasida bog`lovchi bo`g`in bo`lib xizmat qildi. 
Animizm,shubhasiz, ancha keng tarqalgan dinlardan biri shomonlikning paydo bo`lishiga ta`sir 
etdi.Ibtidoiy diniy tasavvurlarning saqlanib qolishiga davlatchilik an`anasining yo`qligi, yoki 
butasavvurlarning saqlanib qolishiga yana bir sabab dinlarning murakkab tizim ekani bo`lishi 
hammumkin.Rivojlangan shomonlik esa o`yin bilan ijro etiladi. Shomonlik aqidasi bo`yicha 
xastaodamlarga, hayvonlarga shifo ato qilinadi, baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun 
kurashadi.Ovchilikda muvaffaqiyatga erishish uchun fol ochadi. 
Fetishizm 
(fr. fetichisme-sehrgarlik) ibtidoiy diniy shakllarga asoslardan biri bo`lib, 
alohidabuyumlarda magik kuch bor, deb qarashdan paydo bo`lgan. Magik kuch voqealarning 
borishigata`sir ko`rsatib, kutilgan natijalarga erishtirdi. Fetishizm butlar yaratish - yog`ochlardan, loy 


19 
vaboshqa qattiq materiallardan tumor yasash jarayonida paydo bo`ldi. Bunday buyumlarni 
ko`pinchaafsungar shomonlar ishlatganlar va bular orqali sehr - jodu qilganlar. Umuman, shomonlik 
ruhgatopinish ko`rinishlaridan bo`lib, bu diniy oqimning maqsadi shuki, ruhlarning ko`rinmas olami 
bilaninsonni aloqaga kiritadi, insonlar ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun ruhlardan 
madadoladi. 
Shomonlikning ilk ko`rinishi mil. av. V asrdan boshlab Yunonistonda amal qila boshlagan.Bugungi 
kunda Markaziy va Shimoliy Osiyoda, Koreya, Yaponiya, Indoneziya, Tibet, Shimoliy vaJanubiy 
Amerika hamda boshqa joylarda amal qiladi. 
Mifologiya xalq og`zaki ijodining kelib chiqishida ham ilk bosqichdir. Xalq og`zaki ijodi 
insoniyatning madaniy taraqqiyotida muhim voqeadir. Ilk xalq og`zaki ijodi namunalari ma`lum 
birxalqning 
ilk 
badiiy 
tafakkuri, 
yashash 
tarzi, 
orzu 

umidlari, 
dunyoqarashini 
o`zidamujassamlantiradi. 
Eng 
qadimgi 
xalq 
og`zaki 
ijodining 
namunalari 
sifatida 
shumerlarning“Gilgamish“ dostonini ko`rsatish mumkin. Shumerlar miloddan oldingi to`rtinchi ming 
yillikdaMesopotamiyada yashaganlar. “Gilgamish“ dostoni sopol lavhalarga mixxatlar bilan 
yozibqoldirilgan. Doston Gilgamishni va u hukmdorlik qilayotgan Uruk shahrini madhiya qilish 
bilanboshlanadi. Gilgamish singari kuchli odam hali er yuzida yo`q edi, shuning uchun u 
odamlargazulm o`tkazaveradi. Odamlar xudolarga iltijo qiladilar. Xudolar er yuziga buyuk ayol 
‘xudo’ Aruruni yuboradilar. Aruru loydan Enkidani yaratadi. U insondan ko`ra, hayvon (arslon) 
qiyofasigava qudratiga ega edi. Rejaga ko`ra, Enkida Gilgamishni mag`lub qilishi, bu kurashda 
ungahayvonlar yordam berishlari kerak edi. Ammo Enkida fohisha ayolning makriga uchadi va 
hayvonlar undan qochib ketadilar. Fohisha ayol Enkidaga insonlarday ovqat eyishni, ichimlikichishni 
va kiyinishni o`rgatadi. Enkida shundan keyin Gilgamish bilan do`stlashib birgalikda eryuziga 
yovuzlik urug`ini tarqatayotgan kedr o`rmonining hukmdori Xuvavni o`ldiradilar. Shundankeyin 
osmon ‘xudosi’ Anudan samoviy ho`kizni yuborishni so`raydi. Samoviy ho`kiz Gilgamishnio`ldirishi 
kerak edi. Enkida bilan Gilgamish bu samoviy maxluqni ham o`ldiradilar. Xalq ikkalaqahramonni 
madh qiladi. Xuvavni va samoviy ho`kizni o`ldirganlari uchun ‘xudolar’ Enkidanixastalikka 
yo`liqtiradilar. Enkida o`n ikki kun kasal bo`lib, o`n uchinchi kuni Gilgamishning ko`zoldida olamdan 
o`tadi. Gilgamish ham o`lim muqarrar ekanini, abadiy hayot yo`qligini tushunibetadi. Oxiri, 
Shuruppakning hokimi, solih odam Utnapishtimning maslahati bilan abadiy hayot atoetadigan gul-
giyohni dengiz tubidan olib chiqadi. Gilgamish cho`milayotganda, ilon o`sha giyoho`tni o`g`irlab 
ketadi. Telba holatga tushib qolgan Gilgamish Urukka qaytib keladi va u yerdanboshpana izlaydi, shu 
yerda vafot etadi.Shumerlar qishloq xo`jaligi, matematika, tibbiyot, pedagogika fanlariga oid 
yodgorliklaryaratganlar. Bu fanlarga oid parchalar orasida xalq maqollari, hikmatli so`zlari ham bor. 
Bularshumer xalqining sharqona donoligidan, ijodkorligidan dalolat beradi: “
Agar mamlakat 
yaxshiqurollanmagan bo`lsa, dushman hech qachon darvoza oldidan ketmaydi
“, 
“Yovvoyi 
ho`kizdanqochib, yovvoyi sigirga duch keldi
“. Olti–etti ming yillar ilgari yaratilgan bu 
hikmatlargahamohang o`gitlarni bugun ham o`zbek xalqida uchratish mumkin. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə