Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Tafakkur va dunyoqarash madaniy jarayonni belgilovchimuhim omillardir



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/137
tarix19.06.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#89734
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   137
“TARIX O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI

Tafakkur va dunyoqarash madaniy jarayonni belgilovchimuhim omillardir. 
Ibtidoiy insonning 
dunyoqarashini miflar belgilaydi. Mif - birlamchi, din esaikkilamchi hodisadir. Ibtidoiy inson biron 
hayvon yoki parrandani muqaddaslashtiradi. Yokiurug`boshilarini, ota–bobolari ruhini ulug`laydi, 
tabiatdagi daraxt, o`simlik, toshnimuqaddaslashtirishi mumkin. Ammo bu hali din emas, balki 
topinish, sig`inish kul`tlardir. Axloqiymadaniyatga ehtiyoj paydo bo`lganda, din kelib chiqadi. Hatto 
eng ibtidoiy din ham axloqdantashqari bo`lishi mumkin emas. Axloq qachon paydo bo`ladi? Inson 
halol bilan xaromni, yaxshibilan yomonni, to`g`ri bilan noto`g`rini anglab, bu tushunchalar o`rtasidagi 
ziddiyatlarni tushunibetganda ma`naviyatning muhim qismi – axloqiy madaniyat paydo bo`ladi. 
Diniy oqimlar dastlabki paytlarda ijtimoiy - siyosiy g`oyalarni tashishi ham mumkin. Bubosqichni 
zardushtiylik va moniylik oqimlarida, buddaviylikda ko`rishimiz mumkin. Bu oqimlar 
dastlab diniy oqim sifatida paydo bo`lmagan, balki ijtimoiy - siyosiy oqim sifatida paydo bo`lgan.Mif 
birlamchi, ya`ni dindan oldingi hodisa ekan, dinga etib kelguncha, bir qanchabosqichlarni bosib 
o`tadi. Ibtidoiy odamning tasavvuriga ko`ra, olam g`ayri tabiiy mavjudottomonidan boshqariladi. Bu 
mavjudotlar insonga rahm - shafqat ko`rsatadi, insonda umidvorlikhissiyotini uyg`otadi. Ayni paytda 
bu mavjudotlar insonni qo`rquvga solishi ham, boshqa yomon 


17 
tuyg`ularni boshdan kechirishiga sabab bo`lishi ham mumkin.Ibtidoiy odam olamni o`z timsoliga 
o`xshatib tasavvur qiladi. U o`zi bilan tabiat vatabiatdagi buyumlar o`rtasiga chegara qo`ya bilmagan. 
Buyumlarni o`ziga o`xshatib tasavvurqilgan. Shu sababdan ham ko`p buyumlarni ijod qilgan. Ko`p 
buyumlarning shaklini ham atrof-muhitdan, fazodan olgan. Masalan, kosa, piyola, stakan va boshqa 
uy - ro`zg`or buyumlarini uchburchak yoki to`rt burchak shaklida emas, balki dumaloq shaklda 
tasavvur qilgani uchun, xudda shushaklda ijod qilgan. Chunki fazoviy jismlarning hammasini ibtidoiy 
odam dumaloq shakldako`rgan. Ibtidoiy odam va olam munosabatida ikki yo`l mavjud edi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə