Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Visprat- «hamma hukmronlar», bu kitobda ibodat namozlari to`plangan.  3. Yasna-



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/137
tarix19.06.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#89734
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   137
“TARIX O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI

2. Visprat-
«hamma hukmronlar», bu kitobda ibodat namozlari to`plangan. 
3. Yasna-
«Ibodat», «Marosim» kitobi xudolarga sig`inish va murojaatdan iborat. Yasnadagi «Tot»lar 
nomli 
17 bob 
zardo`shtning 
muqaddas 
qo`shiqlaridir. 
4. Yasht
- «Qadrlash», «Hamdu sano» kitobi-xudolarni sharaflovchi qadimgi gimnlar va ezgulik 
xudolariga yovuzlikka qarshi kurash yordam beruvchi kuchlar haqida. Bundan tashqari, «Avesto» 
majmuiga «Kichik Avesto» ham mansub, u avesto tilida yozilgan bo`lib, ibodat kalimalari joylashgan. 
Ko`pchilik olimlar Zardo`sht yuksak axloqiy idealdagi va ishontiruvchi fikrlari bilan birinchi haq 
payg`ambar ekanligini ta`kidlaydilar. Zardo`sht ta`limotiga muvofiq barcha quruqlikning o`zgarmas 
ibtidosi Arta bo`lib, «Avesto»da haqiqat, olov ruh deyiladi. Axuramazda tartibni saqlovchi osmon 
xudosi yorug`lik va ezgulik hisoblangan (oxura-xo`shayish, ega; mazda-idrokli, bilimdon). 
Axuramazdaning o`g`li -Atar (olov), uning vatani bulutlardek qurigan suvlar, uning makoni-xududsiz 
yog`du. Oxuramazda 6 ta ruhni- yordamchilarni yaratdi (amesha spenta): ezgu aql, yaxshi tartib, 
layoqatli qudrat, olijanob mo`minlik, sog`lomlik va boqiylik. Unga Axrimaning zulmat qo`shini-
devlar, urushlar timsoli, ochlik, kassallik, adovat va boshqa yovuz kuchlar qarama-qarshi turadi. Olam 
va barcha insoniyat hayotining asosida ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi azaliy kurash yotadi. 
Zardo`sht ta`limotining ulug`ligi shundaki, u har bir kishiga tanlash imkonini beradi. Har kim ham 
Yovuzlikni yo`q etish va ezgulikning hukmron bo`lishida ishtirok etishi mumkin, bu ishda barcha bir 
xilda tengdir. Shu tariqa erda ilgari bo`lmagan jannat -oltin asr tiklanadi. Unda sovuq, ham jazirama 
ham, qarilik ham,o`lim ham bo`lmaydi. Yovuzlik bilan kurashda har bir kishining asosiy qurolli 
mehnat bo`lgan. Zardo`shtiylik axloqi kishidan kamtarin va halol mehnatkash dehqonning barcha 
majburiyatlarini bajarishni talab qilgan (Kim g`alla eksa, u haqiqat tarqatadi. Videvdat kitobining 
«Dehqonchilik fazilati haqida»bobidan). Fikr, so`z va ishda taqvodorlik, ishchanlik, halollik, xolislik 
yuksak axloqning asosiy talabalari sifatida ko`tariladi. «Yasna» kitobida zardo`shtiylikning e`tiqod 
ramzi haqida deyiladiki: «Qasam ezgu fikrni, ezgu so`zni, ezgu faoliyat majburiyatlarini bajarishni 
talab qiladi». 
Zardo`shtiylikda birinchi bo`lib esxatalogik ta`limot yaratilgan, bunga muvofiq jahon tarixi 12 ming 
yilni tashkil qiladi. Bu muddat tugashi bilan ezgulik va yovuzlik kuchlarining hal qiluvchi yovuzlik 
jangi boshlanadi. Butun olamni erigan metal oqimi yo`q qiladi, biroq xaloskor Saosh`yant halok 
bo`lgan dunyoni va barcha marhumlarni tiriltiradi, barcha gunohkorlarni do`zahdan chiqarib 
Ohurumazdaning ideal hukmronligida abadiy hayot kechiradi. Shu tariqa zardo`shtiylikda birinchi 
bo`lib oxiratdagi jazo, marhumlarning tirilishi so`roq kuni g`oyasi shakllanadi. Bu g`oyalar Doro I 


11 
ning Bexustun yozuvida va Kserksning Persepoldagi yozuvida ham qayd qilinadi. Zardo`shtiylik 
Markaziy va Old Osiyo xududlarida ming yillar davomida hukmron din bo`lib keldi va shubhasiz, bu 
din xristianlik va islom kabi jahon dinlarining shakllanishida katta o`rin tutdi. Ilmiy-tarixiy, amaliy-
didaktik qimmatga ega bo`lgan, ushbu yilda 27OO yilligi nishonlanadigan buyuk merosimiz 
«Avesto»ning butun ma`no mohiyati Inson taqdiri, uning Istiqboliga qaratilgan. Jumladan, Tangriga 
iltijo va murojaatlarda shunday deyiladi: «Axuramazda yaratgan yaxshilik moyasiga, sog`lom, aql-
hushi tetik farzandlarga, jasur, dono, turli tillar biladigan o`g`il-qizlarga, uzoqni ko`ra biladigan
yurtni balo-qazolardan himoya eta oladigan o`g`lonlar, yaxshi kelajak, porloq hayotni ravshan ko`z 
bilan ko`ra oladigan poktiynat avlodlarga olqishlar bo`lsin
1

Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi va madaniyatining mustaqil rivojlanishi eron axmoniylari tomonidan 
birinchi yirik bosqinchilik tufayli to`xtab qoldi. Sug`d, Baqtriya, Xorazm mil.av. VI-IV asrlarda 
Ahmoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu imperiya tarkibiga kirishi, yagona boshqaruv, qonunchilik, 
pul tizimining o`rnatilishi, oromiy yozuvning umum davlat miqiyosda qo`llanilishi. Markaziy Osiyo 
xalqlarining madaniyatiga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Ahmoniylar davrida xalqaro savdoning 
rivojlanishi uchun qulay sharoitning vujudga kelishi Markaziy Osiyo shaharlarining taraqqiyotiga 
muayyan imkoniyat yaratdi. Ahmoniylar hukmronligida mamlakatlarga sayyohlar va olimlar borishi 
mumkin bo`ldi. Xuddi shu davrda Sharq mamlakatlariga Gerodot, Demokrit va boshqalar sayohat 
qilgan. Ahmoniylar imperiyasidagi yirik shaharlar- Suza, Persepol, Memfis, Nippur, Bobilda turli 
joylardan xususan, Xorazm, Baqtriya, Sug`ddan chiqqan kishilar, saklarning harbiy aholisi 
yashagan.O`z navbatda mil. av. V asrda Oks daryosining o`ng sohilida Miletlik Yunonlarning 
manzilgohi tashkil topadi. Shu tariqa Ahmoniylar imperiyasi tarkibida Markaziy Osiyo xalqlari 
forslar, midiyaliklar, bobilliklar, misrliklar, yunonlar, hindlar bilan yaqin munosabatda bo`lish, 
madaniyatining ham o`zaro ta`siriga imkon yaratdi. Ahmoniylar imperiyasi madaniyati ham ko`pgina 
mamlakat xalqlari yaratgan ilmiy bilimlar, diniy e`tiqodlar, san`at yutuqlarining sintezi hisoblanadi. 
Bu madaniyatga Markaziy Osiyo xalqlari ham o`zining hissasini qo`shgan.Zardo`shtiylik 
Ahmoniylarning davlat dini sifatida qabul qilinishi bilan birga G`arbga ham keng yoyila 
boshladi.Ahmoniylar san`atining Suza va Persepoldagi ulkan yodgorligi qurilishiga Markaziy Osiyo 
mintaqasidan ko`plab xom ashyo keltirilgan. Saroylar qurilishiga Baqtriyadan oltin, Sug`dan lojuvard 
va qimmatli toshlar, Xorazmdan feruza olib borilgan. 1877 yilda Tojikistonning Janubidan topilgan 
Amudaryo xazinasi madaniy sintezning yorqin misolidir, hazinada, eron va Baqtriyada tayyorlangan 
jihozlar-bejirim oltin aravacha, qanotli ikkita kurg`iy shakli tushirilgan bilakuzuk hamda dashtliklarga 
xos «Hayvon shakli» bitilgan jihozlar mavjud. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyat munosabatlari 
juda kengaydi, shuningdek, madaniy qadriyatlarning boyishi va turli madaniyatlarning o`zaro ta`siri 
jarayoni esa o`z madaniyatlarini juda tez rivojlanishi va boyishiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. 
Sharq 
ellinizmining 
o`ziga 
xos 
hususiyatlari, 
nimalardan 
iborat 
edi? 
Ahmoniylar imperiyasi va Markaziy Osiyo erlari yunon-makedonlar tomonidan bosib olingan 
Markaziy Osiyo madaniyatiga ellinizm elementlari kirib keldi. Ahmoniylar saltanatini emirib 
tashlagan Yunon-Baqtriya bosqini Markaziy Osiyo mintaqasini, xususan sug`d madaniyatini 
aylantirdi. Illo, Aleksandr Makduniy sipoxilariga hech erda Markaziy Osiyodagidek qarshilik 
ko`rsatilmagan bo`lsa kerak. Ozodlik harakatini beshavqat mahv etgan Makduniy erli aholining 
ko`magiga muhtojligini seza boshladi. Vaqt o`tishi bilan u ongli tarzda barcha etnik to`siqlarni olib 
tashlashga, o`z Saltanati hududida turli harqlarni qorishib ketishi hamda yagona madaniyat va til 
birligini qaror topdirishga urindi. Shu maqsadda Maqduniy o`z saroyida Sharq udumlari va liboslarini 
joriy etdi, turli etnik guruh vakillarining nikohlarini keng yo`lga qo`ydi, o`z armiyasiga Baqtriyalik 
va sug`dlik qismlarni kiritdi, 3O mingdan ortiq o`g`il-bolalarga yunoncha tarbiya berishga hukm etdi. 
Shunday qilib Aleksandr Maqduniy Markaziy Osiyo madaniyatining ellinlashtirishni boshlab 
berdi.ellinistik jarayon salavkiylar davlatidan mustaqil bo`lgan Parfiya va Yunon-baqtriyada o`zining 
yuqori rivoji bilan ajralib turadi. Yunon-Baqtriya davlatida yunonlar va mahaliy madaniyatlarning 
sintezi qisqa vaqtda o`zining ijobiy natijalarini berdi, shaharlar soni tez suratda o`sdi, dehqonchilik, 
chorvachilik, ayniqsa hunarmandchilik rivojlandi. Markaziy Osiyo mintaqasi Buyuk ipak yo`li 
bo`ylab o`tgan xalqaro savdoning markazi sifatida o`ta muhim o`rin tutadi. Diodotdan Galpokigacha 
bo`lga yunon-Baqtriya podsholari davrida yuksak badiiy saviyada oltin, kumush va misdan 
tayyorlangan turli qiymatdagi tangalar (draxma, obol, dixalka, xalka) zarb etildi. Tovar-pul 


12 
munosabatlarini o`sishida Baqtriya shohlarining o`z pullarini zarb qilishi xalqaro savdoning rivojiga 
ijobiy ta`sir qilish bilan birga, yuksak badiiy darajasi bilan ham ajralib turadi. 
Yunon-Baqtriya davrida Oyxonum (Shim. Afg`oniston), Saksanoxur va Tahtisangin 
(Tojikiston), Dalvarzin tepa, Yorqo`rg`on, Afrosiyob Talibarzi (O`zbekiston) kabi shaharlar qurildi. 
Yunon harbiy manzilgohlari aholisining turmush tarzi va madaniyatini aks ettiruvchi ellinistik 
uslublar Yunon-Baqtriya shaharlarda ochib o`rganildi. Inshoatlar tosh, xom va pishiq g`ishtdan 
tiklangan. Ustunlar korinf usulida ishlangan. Saroy va ibodat majmualari, gimnaziya, teatr binolari 
ochib tekshirilganda ustunlar attik bazaltlar, akant yaproqlari, pal`metallar, cheti naqshlangan 
cherepica-antifikslar singari unsurlangan foydalangan holda ko`rilgan. Mahalliy zodagonlarning 
ellinistikdidi monumental va ixcham haykaltaroshlikni rivojlanishiga turtki berdi. Terakt 
haykalchalar va turli muhrlardagi obrazlarning miqyosi keng. Unda hosildorlik xudosi Anaxit, 
yunonlarning bosh va mahalliy xudolari, fantastik va real hayvonlarning timsollari ifodalangan. 
Haykaltaroshlik san`ati namunalari kam saqlanib qolganligiga qaramay, zarb etilgan yunon-baqtriya 
tangalarining orqa tomonida mashhur yunon san`atkorlarining rasmi tushurilganligi bu erda yunon 
haykaltaroshligi ilmi ta`siri kuchli bo`lganligini bildiradi. Taxti Sanginda Oks daryosining xudosi 
Marsiyaning bronza hayokalchasi qo`yilgan Mehrob topildi.Antik dunyoning Markaziy Osiyoga kirib 
kelgan 
haykaltaroshlik 
san`ati 
kushonlar 
davrida 
yanada 
ravnaq 
topdi. 
Yunon-Baqtriya podsholigida teatr san`ati va musiqani rivojlanganligi to`g`risida ma`lumotlar 
mavjud. Baqtriya saroylarida yunonistonlik akterlar, musiqachi va raqqoslarning guruhlari saqlangan. 
Ayniqsa, yunon xalq teatrining «maskars», «mim» singari turlari keng yoyilgan. Ularni klassik 
tragediya va komediyalardan farqi belgilangan matn bo`lmagan, yoki matnsiz chiqilgan, lekin u 
yunon tilini bilmagan mahalliy aholiga tushunarli bo`lgan. Akterlar sharoit, tomoshabinlarning 
ruhiyatiga ko`ra matnlarni o`zgartirganlar-musohaba, xazil-mutoyiba, hajv, hikoya, qo`shiq 
usullarida ijro etganlar. Raqs, musiqa, ko`zbo`yamachilik va akrabatik mashqlar teatr ijrochiligining 
muhim elementlari bo`lgan. hukmdorlar homiylik ko`rsatgan mahalliy akterlar ham shakllangan; 
«Masxaraboz» Milliy teatrning –«Masxaraboz» namunasida hammon ellinistik belgilar saqlanib 
qolgan.Yunon-Baqtriya madaniyati sinkretizmi (qorishiqligi) turli tillarni yonma-yon faoliyat 
ko`rsatishi, har xil yozuvlar tizimi va dinlarning o`zaro singishib ketishida ham ko`rinadi. eramizdan 
avvalgi III-II asrlarda oromiy, yunon-baqtriya yozuvlari keng ishlatilgan, keyingisi yunon alfaviti 
asosida unga bitta harf qo`shib (ja`mi 25 ta harf) baqtriya yozuvi vujudga kelgan zardo`shtiylik 
hukmron din sifatida saqlansada aholini yunon xudolari timsollarigasig`inish alomatlari paydo 
bo`lgan. Mahalliy aholi nazarida Olimp xudolarining obrazlari bilan zardo`shtiylik xudolarining 
timsollari-Zevs va Axuramazda, Appolon, Cheshos va Mitra, Afodita va Apaxit obrazlari 
uyg`unlashib ketdi. Agar erli aholi o`rtasida Afina, Gerakl, Nika, Dionis timsollariga sig`inish 
qanchalik tarqalsa, Yunonistonda mitra, Oksa (Oksho-Amudaryo), Buyuk onaga sig`inish shuncha 
tarqaldi. Buni Oyxonim, Taxti Sangan manzilgohlaridan topilgan- tasvir mazmunida yunoncha va 
mahalliy an`analar ifodalangan man`at yodgorliklarida ham ko`rish mumkin. Yunon-Baqtriya 
madaniyati odatda Sharq ellinistik madaniyati deb ta`kidlanadi. Agar ellinistik madaniyatga yunon va 
Sharq madaniyati uyg`unligi xos deb xarakterlansa, markaziy Osiyo madaniyatida mahalliy o`ziga 
xoslik, Sharqona betakrorlik ustivordir. Ayni shu negizda yunon madaniyati qadriyatlarini o`ziga 
singdirgan madaniyat asosida keyingi davrlar madaniyati yanada rivojlandi.Bunda Xorazm 
madaniyatini alohida ta`kidlash lozim. Shu mintaqa sug`oriladigan dehqonchilik, shahar madaniyati 
shakllangan eng qadimgi manzilgohlardan bo`lib, bu erda O`zbekiston hududidagi qadimgi 
(eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda) davlat asoslangan. Xorazm (eramizdan avvalgi IV asrlarda) 
Aleksandr Maqduniy bosqiniga qadar Ahmoniylar istilosidan ozod bo`lgan davlat, xorazmiylar 
Hindiston, Hitoy, Yaqin Sharq va Yevropa Sharqi bilan qizg`in savdo aloqalarini olib borganlar va 
o`zlarining hunarmandchilik buyumlari bilan dong taratganlar. Tarixiy solnomalarda xorazmliklarni 
tadbirkorligi, ishtiyoqmandligi qayd etilib, ularni «ilm sohiblari» deb ataganlar.Kanal, qal`a, 
ko`pqavatli saroylar, qurish nafaqat amaliy malakani, balki murakkab hisob-kitob va o`lchovlarni 
ham talab qilar edi. (moviy yo`l ko`rsatkichlaridan foydalanishni bilmay dasht-sahrolardan o`tib 
bo`lmasdan. Xorazmliklar er.I asridan VIII asrigacha o`zlari foydalangan mahsus taqvim tizimini 
yaratdilar.Bu taqvim Al-Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida mufassal 
tavsiflangan. Uning ma`lumotlarini arxeolog tomonidan topilgan, III asrga oid asl nusxa hujjatlar ham 


13 
tasdiqlaydi. Beruniyning ma`lumotiga ko`ra, xorazmliklar mustaqil astronomik kuzatishlar olib 
borganlar, osmonning yulduzlar xaritasini yaxshi bilganlar. Binobarin, ko`pkirilgan qal`ada 
observatoriyaning qadimiyligi (er. av. III-II asrlar shubhasizdir. Doira shaklidagi, dastlabki diametri 
42 metrli bu bino keyinchalik 8 ta mustahkam minoraga ega bo`lgan devorlar bilan o`ralib, diametri 
8O metrni tashkil etgan. Ikki qavvatli markaziy bino devorining qalinligi 7 metr bo`lgan. Olimlarning 
tadqiqotlariga ko`ra Qo`yqurilgan qal`a astronomik kuzatish, izlanishlar olib borilgan ilm qarorgohi 
bo`lgan. Binoni noyob qurilish tizimi, xonalarni maqsadga muvofiq joylanishiga ko`ra uni «Xorazm 
Stounxenji» deb atash mumkin. Xorazm madaniyatining o`ziga xos rivojlanishi keyingi davrlarda 
ham davom etdi. 2OOO yillar muqaddan Markaziy Osiy, Shimoliy Hindiston, Pokiston va Sharqiy 
eron va yagona davlat hududini tashkil etgan. Qudratli Kushonlar imperiyasi Orol dengizi bo`ylaridan 
Hind okeanigacha yastlanib, o`sha davrning boshqa uch buyuk davlati- Rim, Parfiya va Xanlar Xitoyi 
bilan birga bir qatorda turdi. Kushonlar imperiyasi davri Sharq va Jahon madaniyati rivojida yangi 
davrni tashkil etdi. Kushon madaniyatida qadimgi Sharq tipidagi mintaqaviy civilizaciya bilan 
ellinizm madaniyati an`analari, Hindiston ma`naviy hayotining nozik qirralari bilan Osiyo 
kengliklaridagi dashtliklar olib kelgan o`ziga xos uslublar ijodiy uyg`unlashib ketgan edi.Kushonlar 
sulolasi davrida madaniyatni yuksalishiga ta`sir etgan muhim omillar nimalardan iborat edi?Kushon 
saltanatining dastlabki manzil markazini Baqtriya tashkil etdi. Iqtisodiyot asosi dehqonchilik bo`lib, 
murakkab irrigaciya va yirik sug`orish inshoatlari barpo etildi. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning 
jadal rivojlanishi shaharlarni gurkirab rivojlanishiga, g`ishtlardan bino etilgan qal`a va Saroylarni 
qurilishiga olib keldi. Bu paytda G`arb mamlakatlari, hususan Rim imperiyasining sharqiy viloyatlari 
bilan savdo aloqalari birinchi o`ringa chiqdi. Kushon podsholarining tangalari Kiev yaqinida
efiopiya, Skandinaviya va Rim imperiyasi shaharlaridan topilgan. Savdo ko`priklikdagi yo`llar va 
Hindistonning G`arbidagi port-dengiz orqali olib borilgan. Bu yo`llardan xilma-xil buyumlar, 
jumladan Rimga qandolat, qimmatbaho toshlar, fil suyagi, guruch, zebu-ziynat va jihozlar elitilgan. 
Xitoydan shoh va teri buyumlar, Rimdan to`qimachilik mahsulotlari, kiyimlar, oyna, qimmatbaho 
metallar, turli vinolar shu yo`l orqali olib o`tilgan. Rimning ko`p miqdordagi oltin va kumush 
tangalari aloqaga kiritilgan. o`sha davrdayoq sotiqning ushbu yirik xalqaro arteriyasi «Buyuk ipak 
yo`li» deb nom oldi. Madaniy yuksalishning Kushon davri (er.I-IV asrlari) diniy tizimlarning yonma-
yon yashashi bilan xarakterlanadi. Bunga ma`lum ma`noda kushon podsholari, ayniqsa Konishka va 
Kunishka tomonidan diniy aqidalarga nisbatan sabr-qanoat va ishonch-muruvvat bilan 
yondoshilganligi imkoniyat yaratdi. Kanishka zarb etdirgan tangalarda indus, zardo`sht, ellinlar 
xudolarining nomi va tasvirlari tushirilgan. Adolatgo`y Mitra va hosildorlik xudosi Ordoxshi qudratli 
Vretragna bilan induslarni Shiva, Buddasini, Geshos, Selena, Sfapislarni ko`rish mumkin. Buddizm 
davlat dini makoniga ega bo`lishiga qaramay, Kushon imperiyasi hududida zardo`shtlik, jaynizm, 
shivaizm, manixeylik, olimp xudolariga sig`inish keng tarqalgan edi. Buddizmning tarqalishi 
mahalliy din va san`atlarning tugatilishini anglatmaydi. Bilaks, buddaviylikni Baqtriyadagi 
ixlosmand targ`ibotchilari budda matnlarini shunchaki o`zlashtirib, uni sanskritdan tarjimasi bilan 
kifoyalanmay, 
ularni 
o`zlariga 
talqin 
etdilar, 
unga 
qayta 
ishlov 
berdilar. 
Markaziy Osiyo buddaviylikni butun Osiyo-Xitoy, Yaponiya, Koreyaga tarqalish manzilgohini 
tashkil etdi.Kushonlar davrida yozuvning turli tizimlari amal qildi. Aramey yozuvi asosida kushon-
baqtriya alfaviti, sug`d va xorazm yozuvi rivojlandi: Surxq Qotalda (Afg`oniston) yunon alfas vitidagi 
kushon yozuvi topilgan. Termizdagi Qoratepa, Fayoztepadan hindlarning Brahma, Kxoratshxa 
yozuvlaridagi bitiklar topildi. Kampirtepa esa (Surxandaryo) Markaziy Osiyodagi eng qadimiy, 
noyob qo`lyozma (eram. avv. II asrning 1 yarmi) papirusdagi bitik topildi.Asrimizning boshida 
Buyuk Xitoy devori minoralaridan birida topilgan «ko`hna so`g`d yozuvi» alohida qiziqish uyg`otadi. 
Yozuv eramizni 312-313 yillarida bitilgan bo`lib, unda Xitoydagi so`g`d savdogarlarining faoliyati 
haqida ma`lumotlar berilgan.Kushonlar san`ati qo`shni mamlakatlar va xalqlar san`atlariga ta`sir 
ko`rsatuvchi namunalarni yaratdi. er. I-IV asrlardagi badiiy madaniyatning asosiy hususiyati Osiyoga 
olamni anglashga ellinistik ta`sirni tafakkur tarozisidan o`tkazishdir.Xalchayon (er. avv. I-e..ni 
1 asrlari) –Kushon san`atining ilk yodgorliklaridan biri bo`lib undan topilgan asarlarda ko`proq 
hukmdor Geroy Sanat ulug`langan. Qabulxona devorlarining yuqori qismidan o`rin olgan loydan 
ishlangan haykallar majmuida hukmdor va a`yonlari tasvirlangan. Haykal obrazlari ifodali bo`lib, 
unda tasvirlanayotgan obrazlarning individual belgilari ko`zga tashlanib turadi. Unda tantanavor 


14 
ruhdagi qabul marosimi va jang lavhalari aks ettirilgan. Markazda podsho xonadoni va uning ilohiy 
homiylari-Afina, Gerakl, Niki obrazlari gavdalangan. Dalvarzintepada topilgan mashhur 
«shahzodaning boshi» hamda tuproqqal`a haykallarida ellinistik an`analarning kuchli ta`siri seziladi. 
Podsholar zalida esa erkak va ayollarning monumental figuralari qo`yilgan, podsho nayza tutgan 
jangchilari davrasida, ziyofat va bug`ilar ovi ko`rinishida tasvirlangan.Diniy mazmundagi san`at 
asarlari o`zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Dalvarzintepadagi ikki ibodatxonadan topilgan 
tasviriy san`at namunalarida qadim ibodat timsoli buyuk ona xudo obrazi ifodalangan.Ko`hna 
Termizdagi Qoratepa, Fayoztepadagi ehromlarini buddaga daxldor yodgorliklar bezab turibdi. Ushbu 
asarlarda Shimoliy-G`arbiy Hindistonga xos «gandxara uslubi» ustuvorlik qilsada, unda mahalliy 
san`at ustalarining yunon san`ati an`analari ta`sirida ijod qilganligi sezilib turadi. Baqtriya-Budda 
uslubidagi buyuk ijod namunasi Ayritom shahridagi, eramizning II asriga oid budda majmui bezaklari 
bo`lib unda turli etnik tipdagi obrazlar galereyasi berilgan.Kushon san`ati Kushon imperiyasidan 
keyin ham ana shu zamonlar turli ellardagi, jumladan, Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoylik san`at 
ustalari va ijodkorlarini ruhlantirib keldi. Kushon san`ati an`analari ifodasi Hindistondagi Gupta 
davlatiga xos haykallar, Sug`ddagi bo`rtma tasvir va bezaklar (Panjikent, Vuraxiva, Afrosiyob), 
Sharqiy Turkiston topilmalarida bir-biridan farqlanadi. Shunday qilib qadimgi Markaziy Osiyo 
madaniyati taraqqiyoti mobaynida o`ziga xos an`ana va yutuqlarni saqlabgina qolmasdan, ulkan 
mintaqada umumiy qadriyatlarni vujudga kelishi, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari bilan madaniy 
aloqa munosabatlarini rivojlantirishga imkoniyat yaratib madaniy yuksalishni yangi sifat bosqichiga 
ko`tardi. Qadimgi Markaziy Osiyo madaniyatining rivoj nuqtasi bo`lgan Kushonlar madaniyati 
hududiy va mazmun jihatidan ayro olingan madaniyat emas edi. U o`zida Sharq, Markaziy Osiyo, 
Antik dunyo va hind madaniyatlari yutuqlarini o`zida mujassam etib, Sharq va Jahon xalqlari 
madaniyatini yana ravnaq topishiga asos bo`ldi. Markaziy Osiyo antik badiiy madaniyatining muhim 
uslubiy xususiyatini san`atlar sintezi tashkil etgan: haykaltaroshlik, tasviriy san`at, naqsh bunda 
umumiy me`morchilik va uning ritmiga bo`ysungan holda me`morchilik bilan yaxlitda namoyon 
bo`ladi. Bu sintez Kushonlar davrida ham mahalliy madaniyatda o`z ta`sirini saqlab qoldi. Kushonlar 
davri Markaziy Osiyo, Afg`oniston, Pokiston va Hindiston xalqlari tarixidagina emas, balki butun 
dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o`rin egallaydi. Turli xalqlar madaniyatining chatishishi 
natijasida bu erda o`ziga xos yangi madaniyat shakllandi, shu bilan birga keyingi asrlar 
madaniyatining taraqqiyotiga zamin bo`lib xizmat qildi. Sharq va G`arb madaniyatining o`zaro ta`siri 
yangi tarixiy bosqichga qadam qo`ydi. Ellin madaniyatining an`analari Kushonlar davrida ijodiy 
jihatdan qayta shakllandi va yangicha talqin qilina boshladi.Kushonlar imperiyasi davrida (I-III asrlar) 
Markaziy Osiyoda sug`orma dehqonchilik, hunarmandlik, shaharsozlik, savdo-sotiq va iqtisodiy 
aloqalar ravnaq topdi. Bunga Kushon-Baqtriya yozuvlari, brahma va kharoshhi hind alifbosidagi 
yozuvlar, kushon tangalari guvohlik beradi. Buddizm dinning rasmiy darajasi budda 
ibodatxonalarining o`sha zamon san`ati bilan bezatilishida namoyon bo`ladi. Termiz yaqinidagi 
Ayritomdan topilgan ibodatxona tashqi devori peshtoqlariga sarg`ishroq toshlardan haykallar 
o`rnatilgan.Bino ichida g`ishtdan ishlangan «Budda» haykalining qoldiqlari topilgan.haykallarning 
ishlanish uslubi, kiyimi, musiqa asboblari Hindiston, O`rta Osiyo, Yunoniston madaniyatlarining 
o`zaro ta`sirida rivojlanganligidan dalolat beradi. Buni Xorazm, Farg`ona, Sug`d, Parfiyadan topilgan 
turli xil buyumlar, madaniy obidalar, topilmalar timsolida ham ko`rsatish mumkin. Kushonlar davrida 
shaharlar qurilishi keng rivojlandi. Shaharlar qalin devorlar bilan o`ralib, ichida ark va arkning 
atrofida har xil binolar qad ko`targan Sopol idishlar nihoyatda nafis va jarangdorligi hamda xilma-
xilligi bilan ajralib turgan. Amaliy san`at keng taraqqiy etgan. Zeb- ziynat buyumlari mehnat va jang 
qurollari yasash, mato to`qish rivojlangan. Umuman, Kushonlar davri madaniyati Markaziy 
Osiyoning eng cho`qqisi hisoblanib, ma`lum xudud va zamon bilan chegaralanmaydi. Bu madaniyat 
Old Osiyo, Markaziy Osiyo, Antik va Hind madaniyatlari yutuqlarini o`zida jamlab, qo`llab Sharq 
xalqlarining o`rta asrdagi madaniyati rivoji uchun asos bo`ldi va jahon madaniyati tarixida o`chmas 
iz qoldirdi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə