Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Madaniyatning axborot berish (informativ) vazifasi



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/137
tarix19.06.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#89734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   137
“TARIX O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI

. Madaniyatning axborot berish (informativ) vazifasi.
Inson o ‘zini qurshab turgan moddiydunyo 
va ijtimoiy muhitni o ‘zlashtirib hamda anglab borishi natijasida uayyan darajadagi bilim, tajriba, 
malaka va ko‘nikmalai£a ega bo‘la boradi. U larni boshqa kishilarga, guruh yoki tabaqalarga, o ‘zidan 
keyin kelayotgan avlodlaiga yetkazib berish ehtiyojiga ega bo‘ladi. Insoniyat hayotining dastlabki 
davrlarida, ya’ni yozuvning kashf etilguniga qadar kishilar o ‘zlarining bilimlari, tajriba, malakalarini 
og‘zaki yo‘l - xalq og‘zaki ijodi nam unalari orqali, so‘ngra yozuv orqali yetkazib berganlar. Hozirgi 
kunda madaniyatning axborot berish vazifasini ommaviy axborot vositalari, ta ’lim tizimi, fan va 
adabiyot, san’at va qadriyatlar bajarmoqda. Bu vositalaryordamida ham o ‘tmishda to‘plangan, ham 
bugungi kundagi tajribalar o ‘zlashtirila boshlandi.Shu boisdan ham biror xalqning m adaniyatda 
erishgan yutug‘i boshqa xalqlar tom onidan qabul qilinadi.Demak, m adaniyatning ana shu vazifasi 
tufayli hech qaysi xalq o ‘z m ad aniyatini yana qaytadan boshlamaydi. 
3. 
Madaniyatning aloqa bog'lashlik (kommunikativ) vazifasi.
Yaratilganva yaratilayotgan har 
qanday madaniyatni kishilar, guruhlar, tabaqalar, xalqlar, elat yoki millatlarning o‘zaro aloqa-
muloqotisiz tasavvur qilish qiyin. Ikkinchi tom ondan esa madaniyat insonning o‘zaro aloqasini 
yanada kengaytirishga xizmat qiladi.Madaniyatning mazkur vazifasi nafaqat zamonamizning asosiy 
aloqa bogiovchi vositasi hisoblanadi, balki o ‘tmish ajdodlarimiz, boshqa xalqlar, elat va millatiarning 
o‘tmish buyuk siymolari bilan bevosita aloqa bog‘lashimizga yordam beradi. Masalan, biz nafaqat 
Forobiy, Ibn Sino, Beruniy yoki boshqa o‘tmish ajdodlarim izning, balki, dunyo xalqlari va ulam ing 
ko‘p!ab ulug‘ siymolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-umidlari, his-tuyg‘ulari va turmush tarzi 
haqidagi tasavvurlarga ham ega bo‘lamiz. Shuni unutmaslik kerakki, madaniyatning bu vazifasi 
kishiga ikki xil -ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishim um kin. Masalan, Sharq xalqlarining tabiati 
va ruhiyatiga, axloqiy va estetik qarashlariga yot bo‘lgan begona m adaniy tuzumlar kishilarim izga 
salbiy ta ’sir k o'rsatadi. Lekin umuminsoniyat tomonidan qadrlanadigan umum axloq, huquq, badiiy 
tafakkur, iymon e ’tiqod me’yorlari kishilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib , komil insonni shakllantirishga 
yordam beradi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə