Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Markaziy Osiyo mutafakkirlarining madaniyat haqidagi qarashlari



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/137
tarix19.06.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#89734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
“TARIX O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI

Markaziy Osiyo mutafakkirlarining madaniyat haqidagi qarashlari. 
Markaziy Osiyolik buyuk tafakkur egalari madaniyatlilik masalasiga insonning ruhiy 
ma'naviy kamoloti, ong va tafakkur taraqqiyoti, fozil jamiyat va komil insonlar masalasi nuqtayi 
nazaridan kelib chiqqan holda yondashadliar. Sharq mutafakkirlari madaniyat masalasini insonning 
ma’naviy-aqliy barkamolligi shaklida, baxt-saodatga erishuvi tarzida tushunadilar. Bu an’anaviy 
tushuncha keyingi avlodlar tafakkuridan mustahkam joy olgan. Shu sababli «madaniyat» deganda 
ko‘proq insonning ma’naviyati, uning ichki kechinmalari va tashqi qiyofasining mushtarakligini ko‘z 
oldimizga keltiramiz. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, «madaniyat» so’zi arabcha «madina» so‘zidan 
olingan bo‘!ib, «shahar» degan m a’noni anglatadi. Demak, «madaniyatli» so‘zining lug'aviy ma’nosi 
«shaharlik» ma'nosini bildiradi.Abu Nasr Forobiyning fikricha, madaniyatlilik — bu fozillik, aqliy 
kamolotga erishmoqlikdir. Shuningdek, Forobiy madaniyatlilik deganda, har bir kishisi kasb-hunarli, 
teng huquqli, ular o‘rtasida farq bolmaydigan, har kim o‘zi istagan yoki tanlagan kasb-hunari bilan 
shug’ullanish imkoniyatiga ega bo‘lgan shahar (jamiyat)ni tushungan. U madaniyatlilik deganda, 
idéal jamiyat tushunchasini ilgari suradi. «Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) 
shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb-hunardan ozod, ham m a 
bab-baravar bo‘ladi, kishilar o'rtasida farq bolmaydi, har kim o‘zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar 
bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod boladilar. Biri ikkinchisiga xo‘jayin bolm aydi. 
Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton (ya'ni podshoh) bo‘Imaydi. 
Ular 
orasida turli yaxshi odatlar. zavq-lazzatlar paydo bo‘ladi», deb yozadi Forobiy
1. Shu bilan 
birga.Forobiy o‘z asarlarida madaniy bilim haqida ham fikr yuritadi. U ningcha, madaniy bilim , 
«shunday narsalarni o ‘rgatuvchi ilmki, uning yordam ida shahar xalqlari va shaharlik bo‘lmagan 
xalqlarni o‘z ichiga olgan... insonlarga xos bolgan barcha xislatlar» birlashtiriladi. Forobiy o‘z 
asarlarida birinchi bo‘lib, jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida fîkr yuritarekan. 
eng avvalo, madaniyatli jamiyatning ko‘pginatom onlari: davlatni boshqarish, ta ’lim va tarbiya, axloq 



va m a’rifat, iymon va e tiqod, urush va tinchlik, m ehnat va boshqalarga alohida e’tibor beradi. Bu 
davrda yashagan mutafakkirlaming ko'pchiligi insonning m adaniyatliligini fozillikda va 
donishmandlikda, uning asosi hisoblanuvchi m a'rifatlilik va bilim donlikda deb biladi. Masalan, 
Beruniy: «Bilimsiz kishilam ing ko‘ngli xurofotga moyil boladi», deb ta ’kidlasa, Ahmad Yugnakiy: 
«Bilimli kishi vafot etsa-da, o‘z nom ini abadiylashtirib ketadi», - deb yozadi. Imom G‘azzoliy esa, 
«Inson moddiyboyliklar bilan emas, balki ma’naviy fazilatlari bilan o ‘z abadiyligini yaratadi», deb 
hisoblaydi. A l-Xorazmiy , A l-F arg‘oniy , Abu Abdulloh Marvaziy, Ibn Sinolar insonning tashqi 
tabiat va o ‘zi yashayotgan jamiyat taraqqiyoti qonuniarini bilish, o ‘rganish va tahlil qilish orqali 
axloqiy kamolotga (madaniyatlilikka) erishishi mumkinligi g‘oyasini ilgari suradilar. Beruniy o‘z 
asarlarida nafaqat insonning madaniyatliligi, ya'ni insoniy faziiatlarni o‘zida mujassamlashtirishi 
masalasini, balki turli xalqlar madaniyatlarining o'zaro aloqadorlikda bo‘lishi va bir-biriga ta’sir etishi 
natijasida rivojlanib, boyib borishini yoritib beradi. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy va Nosir 
Xusrav kabi buyuk siymolar esa ma'naviy-m adaniy tubanlikni keltirib chiqaruvchi 
jaholatparastlikdan bilim olish orqali qutulish mumkin, deb hisoblaydilar. Temur va temuriylar davri 
mutafakkirlari ham o‘zlaridan oldin yashagan buyuk siymolar, allomalarining an’anaviy qarashlariga 
sodiq qolgan holda insonning madaniyatliligi masaiasiga bilimdonlik, ma’rifatlilik, yetuk axloqlilik, 
ruh sofligi, iymon butunligi, ya’ni haqiqiy insonparvarlilik nuqtayi nazaridan turib yondashadilar. 
Masalan, mashhur faylasuf Ali Husayn Juijoniy o‘z asarlarida insonning madaniylashuvi, ya'ni inson 
ma’naviy dunyosining moddiylashuvi ruhiy munosabatlarining insonxatti-harakati.Tabiat va 
jamiyatga bolgan munosabatlarida moddiylashib kelishi masalalarini yoritib beradi. Abdurahmon 
Jomiy ham insonning madaniyatliligini donishmandlik, fozillik va bilim donlikda deb biladi. Uning 
nazdida ilm kishini irodali qiladi. Madaniyatsizlik belgilari hisoblanm ish nochorlik, jaholat, 
munofiqlik, xiyonat va hasaddan qutqazadi. Uningcha, ma’naviy-madaniy komillik darajasiga 
erishgan kishi nafaqat bilim oladi, balki boshqalarga ham ilm ulashadi. Abdurahm on Jomiy o‘zining 
«Lujjat ul-asror» asarida o'zidan oldin yashagan m utafakkirlam ing fikrini davom ettirib, insonning 
mukammalligi {madaniy ma’naviy komilligi) uning halol va pok yashashi biror-bir kasb etagidan 
tutishi, o‘z mehnati evaziga kun ko‘rishida, deb biladi. Jom iyning musiqaga oid «Risolayi musiqiy» 
asarida m usiqaning insonning kamol topishi, unga ma’naviy ozuqa berishi, uning ma’naviy 
ehtiyojlarini qondirishdagi ahamiyati haqidagi fikrlari o‘ta muhimdir. Alisher Navoiy esa yetuk 
axloqlilik, ma'rifatga intilish va adolatparvarlikni, ya’ni buyuk insoniy idealini qamrab oluvchi 
insonparvarlikni m adaniyatlilik tarzida tushunadi. Alisher avoiy o ‘z asarlarida madaniyatmasalasini 
ijtimoiy va axloqiy hodisalar bilan o ‘zaro bog‘liqlikda, deb biladi. Insonning m adaniy-ma’naviy 
qiyofaga ega bo'lishi faqatgina adolatli jamiyatdagina amalga oshadi, deb hisoblaydi, Jaloliddin 
Davoniy o'zining «Axloqi Jaloliy» asarida Forobiy singari fozillar shahrini m adaniy shahar tarzida 
tushunadi. U ningcha, fozil shahar «shunday shaharki, uning qoidasi baxt-saodatga erishuvidan va 
baxtsizlikka olib boradigan hodisalari bartaraf qilishdan iborat». Davoniy ham kishilari ma'rifatli 
bo‘lishga, kasb-hunar egallashga chaqiradi. Keyingi davr mutafakkirlari, ayniqsa, Turkiston m 
a'rifatparvarlik harakati vakillari madaniyat tushunchasini xalqni savodli, ilmli, ma’rifatli qilish 
g‘oyasi bilan birlashtirdilar. U lar shaxs, millat, davlat va ja m iy a tning madaniylik darajasini shaxs 
va xalqning o‘z -o‘zini va milliy o'zligini anglashida, deb bildilar. Ma’rifatparvarlik harakati 
vakillarining aksariyat qismi jamiyat va insonning ma’naviy-madaniy rivojlanishini m adaniy 
taraqqiyotda Osiyoga nisbatan an ch ailgarilab ketgan Yevropaning ilg‘or madaniy yutuqlarini 
o‘zlashtirishda ko‘rdilar.Madaniyat har bir davr ehtiyojlariga moslangan tarzda yaratiladi. Agar 
moddiyva ma’naviy madaniyatlam ing o'zaro ta’siri masalasiga e’tibor bersak, insoniyat tomonidan 
dastJab moddiy madaniyat elementlari yaratilganligini, so'ngra u (moddiy m adaniyat)ning bir necha 
elementlarini o‘zida birlashtirgan (albatta, turli xil vazifalarni bajaruvchi) birm uncha murakkabroq 
turlari paydo bo‘lganligini ko‘ramiz. Boshqacha qilib aytganda, insoniyat dastlab o ‘zining moddiy-
biologik ehtiyojlarini qondiruvchi moddiy boyliklari, ma’naviy -ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi 
ma’naviy boyliklari yaratganliklarini anglab yetamiz. Shu bilan birga moddiy madaniyat har qanday 
jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasining bazasi moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonini 
tashkil etadi va jamiyatning ustqurmasi ma’naviy hayotini belgilab beradi. Moddiy ehtiyoj m a'naviy 
ehtiyojni belgilab berganidek, moddiy madaniyat ma’naviy madaniyatning shakllanish va rivojlanish 
jarayonini belgilab beradi. Ammo bu ma’naviy madaniyat moddiy madaniyatga butunlay tobe, degan 



ma’noni anglatmaydi. Ayrim tarixiy davrlar, bosqichlar vajarayonlarda ma’naviy madaniyatnisbiy 
mustaqillikka ega boladi. Tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari va jarayonlari shuni ko‘rsatadiki, ayrim 
hollarda madaniyat jam iyatning umumiy taraqqiyotidan ilgarilab ketadi, ayrim hollarda esa orqada 
qoladi. Masalan, Yevropadagi Uyg'onish davrida ma’naviy madaniyat um um ijtim oiy taraqqiyot 
jarayonidan ancha ilgarilab ketgan.Buyuk kashfiyotlar amalga oshirilgan. Ilg'or g ‘oyalar va 
nazariyalarning vujudga kelishi ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qilayotgan diniy mutaassiblik 
(fanatizm )ni yengadi va yangi ishlab chiqarish usuli - kapitalistik ishlab chiqarish usuli 
elementlarining ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga, fan va texnika taraqqiyotiga yokl ochiladi. 
Moddiy va ma’naviy madaniyat yagona birlik va umumiylikda mavjud boladi. Ularni bir-biridan 
ajratgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. C hunki, insonning o‘zi biologik va ijtimoiy omillardan iborat 
bo‘lib, biologik mavjudot sifatida o'zida moddiy ehtiyojlar bilan birgalikda ma'naviyatga bo'lgan 
ehtiyojlami ham birlashtiradi.Inson dastlab o'zidagi biologik ehtiyojlarni qondirish uchun turli xil 
moddiy boyliklarni, oziq-ovqat, kiyim -kechak, turarjoy, turli-tuman uy -ro‘zg‘or buyumlarini ishlab 
chiqaradi. Bu iste'mol vositalarini ishlab chiqaiish jarayonida zarur b o ‘lgan ishlab chiqarish 
vositaiari (mehnat predmeti va mehnat vositaiari)ni yaratadi. Albatta, moddiy boyliklar insonning 
muayyan qobiliyat, tajriba, ko'nikma va malakalarisiz vujudga kelmaydi. Dem ak, moddiy boyliklar 
ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur b o‘lgan barcha elementlar: mehnat vositaiari. ishlab chiqarish 
qurollari, insoniy qobiliyat, malaka, ko‘nikma va tajriba, shuningdek, iste'mol vositaiari — moddiy 
madaniyatning asosiy elementlarini tashkil etadi. Inson ijtimoiy mayjudot sifatida ma’naviy 
ehtiyojlarini ham qondirishga harakat qiladi. Insonning ijtimoiy mavjudotligi ijtimoiy ongining turli 
shakllari; ilmiy, badiiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa qarashlari bilan bevosita bog‘liqdir. U 
o‘zining bu qarashlarini insoniyat tom onidan yaratilgan fan, san'at, huquq, axloq va diniy e’tiqod 
kabilar orqali ifodalaydi. 
Ma’naviyehtiyojlariniqondiruvchibarchama’naviyboyliklardir.Madaniyat o‘z taraqqiyoti 
jarayonida ayrim tarmoqlarga ham bo‘linib boradi. Masalan, ma’naviy madaniyat, badiiy madaniyat, 
estetik madaniyat, axloqiy m daniyat, kiyinish madaniyat, muomala madaniyati va boshqalarga 
bo’linsa, moddiy madaniyat texnika madaniyati, dehqonchilik madaniyati, qurilish madaniyat, 
turmush madaniyat kabi tarmoqlarga ajraladi. O‘z navbatida, bu tarmoqlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq 
bolgan turli-tum an tushuncha va xattiharakatlarni qamrab oladi. Masalan, turmush madaniyati uy-
joy qurilishidagi ko‘rkamlik, kiyim -kechak , poyafzal, oshxona, uy jihozlari, ozodalik, pazandalik, 
oila va jamiyatda maishiy xizmat va dam olishni tashkil etishni qamrabolishini tushunamiz. 
Madaniyat dunyoni o'zlashtirish jarayonidir. Inson dunyoni o'zlashtira borib, o‘zining ijodiy kuch-
quvvati va qobiliyatini namoyon eta boradi, o‘zi yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarda o‘z 
mohiyatini moddiylashtiradi. Moddiy va ma’naviy madaniyatlarni bir-biridan ajralgan, alohida holda 
tasavvur qilish mumkin emas. Aslida, moddiy madaniyatham, ma'naviy madaniyatham insoniy 
faoliyat natijasidir. Lekin har qanday insoniy faoliyat ma’naviy boylik bo‘la olmaydi. Shu sababdan 
ham madaniyat moddiy va ma'naviy m adaniyatlarga bo’linadi. Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish 
yagona ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining ikki tom oni hisoblanib, bu jarayonda moddiy ishlab 
chiqarish belgilovchi rol o'ynaydi. Chunki moddiy ne’matlar ishlab chiqarish muayyan jam iyatning 
barcha tom onlarini, shu jum ladan, ma’naviy ishlab chiqarish jarayonini ham belgilab beradi. Aslida 
ma’naviy ishlab chiqarish - bu ijtimoiy ong shakllarini tashkil etuvchi davlat, oila, mafkura, huquq, 
axloq, fan, san’at, diniy e’tiqodlar va boshqalarni ishlab chiqarishdir. Moddiy madaniyat.Moddiy 
boyliklarni yaratishda kishilar ishlab chiqarish vositalari.eng avvalo, mehnat qurollaridan 
foydalanadilar. Har bir davr moddiy madaniyatning taraqqiyotini o’sha davrda foydalanilgan ishlab 
chiqarish vositalariga qarab aniqlash mumkin. Masalan, faqat qo‘l mehnatidan foydalanilgan davr 
moddiy madaniyat, undan ko'ra avtomatlashgan davr va so‘ngra, kompyuterlardan foydalaniladigan 
hozirgi zamon moddiy madaniyat avvalgi davrlar moddiy-texnika taraqqiyotidan ancha yuqori 
ekanligini ko‘rsatadi. Insoniyat ilmiy tafakkuri taraqqiyotining turli davrlariga e’tibor bersak, X-IX-
asrgacha madaniyat tushunchasi faqat ma’naviy madaniyatga nisbatan ishlatilib kelinganligini 
ko‘ramiz. Asosiy e’tibor moddiy boyliklarni yaratuvchi inson, uning diniy e’tiqodlari, axloqiy xatti-
harakatlari, ilm olishga intilishi, ijodkorlik salohiyatiga qaratilgan. Ishlab chiqarish jarayoni, ya'ni 
tabiatga ta'sir ko‘rsatib, moddiy boyliklar islilab chiqarish diqqat-e'iibordan chetda qolgan. Go‘yo 
ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi tabiiydek ko‘ringan. Bu esa nafaqat insonning moddiy-madaniy 



boyliklami yaratishdagi o‘rnini, balki jamiyatning moddiy hayotini o'rganishni ham e’tibordan chetda 
qoldirdi. Asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kishilarning moddiy boyliklami ishlab 
chiqarish jarayonidagi o‘rni, undan oladigan ulushi, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch sifatidagi qadr-
qimmati, huquqlari.burch va majburiyatlari, moddiymanfaatdorligi, farovon hayot kechirishi 
masalasi, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida zarur bo'lgan tajriba, malaka va ko‘nikmalarga 
alohida e’tibor berila boshlandi. Kishilarning moddiyboyliklar ishlab chiqarish jarayoni moddiy 
madaniyatning ko'plab tarmoqlari vujudga kelishiga olib keldi. Odamlarning tabiatga ongli ta’sir 
ko‘rsatishi dastlab dehqonchilik madaniyatni vujudga keltirdi. Agrar sug‘orma dehqonchilikni 
rivojlantirish jarayonida kishilar yerga ishlov berish madaniyatini egalladilar.Hunarmandchilikning 
taraqqiy etishi esa turli xil kasbiy madaniyatlam ing shakllanishiga, ishlab chiqarishga texnikaning 
kirib kelishi ishlab chiqarish texnika madaniyat kabi moddiym adaniyatning turli sohalarining 
vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Kishilar turm ush shart-sharoitlarining yaxshilana borishi o'zida ham 
moddiy, ham ma’naviy madaniyatni birlashtiruvchi turm ush madaniyatining vujudga kelishiga olib 
keldi. Hozirgi paytda zamonaviy texnika yutuqlari jamiyat moddiy madaniyatning asosini belgilab 
beruvchi kuchga aylandi. Moddiym adaniyatning tarkibiy tuzilishiga nazar tashlasak, u uch xil 
unsurdan: ishlab chiqarish vositalari, iste'mol vositalari va yaratuvchanlik faoliyati kabi unsurlardan 
tashkil topganligini ko‘ramiz. Ishlab chiqarish vositalari tarkibiga mehnat qurollari va ular bilan ta’sir 
ko‘rsatiladigan m ehnat manbayi, transport va aloqa vositalari, ishlab chiqarish jarayonida 
foydalaniladigan turli xil sun'iy inshootlar kiradi. Uy-joy, kiyim -kechak, oziq -ovqat, uy -ro‘zg‘or 
buyumlari iste’m ol vositalarining tarkibiga kiradi. Ishlab chiqarish va iste’mol vositalarining qay 
tarzda shkllanganligiga qarab muayyan xalq, elat yoki millatning umum madaniy taraqqiyotiga baho 
berish mumkin. Masalan, birgina iste'mol vositalarini o'rganish xalqning ehtiyojlari kolami qay 
darajadaligini ko‘rsatadi, chunki ehtiyojlarning keng ko'lamliligi moddiy- madaniy taraqqiyotning 
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Moddiym adaniyatning uchinchi unsuri moddiy boyliklari 
yaratish , rivojlantirish, boyitish va ulardan foydalanish kabilarni o'z ichiga oladi. Yaratuvchanlik 
faoliyati jarayonida kishilarning bilimlari, malakalari, ko‘nikma, ijodiy salohiyati va kasbiy tajribalari 
ishlab chiqarilayotgan m ahsulotlarga ko'chadi va moddiylashadi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə