Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Madaniyatning tartibga soüsh (regulativ) vazifasi



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/137
tarix19.06.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#89734
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   137
“TARIX O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI

4. Madaniyatning tartibga soüsh (regulativ) vazifasi.
Kishilarning tabiat, jamiyat va boshqa 
kishilarga nisbatan bo‘lgan munosabatlari jamiyat ustqurmasining asosiy elementlari hisoblanuvchi 
davlat tashkilotlari. ular olib boruvchi siyosat, uni mustahkamlovchi va tarqatuvchi huquq hamda 
mafkura. axloq, san’at, ijtimoiy-gumanitar fanlar va din tom onidan tartibga solib turiladi. Ijtimoiy 
hodisa hisoblanuvchi turli xil marosimlar va urf-odatlar ham madaniyatning tartibga soluvchilik 
vazifasini bajaradi. Kishilaming atrof muhitga nisbatan bo‘lgan munosabatlari natijasida axloqiy
estetik, diniy, siyosiy va huquqiy m e’yorlar vujudga keladi.
5. Madaniyatning baholash funksiyasi (vazifasi).
Inson tom onidan yaratilgan va hozirgi 
kunimizgacha asrab-avaylanib, qadrlanib va saqlanib kelinayotgan barcha madaniy qadriyatlar turli 
davrlarda yashagan kisliilaming bergan baholari tufayli bizgacha yetib kelgan. Chunki turli davrlarda 
yaratilgan madaniy boyliklar har doim ham jamiyat taraqqiyoti uchun ijobiy rol o‘ynab kelmagan. 
Madaniy boyliklarga baho berishda har bir davr kishilarining o ‘z qarashlari va qadriyatlari m uhim 
o‘rin tutadi. Xulosa qilib aytganda, shakllangan va barqaror holatga kelgan qadriyatlaigina 
madaniyatning boyishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, salbiy hodisalarning jamiyat taraqqiyotiga 
va kishilar manfaatiga zid bo’lgan m e'yorlam ing jamiyat hayotidan joy olishiga yo‘l qo‘ymaydi. M 


10 
adaniyatning aynan baholash vazifasi tufayli eng nodir, eng qimmatli madaniy boyliklar tanlanadi, 
ularni yaratish jarayonidagi barqarorlik, davomiylik va vorislik ta'minlanadi. Madaniyatning yuqorida 
sanab o‘tilgan barcha vazifalari bir-birlari bilan uzviy aloqadorlik va bog‘lanishda bo’ladi. Ular bir-
birini toldiradi, boyitib boradi va pirovard natijasida ijtimoiy taraqqiyot hamda shaxs kamolotiga 
xizmat qiladi. 
Qadimgi 
Markaziy 
Osiyo 
xalqlarining 
ma`naviy 
– mad
a
niyati 
qandayshakllangan? 
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ma`naviy madaniyati haqidagi bilimlarning bebaho manbasi 
«Avesto» hisoblangan. «Avesto» so`zining mazmuni umumiy izohga ega emas., Ko`pincha «Asosiy 
matn» sifatida tarjima qilinadi. «Avesto» dunyodagi eng qadimgi dinlardan bo`lgan zardo`shtiylik 
tarafdorlari uchun muqaddas kalima hisoblanib, payg`ambar Zardo`sht to`planganlarga undan va`z 
o`qigan. Uning hayoti davri mil.av. IX-VI asrlar atrofida deyiladi. «Avesto» va uning boshqa 
matnlarining to`planishi ko`p asrlar davomida amalga oshirilgan. «Avesto»ning eng qadimgi matnlari 
mil.av. II- minginchi yillarga taaluqli, «Avesto»ning millodiy VII asrga tegishli bo`lgan to`plami turli 
mazmundagi 21 kitobdan iborat bo`lib, unda o`sha davrning barcha bilimlari jamlangan. 
Zardo`shtiylik an`analariga ko`ra bu yodgorlik ezgulik va Yorug`lik xudosi Axuramazdaning 
Zaratushtraga vahiysi hisoblanadi. Biroq, unda qadimgi mifologik tasavvurlar, miflarning keng 
tarqalishi, qahramonlik epik rivoyatlaridan parchalar ham tasvirlanadi. Shuningdek diniy yo`l-yo`riq 
«payg`ambar davridan» keyin zardo`shtiylikning rivojlangan «e`tiqod ramzi» yuzaga keldi. 
hozirgacha 
«Avesto»ning 
ayrim 
qismilari, 
4 kitobi 
saqlanib 
qolgan: 
1. Videvdat
- «Devlarga qarshi qonunlar», bu kitobda asosan zardo`sht va Axuramazda o`rtasida 
suhbat, yo`l-yo`riq va ko`rsatmalar mazmunida bo`lib, zulmat va yovuzlik xudosi Axrimani 
boshqaruvchi yomonlik kuchlarini qaytarish haqida. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə