Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/137
tarix19.06.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#89734
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   137
“TARIX O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI

Yozuv madaniyati. 
Inson paydo bo`lgandan boshlab hayotining ko`p qismini yozuvsizo`tkazdi. 
Xalqlarni yo
zuvga ega bo`lgan 
va 
yozuvsiz 
deb ikki toifaga bo`lish ko`p tarqalganatamadir. Bunday 
bo`linish yozuvning ahamiyati to`g`risida guvohlik beradi.Yozuv va nutq axborot turlaridir. Bunga 
imo - ishoralarni, turli signallarni (hushtak, qarsak,do`mbira chalib jangga chorlash va h.) ham 
qo`shish mumkin. Axborotning bu turlarini sharhlashgahojat yo`q. Ammo axborotning ko`p turlari, 
jumladan nutq ham, bir lahzalikdir, ular zamon vamakonda cheklangan, uzoq muddatli emas.Bunday 
axborot turlari davrga nisbatan faol yoki nofaol bo`lishi mumkin. Masalan bugungikunda yozuv 
takomillashgan paytda turli ishora va signallar yozuv singari muhim axborot vazifasinibajara olmaydi 
va bunga ehtiyoj ham yo`q. Inson yozuvsiz yashagan paytda asosiy axborotniyuqoridagi vositalar 
bajardi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumi paytida qabila boshlig`i qabilaga yetarlioziq–ovqat zahirasi, 
asbob-anjomlar, chorva miqdori, jang qilishga qodir erkaklarning miqdorini vah.larni bilishi kerak 
edi. Ammo bularning hammasini xotirada saqlab turishga inson xotirasi ojizlikqiladi. Buning uchun 
axborotning qandaydir vositasini o`ylab chiqishi lozim edi. U vositalarnitopdi: yo turli shakldagi 
cho`pdan, yoki ranglardan, yoki turli shakllardan foydalanib, miqdortushunchasini anglatadigan 
bo`ldi. Bu usul yozuv tarixida ilk bosqich bo`lib, 
buyumli yozuv 
debnom oldi. 


20 
Insoniyat dastlab buyumlardan eslatuvchi vositalar sifatida foydalandi. Bu vositalar fikrniuzatmas, 
balki eslatardi, xolos. Biror topshiriq yoki iltimosni bajarishni eslab qolish uchunro`molning uchini 
tugish odati shundan qolgan. Bora–bora buyumlarga aniq ma`no beriladiganbo`ldi. Buyumlar endi 
oldindan kelishib olingan narsalarni bildiradigan o`ziga xos shartli belgilarhisoblandi. Cho`pxatga 
yoki daraxt tanasiga kertib belgilar o`yish, tugunchalar, tizimchalar, urushe`lon qilish vaqtida kamon 
o`qidan foydalanish shunday shartli belgi vazifasini o`tadi.Raqamlarni bildirish uchun inson 
taxtachalarni kertib belgilar o`yishni o`ylab chiqardi.Xatcho`plardan shartnomalar tuzishda 
foydalanildi. Shartnomani tuzish paytida xatcho`p qoqo`rtasidan ikkiga bo`linib, yarmi 
shartlashuvchilarning biriga, ikkinchi yarmi ikkinchi tomongaberilgan. Xatcho`p bo`laklari 
birlashtirilganda, kertiklar bir - biriga mos kelardi.To`g`ri hisob - kitob olib borish uchun 
tizimchalardan foydalandilar. Perulik cho`ponlar, 
Lotin Amerikasi va Afrikadagi ba`zi xalqlar hozir ham tizimchalardan foydalanadilar. Bir tizimcha- 
ho`kizlarni, boshqa tizimcha - sigirlarni sanash uchun ishlatiladi. Sigirlarni sanashda 
ishlatiladigantizimcha ham ikki tutamga ajratiladi: bir tutami bilan bo`g`oz sigirlar sanaladi, yana bir 
tutami bilanbuzoqlar sanaladi. Tizimchadagi tugunlar soni shu cho`ponlarning podasida necha bosh 
molborligini bildiradi.Qadimgi xitoylarda hisob - kitob ishlarida tizimchalardan foydalanish keng 
tarqalgan.Ko`pchilik xalqlarda vaqt hisobi ham tugunchalar orqali olib borilgan.“Axborot hassalari” 
ham o`ziga xos buyum maktub vazifasini o`tagan edi. Qabila boshlig`io`z vakolatini hassani olib 
borgan elchi orqali tasdiqlagan. Hassaga kertib belgilar va xotiranishonlari tushirilgan. Elchi belgiga 
qarab o`ziga qancha topshiriq berilganini xotirasiga keltirgan.Buyumli yozuvning ajoyib namunasiga 
yana bir misol hozirgi Peruning qadimgi aholisiinklarda uchraydi. Inklar tugunlardan iborat 
maktublardan foydalanganlar. Mazkur buyumli yozuvbilan bog`liq tarixiy rivoyat ham bor. Rivoyatga 
ko`ra, XVI asrda inklarning vataniga ispanlarhujum qiladi. Inklarning boyliklari to`g`risidagi 
afsonalar ispanlarni bu mamlakatga olib kelgan edi.Ispan istilochilari yo`lboshchisi Pissaro inklarning 
oltinlarini qo`lga kiritish uchun turli yo`llarniqidiradi. U ink shahzodalari aka-uka Ata-valpa bilan 
Volkar o`rtasidagi taxt uchun kurashdanustalik bilan foydalanadi. Pissaro Ata–valpani o`z lageriga 
aldab olib kelib, qamab qo`ydi. Uniqutqarmoqchi bo`lganlardan: “Ata–valpaning evaziga u qamab 
qo`yilgan xonani (hajmi 7O kubmetr - N.R.) qimmatbaho toshlar va oltin bilan to`ldirsalaringiz, ozod 
qilaman”, deb talab qo`yadi.Ink choparlari mamlakatning turli burchaklariga borib, oltinni bildiruvchi 
sariq tizimchalardaniborat “maktub” olib keldilar. Tizimchalarda ko`p tugunchalar bo`lib, qaerga 
qachon, qancha oltinkeltirish kerak, degan ma`noni bildirardi. Ammo Ata–valpa o`ldiriladi. U o`limi 
oldidan“maktub”ini qabiladoshlariga yuborishga ulguradi. “Maktub” buyruq bo`lib, oltin 
yombigabog`langan o`n uchta tugundan iborat edi. Inklar Ata–valpadan buyruqni olgan 
kuniyoqibodatxonalardagi jamiki oltinu javohirlarni olib ketib, noma`lum joyga yashirishga 
ulgurdilar.Yozuvning bu turi bugungi kunda ham keng istifoda etiladi. Kiyim sotuvchi do`kondor 
o`ztovarini targ`ib qilish uchun og`zaki targ`ibotdan ham, ayni paytda tovarni ko`rgazmaga 
qo`yishorqali ham foydalanadi. Yoki qora rang oilada kimdir vafot etgani to`g`risida xabar beradi, 
uzuk“Men oilaliman“ degan axborotni tashiydi. Harbiylarning pogonidagi yulduzlar ularning 
unvoninibildirib turadi.Buyumli yozuvning bugungi ko`rinishlari qo`shimcha axborot bajaradi. 
Ammo yozuvlidavrlarda buyumli yozuv harfli yozuvdan ko`ra muhimroq, ta`sirliroq vazifani bajardi. 
Mana butarixiy voqea buning yorqin namunasidir.Gerodotning yozishicha, Eron shohi Doro bilan 
iskiflar shohi Idanfris o`rtasida jang davometardi. Idanfris Doro askarlariga kutilmagan joyda 
qo`qqisdan zarba berib, gangitib qo`yardi.Gerodotning xabar berishicha, Doro qo`shini 7OO ming 
kishidan iborat edi. Shunga qaramay, Doro,iskiflarni mag`lub qilish u yoqda tursin, katta talafot 
ko`rardi. Nihoyat, Doroning sabr–toqati tugadi,U iskiflar shohi Idanfrisga maktub yo`lladi. Maktubda 
shunday so`zlar bitilgan edi: “Tentak! Ikkiyo`ldan birini tanlash uchun senga imkon boru ammo sen 
qochib, yurganing - yurgan. Agar mengaqarshi turishga o`zingni qodir hisoblasang, daydib yurishni 
bas qil, men bilan jang qil. Agarzaifligingni tan olsang, qochib yurib ovora bo`lma. Undan ko`ra er – 
suvingni sultoningga siylovqilib bergin - da, u bilan kelishuv bitimini tuzgin“. 
Idanfris javobni kechiktirmadi. “Mening ahvolim bunday, shoh! Men avvallari ham birorkimsadan 
qo`rqib qochmaganman, hozir ham sendan qo`rqqanimdan qochayotganim yo`q. ... Senuchun siylov 
qilib er–suv o`rniga o`zingga loyiq boshqa narsalarni yuboraman. O`zingni meningsultonim, hokimim 
deb aytganing uchun hali adabingni eysan!”Idanfars mag`rurona javob berdi. Biroq aytganlari quruq 


21 
gap emasdi. Doro iskifdashtlarining ichkarisiga kirib borib mushkul ahvolga tushib qoldi. Iskif 
shohlari Doroga g`alatisovg`a - qush, sichqon, qurbaqa va beshta o`tkir o`q yubordi. Eroniylar bunday 
sovg`aningma`nosini chopardan har qancha so`rasalar ham, u bir xil javobni takrorlayverdi: 
“Menga“sovg`a”ni topshirish buyurilgan, ma`nosini tushunish o`zlaringizga havola”.Eroniylar bu 
“sovg`a”ning ma`nosini tushunishga ko`p urinib ko`rdilar. Doroning o`zimug`ombirlik qildimi yoki 
sovg`aning ma`nosini haqiqatan ham shunday tushundimi, o`zfoydasiga, bir yoqlama “o`qib 
tushuntirib berdi”. Uning “o`qish tamoyili” quyidagicha bo`ldi:“Sichqon erda yashaydi va inson 
singari erda bitadigan noz–ne`matlardan bahramand bo`ladi.Qurbaqa suvda yashaydi, binobarin, 
iskiflar o`zlarini suvi va eri bilan birga mening ixtiyorimgatopshiradilar. O`qlar esa iskiflarning 
mening lashkarim oldida qurollarini tashlaganini bildiradi”.Iskiflar ”sovg`a”sini bunday sharhlash 
hech kimda ishonch hosil qilmadi, sovg`aningma`nosini echishni Doroning maslahatchisi Gobriy o`z 
zimmasiga oldi. U sovg`ani juda to`g`ri“sharhladi”. “Sovg`a” iskiflarning sharti bo`lib chiqdi: “Agar 
siz, eroniylar, qush kabi uchib g`oyibbo`lmasangiz, yo sichqon kabi er tagiga kirib ketmasangiz, yo 
qurbaqa singari botqoqlikkasho`ng`imasangiz, u holda mana shu o`qlardan shikast eb, shu erlarda 
qolib ketasiz”.Gobriy haq bo`lib chiqdi. Eroniylarning kuchi kamayaverdi. Ko`p o`tmay 
Dorosharmandalarcha orqaga chekindi. Iskiflarning tadbir bilan qilgan hujumlariga bardosh bera 
olmadi.Yozuvning keyingi bosqichi 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə