Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


O‘zbek tili darslarining tarkibiy qismlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə43/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

O‘zbek tili darslarining tarkibiy qismlari. Ona tili darslari quyidagi mustaqil qismlardan tashkil topgan: takrorlash, yangi bilim berish, bilimlarni ko‘nikma va malakaga aylantirish, o‘rganilganlarni mustahkamlash va darsni xulosalash, uyga vazifa berish. Bularning har biri muayyan vazifani bajaradi va o‘ziga xos mazmunga ega.
Tashkiliy qism o‘quvchilarni darsga tayyorlaydi, ularda ishlash, ijodiy faoliyat ko‘rsatish ishtiyoqini yuzaga keltiradi. Darsning bu qismi uyushqoqlik bilan juda qisqa muddatda tashkil etilishi lozim. Aks holda, darsga ajratilgan vaqtning zoye ketishiga olib keladi va o‘quvchini ko‘zlangan maqsaddan uzoqlashtiradi.
Uy vazifasini tekshirish berilgan topshiriqning bajarilish sifati, egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarning puxtalik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. O‘qituvchilar ish amaliyotida ba’zan uy vazifasini tekshirish o‘tgan darsni va oldin o‘rganilgan til materiallarini takrorlashga aylanib qoladi. Darsning bu bosqichida tashkil etiladigan takrorlash, birinchi navbatda, o‘rganilishi ko‘zda tutilgan o‘quv materialiga zamin hozirlashi lozim.
Agar uy vazifasi o‘rganiladigan til hodisasi bilan bevosita aloqador bo‘lsa, u yangi o‘quv materialini o‘rganish jarayonida ham tekshirilishi mumkin.
Darsning yangi bilim berish shakli o‘rganilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni xotirada tiklashni, ularni qisman ma’lum yoki tamoman noma’lum sharoitlarda qo‘llab, yangi bilimlarni egallashni talab etadi.
Darsning mustahkamlash shakli shu dars mashg‘ulotida egallangan bilimlarni ko‘nikma va malakaga aylantirishni taqozo etadi. Ba’zan mustahkamlash oldin o‘rganilganlarni takrorlash bilan qo‘shilishi ham mumkin. Agar yangi mavzu oldin o‘rganilgan mavzular bilan bevosita aloqador bo‘lsa, bu ikki dars shakli bir yaxlitlik hosil qiladi.
Darsning yangi bilim berish jarayonida ham, mustahkamlash va takrorlash jarayonlarida ham ijodiy-amaliy ishlariga keng o‘rin ajratiladi.
O‘zbek tili mashg‘ulotlarida bajariladigan amaliy ishlarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:
Xotirlash oldin o‘rganilgan til hodisalarini qayta xotirlashga asoslangan amaliy ishlardir. Xotirlashning: 1) tayyorlovchi xotirlash va 2) umumlashtiruvchi xotirlash kabi turlari bor.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə