Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə41/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

O‘ZBEK TILI DARSLARINING TIPLARI
Tayanch tushunchalar:
Dars, mashg‘ulot, o‘quv materiali, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar, didaktik talablar, ona tili darslarining tarkibiy qismlari: takrorlash, yangi bilim berish, bilimlarni ko‘nikma va malakaga aylantirish, o‘rganilganlarni mustahkamlash va darsni xulosalash, uyga vazifa berish; amaliy ishlar: xotiralash, tayyorlovchi xotirlash, umumlashtiruvchi xotirlash, yangi bilim hosil qilish, tatbiq; ta’limiy darslar, nazorat darslari, xatolar ustida ishlash darslari, noan’anaviy darslar.
Dars shakllari haqida umumiy ma’lumot. Dars shakli deganda u yoki bu fandan o‘quv ishini uyushtirish va o‘tkazish shakli tushuniladi. Dars inson tafakkurining mahsuli bo‘lgan bilimni, fan va texnika, ma’naviyat va ma’rifat, san’at va adabiyot yutuqlarini, Vatanimiz tarixi hamda xalqimizning milliy madaniyatini yoshlarga singdirishning asosiy shaklidir. O‘quv ishini tashkil etishda «o‘quvchi–o‘quv materiali–o‘quvchi» munosabatlari muhim o‘rin egallaydi.
O‘quvchi ta’lim jarayonining subyekti–faol ishlovchisidir. Buning ma’nosi shuki, mashg‘ulot jarayonida asosiy ishni o‘quvchining o‘zi bajaradi. U til hodisalarini kuzatadi, taqqoslaydi, guruhlaydi, umumlashtiradi, qoida va ta’riflar chiqaradi, ularni amaliy faoliyatda tatbiq etadi.
O‘qituvchi ta’lim jarayonining tashkilotchisi, boshqaruvchisi sanaladi. U o‘quvchi faoliyatini tashkil etadi, uning bilim olishi, bu bilimlarning ko‘nikma hamda malakaga aylanishiga rahbarlik qiladi.
O‘quv materiali o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘zaro bog‘laydi, o‘qituvchining vazifasi bu materialni eng oson va qulay yo‘l bilan o‘quvchiga berish, o‘quvchining vazifasi esa uni oson va qulay yo‘l bilan qabul qilish hamda amaliy faoliyatda tatbiq etishdan iboratdir.
Dars–o‘quvchining ijodiy jarayoni. Bu jarayonda o‘quvchilarning ijodiy faoliyati rivojlantirilsa, ular berilgan vazifalarni qiynalmasdan bajaradilar. O‘quvchilar topshiriqlarning bajarish sirlarini o‘rganib borgan sari ularda ijodiy fikr yuritish qobiliyati shakllanib boradi.
Ona tilidan o‘quvchilarni zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishning shakllari ko‘p.
Dars–o‘quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. Bundan tashqari, fakultativ mashg‘ulotlar,sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, o‘quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash, mustaqil ish, matbuot va ommaviy axborot vositalari, sayohatlar o‘quv ishlarini tashkil etishning muhim shakllari sanaladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə