Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə49/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Ijodiy diktant

Ijodiy diktant o‘quvchilar nutqini o‘stirishda, orfografik ko‘nikmalarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.


Maktabda eng keng qo‘llanilayotgan va ijobiy natija berayotgan ijodiy diktant turlari:
1. O‘quvchilarga o‘rgatilgan orfogrammalar tavsiya qilinadi va ularning shu orfogrammalar ishtirok etgan gap tuzish talab etiladi. O‘quvchilar tavsiya etilgan orfogrammalar yordamida tuzgan gaplarini o‘qib beradi. Orfogrammalar tagiga chizadi va orfogrammani nima uchun shunday yozilayotganligini aytib beradi. O‘qituvchi o‘quvchilar tuzgan gaplarning eng yaxshilarini ta’kidlab, boshqa o‘quvchilariga ham bu gaplarni yozishni tavsiya etadi.
2. Ma’lumki, gap tarkibidagi so‘zlarga bog‘lanib kelishi mumkin bo‘lgan so‘zlani qo‘shib gaplarni kengaytirish talab etiladi. Masalan, Polizlarda qovunlar pishib yotibdi gapida qovunlar so‘zining tagiga chizib, shu so‘zni belgisini bildiruvchi so‘zni qo‘shish talab etiladi.
O‘quvchilar shirin, shakar, katta-katta kabi so‘zlarni qo‘shib gap tuzilishini kengaytiradilar. Bu bilan o‘quvchilarning nutqi o‘stiriladi va orfografik ko‘nikmasi shakllantiriladi.
Ijodiy diktantda so‘zlar soni odatdagi me’yordan kamroq bo‘ladi, chunki o‘quvchilar o‘zlari ijod qilib, matnni to‘ldiradilar.
O‘qituvchi ijodiy diktantni baholashda o‘quvchining imloviy savodxonligi hamda ijodiy faoliyatini e’tiborga oladi. Diktantning bu turini tez-tez o‘tkazish o‘quvchilarda izlanish, ijod qilish, mantiqiy fikrlash kabi aqliy faoliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi.
Saylanma diktant

Saylanma diktantda o‘quvchi gapni to‘liq yozmaydi, balki gap tarkibidagi ayrim so‘z yoki so‘z birikmalarini yozadi. Bu esa qisqa vaqt ichida ma’lum qoida asosida yozilishi lozim bo‘lgan bir qancha so‘zlarning imlosini o‘rganishga yordam beradi.


Saylanma diktant o‘quvchilarda onglilik va mustaqillikni rivojlantiradi. Masalan, sifat so‘z turkumi o‘tib bo‘lingandan so‘ng o‘qituvchi mavzuga taalluqli gaplar berilgan mashqni to‘liq o‘qiydi, o‘quvchilar esa shu mashqdan faqat sifat turkumiga oid so‘zlarni daftarlariga yozadilar, ya’ni saylab oladilar.
Saylanma diktantni baholashda o‘qituvchi uning imlosiga, to‘g‘ri saylab olishiga (tanlab) ham ahamiyat beradi. Diktant tugagach, o‘quvchilar nechta so‘z yozganini tekshiradi.
Lug‘at diktanti
Lug‘at diktanti ko‘p vaqt olmasligi, ixchamligi bilan diktantning boshqa turlaridan farq qiladi. Shuning uchun har bir mavzuni o‘tgandan so‘ng yangi mavzuni mustahkamlash uchun bunday diktant turidan foydalaniladi. Deyarli har bir mavzuni (bo‘limni) o‘tib bo‘lgandan so‘ng lug‘at diktant olish mumkin. Lug‘at diktanti uchun darsning 7-10 minutini ajratish kifoya.
Lug‘at diktanti o‘quvchilarga so‘zlarning qanday yozilishini, so‘zning ma’nosini o‘rgatadi. Demak, o‘quvchilar nutqini o‘stirishda bunday diktant katta ahamiyatga ega.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə